Ma’ruza №11 Moddiy nuqta va nuqtalar sistemasining qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanma harakat dinamikasi. Kuch momenti Reja



Download 100,48 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi100,48 Kb.
#641200
Bog'liq
Ma’ruza № 11FIZ


Ma’ruza № 11


Moddiy nuqta va nuqtalar sistemasining qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanma harakat dinamikasi. Kuch momenti
Reja:

  1. Qo’zg’almas nuqtaga va o’qga nisbatan kuch momenti.

  2. Moddiy nuqtaning qo’zg’almas nuqtaga va o’qga nisbatan impuls momenti.

  3. Sistemaning impuls moment va uning saqlash qonuni.



Tayanch iboralar:
Kuch momenti, kuch yelkasi, impuls, impuls momenti, impuls yelkasi, momentlar tenglamasi, sistemaning impuls momenti, impuls momentining saqlanish qonuni.

Nazorat savollari



  1. Qo‘zg‘almas o‘qqa nisbatan kuch momenti deb nimaga aytiladi? Kuch yelkasi deb nimaga aytiladi?

  2. Qo‘zg‘almas o‘qqa nisbatan impuls momenti deb nimaga aytiladi?

  3. Moddiy nuqtaning qo‘zg‘almas nuqtaga nisbatan impuls momenti deb nimaga aytiladi? Impuls yelkasi deb nimaga aytiladi?

  4. Moddiy nuqtaning qo‘zg‘almas o‘qqa nisbatan momenti deb nimaga aytiladi?

  5. Kuch va impuls momenti qanday o‘lchov birliklariga ega?

  6. Momentlar tenglamasi qanday kattaliklarni o‘zaro bog‘laydigan tenglama?

  7. Kuch va impuls momentlarining yo‘nalishi qanday qoida bo‘yicha aniqlanadi?

  8. Moddiy nuqtalar sistemasining impuls momyenti qanday aniqlanadi?

  9. Moddiy nuqtalar yopiq sistyemaning impuls momentining saqlanish qonuni qanday mazmunga ega? Qonun qanday sharoitda bajariladi?

Biz yuqorida impuls va impulsning saqlanish qonuni, mexanik energiya va mexanik energiyaning saqlanish qonunini o‘rgandik. Endi ushbu ma’ruzada saqlanish qonunlaridan yana biri impuls momentini saqlanish qonunini o‘rganamiz. Buning uchun avvalo, bu qonunni harakterlovchi kuch momenti va impuls momenti tushunchalari bilan tanishib chiqamiz. Impuls momenti tushunchasi o‘rniga harakat miqdor momenti, burchak momenti tushunchalari ham ishlatiladi.


1. Kuchning qo‘zg‘almas nuqtaga nisbatan momyenti
Bizga boshi A moddiy nuqtaga qo‘yilgan biror G‘ kuch berilgan bo‘lsin.
(1-rasm). Shu G‘ kuchning qo‘zg‘almas 0 nuqtaga nisbatan momenti deb quyidagi vektor ko‘paytma orqali aniqlanadigan psevdovektorga aytiladi:
(1)


Bundagi r0 nuqtadan A moddiy nuqtaga o‘tkazilgan radius vektor bo‘lib, u A nuqtaning 0 ga nisbatan vaziyatini aniqlaydi. M-ning yo‘nalishi o‘ng vint qoidasi yordamida aniqlanadi. Moduli esa quyidagicha aniqlanadi:


M=G‘rsin=G‘1 (2)
bundagi r va G‘ vektorlar orasida burchak, l=rsin G‘kuchning ta’sir chizig‘idan 0 nuqtagacha bo‘lgan eng qisqa masofa bo‘lib, unga G‘- kuchning yelkasi deyiladi.




2. Qo‘zgalmas o‘qqa nisbatan kuch momenti

Endi A moddiy nuqta qo‘zg‘almas z o‘q atrofida aylanayotgan qattiq jismning biror nuqtasi bo‘lsin deb faraz qilamiz. G‘ kuchning qo‘zg‘almas z o‘qqa nisbatan momenti, deb shu kuchning 0 nuqtaga nisbatan momyenti M - ning shu o‘qdagi proeksiyasiga teng bo‘lgan Mz ga aytiladi (2-rasm). Mz ning kiymati 0 nuqtaning z o‘qdagi holatiga bog‘liq emas. Z o‘qi M vektor bilan bir xil yo‘nalgan holda yo‘nalishi shu o‘qqa mos keladigan kuch momenti vektor ko‘rinishda quyidagicha aniqlanadi:


(3)
Download 100,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish