Avtomobil indd


Yonilg‘ining qotish harorati



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Yonilg‘ining qotish harorati
deganda, 
45° qiyalikda o‘rnatilgan probirkadagi 2 yonilg‘i 1 min davomida 
oqib chiqib ketishi barham topadigan harorat tushuniladi, ya’ni 
bu haroratda 1 min vaqt o‘tganidan so‘ng yonilg‘i asbobdan 
(probirkadan) oqib tushmaydi. 
Dizel yonilg‘isini xiralashish va qotish haroratlari bo‘yicha 
eks pluatatsion baholash yonilg‘i bakidan dvigatelga uzluksiz 
uzati lishini ta’minlovchi eng past harorat chegarasini 
belgilashdan iborat. Bu harorat har bir yonilg‘ining xiralashish 
haroratini ifodalaydi. Ammo bu haroratni aniqlashda va tashqi 
havo haroratini o‘lchashda xatolikka yo‘l qo‘yilishi ehtimoli 
borligini inobatga olib, ixtiyoriy dizel yonilg‘isini ishlatish 
mumkin bo‘lgan eng past harorat sifatida, shu yonilg‘ining 
xiralashish haroratidan 3–5°C yuqori bo‘lgan harorat qabul 
qilinadi. 


80
81
Standart uslub asosida aniqlangan 
yonilg‘ining xiralashish harorati, ba’zi 
bir dizel yonilg‘ilari uchun parafinlar 
kristallana boshlanadigan haqiqiy ha-
roratdan past bo‘lishi mumkin. Bunday 
nomutanosiblik kelib chi qishi aniqlash 
uslubining yetarli darajada taraqqiy 
etmaganligi bilan tushuntiriladi. 
Yonilg‘ining xiralashish haroratini 
aniqlash uchun dizel yonilg‘isi rangsiz 
shishadan tayyorlangan probirka yoki 
silindrga solinib, sovitiladi, ma’lum bir 
haroratda u xiralasha boshlaydi. Juda 
mayda suv tomchilari, mikroskopik 
muz kristallari, eng muhimi, qattiq 
para fin uglevodorodlar ajralib chiqishi 
natijasida yonilg‘ining tashqi ko‘rinishi 
o‘zgaradi, ya’ni loyqalanib xiralashadi. 
Yonilg‘ining xiralashish harora-
tini aniqlashda yo‘l qo‘yilishi mum -
kin bo‘lgan xatoliklar, shu ningdek, 
kam parafinli (past haroratlarda qo-
tadigan) dizel yonilg‘ilari na mu-
nalaridagi kristall fazalar paydo bo‘-
lishining boshlanishini aniqlashdagi 
qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, 
yonilg‘ini ekspluatatsion baholash qo-
tish harorati yordamida ham amalga 
oshiriladi. Bunda quyidagi qoidaga 
amal qilish lozim: dizel yonilg‘isi ish-
latiladigan sharoitdagi eng past harorat 
uning qotish haroratidan kamida 10°C, 
ko‘pi bilan 15°C yuqori bo‘lishi lozim. 
Masalan, qotish harorati minus 
23°C bo‘lgan dizel yonilg‘isini tashqi 
havo harorati minus 10°C dan past 
bo‘lmagan sharoitlarda ishlatish mumkin. Bu sharoitda 
yonilg‘ining qotish harorati va ishlatish mumkin bo‘lgan 
eng past harorat orasidagi farq 13°C ni tashkil etadi, ya’ni 
belgilangan qoidada ko‘rsatilgan chegaradan tashqarida emas. 
Qotish harorati qishki dizel yonilg‘ilari uchun minus 35°C 
dan minus 45°C gacha, yozgi yonilg‘ilar uchun minus 10°C 
atrofida bo‘ladi. Shunday qilib, xiralashish va qotish haroratlari 
yordamida dizel yonilg‘ilarining fizikaviy turg‘unligiga bo‘lgan 
talablarning bajarilishi ta’minlanadi. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida havo harorati xiralashish 
haroratidan yuqori bo‘lganidagina yonilg‘idan foydalanish 
mumkin. Agar qishda yozgi yonilg‘idan foydalanilsa, ajra-
ladigan para fin kristallari dvigatelning ta’minlash tizimiga, 
ayniqsa, mayin tozalash filtrlariga tiqilib qoladi, natijada 
yonilg‘i berish buziladi yoki to‘xtaydi. Sovuq vaqtda nafaqat 
yozgi yonilg‘idan, balki ara lash yonilg‘idan ham foydalanishga 
ruxsat etilmaydi, chunki ular ning past harorat va qovushoqlik 
xossalari dvigatelning normal ishlashini ta’minlamaydi. 
Ish jarayonida ba’zan dizel yonilg‘isining xiralashish va qotish 
haroratlarini pasaytirish uchun unga kerosin aralashtiriladi. 
Ammo bunda yonilg‘ining setan soni kamayadi va dvigatel 
bunday yonilg‘ida nisbatan qattiq ishlaydi. 
3.5. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish