Avtomobil indd


Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalarning



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalarning
ÇÈË–130 avtomobili dvigatelining silindri gilzasining yeyilish
darajasiga bog‘liqligi (7 ming km masofani bosib o‘tganidan so‘ng):

– mexanik aralashmalar yo‘q; 

– mexanik aralashmalar miqdori 
40 g/t bo‘lgan; 
3 – 
o‘rtacha ekspluatatsion yeyilish. 
Yonilg‘ilar ishlab chiqarilgan paytda yuqoridagi kamchi-
liklardan xoli bo‘ladi. Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek, 
yonilg‘ini tashish, saqlash va tarqatish jarayonlarida yonilg‘iga 
turli mexanik aralashmalar va suv tushishi mumkin. Shu bois 
bunday holatlar ning oldini olish ushun yonilg‘ini avtomobillarga 
quyishdan oldin uni tindirish va yonilg‘i baklariga quyishda 
filtrlash lozim. 
2. 11.
 Benzinlarning turlari va markalari
Respublikamizda benzinli dvigatellar o‘rnatilgan avtomo-
billar uchun davlat standartlariga asosan AÈ–80, AÈ–
91, A–92, AÈ–93 va AÈ–95 markali benzinlar ishlab 
chiqarilmoqda. Benzin markasidagi A harfi benzin avtomobil 
benzini ekanligini, È harfi – oktan soni tadqiqot usuli bilan 
aniqlanganligini, raqamlar – minimal oktan sonini bildiradi. 
Agar benzinning shartli ifodasida È harfi bo‘lmasa, bunday 
benzinning oktan soni motor usuli bilan aniqlangan bo‘ladi. 
Dvigatellarni qishda yurgazib yuborishni ta’minlash va 
yozda bug‘ tiqinlari hosil bo‘lmasligi uchun AÈ–95 benzinidan 
tashqari barcha boshqa markadagi benzinlarning ikki: yozgi va 
qishki turlari ishlab chiqariladi. Avtomobillardan foydalanish 
davrida qishki benzindan yozgi benzinga yoki yozgisidan 
qishgisiga bir oy ichida o‘tiladi (aprel, oktabr). 
Yozgi benzinlar shimoliy va shimoli-sharqiy hududlardan 
tashqari hamma hududlarda 1-apreldan 1-oktabrgacha, janubiy 
hududlarda butun yil davomida ishlatiladi; qishki benzinlar esa 
shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarda butun yil davomida, 
boshqa hududlarda esa 1-oktabrdan 1-aprelgacha ishlatiladi. 
AÈ–80 benzini ko‘pgina zamonaviy avtomobillar va siqilish 
darajasi 6,5–7,0 bo‘lgan dvigatelli avtobuslar (ÃÀÇ–53A, 
ÇÈË–130, ÇÈË–131, ÇÈË–133Ã1, ÇÈË-MMÇ–554M, 
ÇÈË-MMÇ–555, «Óðàë»–377, ËÀÇ–695Í, ËÀÇ–699Ð)da, 
shuningdeká dvigateli ning siqish darajasi 6,7 dan 8,0 gacha 
bo‘lgan ayrim yengil avtomobillar (ÃÀÇ–24–01 «Âîëãà», 
ÓÀÇ–469)da ishlatiladi. 
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar 
uchun benzin tanlashda quyidagi tavsiyalarga rioya etish lozim. 
«Damas» avtomobili uchun oktan soni 76 va undan yuqori 
bo‘lgan benzindan foydalanish tavsiya etiladi. Tarkibida 
metanol bo‘lgan yonilg‘idan foydalanish tavsiya etilmaydi. 
Bunday yonilg‘idan foydalanish avtomobilning ta’minlash 
tizimiga zarar yetkazadi. 
«Nexia» avtomobili uchun oktan soni 80 va undan yuqori 
bo‘lgan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi. 
Oktan soni past bo‘lgan benzindan foydalanish avtomobilning 
tortish xususiyatla riga yonilg‘i tejamkorligiga salbiy ta’sir etadi. 
Tarkibida metanol bo‘lgan yonilg‘idan foydalanish taqiqlanadi. 
Bunday yonilg‘idan foydalanish avtomobilning ekspluatatsion 
xususiyatlari yomonlashuviga va yonilg‘i bilan ta’minlash tizimi 
detallarining ishdan chiqishiga olib keladi. 
«Matiz» avtomobili uchun etillanmagan benzindan foyda-
lanish tavsiya etiladi. Etillangan benzindan foydalanish ish-


62
63
latilgan gazlarni chiqarib yuborish tizimiga shikast yetkazadi. 
Tarkibida metanol bo‘lgan yonilg‘idan foydalanish taqiqlanadi. 
Bunday yonilg‘idan foydalanish avtomobilning ekspluatatsion 
xususiyatlari yomonlashuviga va yonilg‘i bilan ta’minlash tizimi 
detallarining ishdan chiqishiga olib keladi. 
«Spark» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yuqori 
bo‘lgan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi. Ok-
tan soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish dvigatelning 
quvvati va burovchi momentining pasayishiga hamda yonilg‘i 
sarfining biroz ortishiga olib keladi. Etanolning hajmiy ulushi 
10 foizgacha bo‘lgan standart yonilg‘ilardan foydalanishga 
ruxsat etiladi. 
«Lacetti» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yuqori 
bo‘l gan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi. 
Oktan soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish avtomobil 
dvigateli ning ishdan chiqishiga olib keladi. Etillangan benzindan 
foydalanish esa ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborish tizimiga 
shikast yetkazadi. Tarkibida metanol bo‘lgan yonilg‘idan 
foydalanish taqiqlanadi. Bunday yonilg‘idan foydalanish 
avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari yomonlashuviga va 
yonilg‘i bilan ta’minlash tizimi tarkibiy qismlarining ishdan 
chiqishiga olib keladi. 
«Captiva» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yu qori 
bo‘lgan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya eti ladi. Oktan 
soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish de tonatsiyaga 
olib keladi. Tarkibida 10 foizdan ortiq etanol yo ki tarkibida 15 
foizdan ortiq MTBE (efir) bo‘lgan benzindan foy dalanish tavsiya 
etilmaydi. Tarkibida metanol bo‘lgan yo nilg‘idan foydalanish 
taqiqlanadi. Bunday yonilg‘idan foy dalanish yonilg‘i ta’minoti 
tizimidagi metall detallarning kor roziyalanishiga va plastmassa 
hamda rezina detallarning shi kastlanishiga olib kelishi mumkin. 
Tarkibiga margan me tilsiklopentadieniltrikorbonali (MMT) 
prisadkasi qo‘shilgan ben zindan foydalanish tavsiya etilmaydi. 
Bunday benzindan foy dalanilishi yondirish svechalarining ish 
muddati qisqarishiga va ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasi 
ortib ketishiga olib kelishi mumkin. 
«Malibu» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yuqori 
bo‘l gan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi. 
Oktan soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish 
detonatsiyaga olib kela di. Benzin tarkibiga avtomobilning 
yonilg‘i bilan ta’minlash tizi mining ifloslanishidan himoyalovchi 
maxsus yuvuvchi prisadkalar qo‘shilishi lozim. Tarkibida 
metanol bo‘lgan yonilg‘idan foydala nish taqiqlanadi. Bunday 
yonilg‘idan foydalanish yonilg‘i ta’minoti tizimidagi metall 
detallarning korroziyalanishiga va plastmassa hamda rezina 
detallarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Tarkibiga 
margan metilsiklopentadieniltrikorbonali prisadkasi qo‘shilgan 
benzindan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday benzindan 
foydalanish yondirish svechalarining ish muddati qisqa rishiga 
va ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasi ortib ketishiga olib 
kelishi mumkin. Avtomobilda oktan soni 95 bo‘lgan benzindan 
foydalanilganida yuqori iqtisoiy samaradorlikka erishiladi. 
«Cobalt» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yuqori 
bo‘lgan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi. 
Oktan soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish 
dvigatelning quvvati va burovchi momentining pasayishiga 
hamda yonilg‘i sarfi ning ortib ketishiga olib keladi. Avtomobil 
uzoq vaqt (ikki hafta va undan ortiq) turib qolganida yoki 
faqat qisqa masofalarga qatnov amalga oshirilganida avtomobil 
yonilg‘i bakiga har 4 marta to‘liq yonilg‘i quyilganida yoki 200 
litr yonilg‘iga bir shisha ACDelco Flexpower markali prisadka 
qo‘shish tavsiya etiladi. Etanolning hajmiy ulushi 10 foizgacha 
bo‘lgan standart yonilg‘ilardan foyda lanishga ruxsat etiladi. 
AÈ–93 benzini siqish darajasi 8,0 dan ortiq bo‘lgan yengil 
av to mobillar («Ìîñêâè÷»–412ÈÅ, «Ìîñêâè÷»–2140, ÃÀÇ–
3102 «Âîëãà», «ÂÀÇ» (barcha modellari), shuningdek, yuk 
avtomobil lari («Óðàë»–375ÄÌ va ÈÆ–2715) uchun mo‘l-
jallangan. 
AÈ–95 benzini dvigatelining siqish darajasi 8,5–9,5 bo‘lgan 
katta va juda yuqori klassli yengil avtomobillarda ishlatiladi. 
Avtomobil benzinlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularni 
ishlatilishi 2. 2- jadvalda keltirilgan.


64
65

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish