Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Setan soni. 
Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishini 
aniqlash benzinning detonatsiyaga qarshiligini aniqlash kabi 
amalga oshiriladi. Bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida setan 
soni qabul qilingan bo‘lib, u setanning alfametilnaftalinli 
aralashmadagi foiz hisobidagi miqdoriga teng. Etalon 
aralashmaning o‘z-o‘zidan alangalanishi standart dvigatelda 
tekshirilayotgan yonilg‘ining alanga lanishi bilan bir xil bo‘lishi 
kerak. 
Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishini aniqlashda 
etalon yonilg‘i sifatida yuqori tozalikdagi ikkita uglevodorod: 
setan (normal geksadekan) Ñ
16
Í
34
va alfametilnaftalin C
10
H
7
CH
3
dan foydalaniladi. Bunday uglevodorodlar alangalanishining 
kechikish davri juda qisqa bo‘ladi va dvigatelning yumshoq 
ishlashini ta’minlaydi. Setan etalon aralashmaning tashkil 
etuvchilaridan biri bo‘lib, uning o‘z-o‘zidan alangalanishga 
moyilligi shartli ravishda 100 birlik bilan baholanadi. Ikkinchi 
tashkil etuvchi alfametilnaftalinning o‘z-o‘zidan alangalanishga 
moyilligi 0 birlik bilan baholanadi. Masalan, 40 foiz setan 
va 60 foiz alfametilnaftalin aralashmasining o‘z-o‘zidan 
alangalanuvchanligi 40 birlikka teng, yoki aralashma ning setan 
soni 40 ga teng deb qabul qilingan. 
Setan soni bir silindrli ÈÒ9–3 jihozida aniqlanadi (3.2- 
rasm). Bu jihoz o‘zgaruvchan (7 dan 23 gacha) siqilish 
darajasida ishlash imkonini beradi. Bu ish sinaladigan dizel 
yonilg‘isi va etalon yonilg‘ini qiyosiy yondirish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. Avval qat’iy belgilangan sharoitda dizel 
yonilg‘isi sinaladi, keyin alangalanuvchanligi xuddi shunday 
bo‘lgan etalon aralashma tanlanadi. Setan sonini ÈÒ9–3 
jihozida quyidagi usullar bilan: kritik siqish darajasi bo‘yicha, 
alangalanishning kechikishi yoki o‘t olishlarning mos kelish 
momenti bo‘yicha aniqlash mumkin. 
Standartlarga, asosan, dizel yonilg‘isi 40–50 birlik setan 
soni bilan ishlab chiqariladi. Setan soni 40 dan kam bo‘lgan 
yonilg‘ining alangalanishini kechiktirish davri katta bo‘lib, 
silindrda to‘plangan yonilg‘i qisqa vaqt ichida yonadi, gaz 
bosimi bir zumda ortib ketadi. Shuning uchun ham dizel ravon 


78
79
ishlamaydi (taqillagan tovush chiqadi). Setan soni qancha 
katta bo‘lsa, dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishi 
boshlanguncha bo‘lgan davr shuncha kichik bo‘ladi, dvigatel 
shuncha ravon ishlaydi, dvigatelni ishga tushirish harorati ham 
shuncha past bo‘ladi. Lekin setan soni 50 dan yuqori bo‘lishi 
ham maqsadga muvofiq emas. Chunki bunda yonilg‘ining 
to‘la yonishi kamayishi natijasida yonilg‘ining solishtirma sarfi 
ko‘payadi. 
Dizel yonilg‘ilari 305–82 «Dizel yonilg‘ilari. Texnik 
shartlar» nomli Davlat standartiga binoan yozgi, qishki va 
arktik markalarda ishlab chiqariladi. 
Setan soni yozgi yonilg‘ilar uchun 47–51, qishki yonilg‘ilar 
uchun 40–49 va arktik yonilg‘ilar uchun 38–40 ga teng. 
Setan soni yonilg‘ining yonish jarayonidagina emas, balki 
unin g yurgazib yuborish sifatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Agar setan soni 40 birlikdan kichik bo‘lsa, sovuq dvigatelni 
qishdagina emas, hatto yilning issiq vaqtlarida ham yurgazib 
yuborishi juda qiyin bo‘ladi. Yozda setan soni taxminan 
45 birlikka, qishda esa 50 birlikka teng bo‘lgan yonilg‘i 
ishlatilganida dvigatelni normal yurgazib yuborish va bosimni 
asta-sekin oshirish mumkin. 
3.4.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish