Avtomobil indd


Dizel yonilg‘isining qovushoqligi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

 Dizel yonilg‘isining qovushoqligi
Benzinli dvigatellar uchun benzinning qovushoqligi aha-
miyatga ega emas, chunki uning qovushoqligi suvnikidan 
ham kichik. Dizel dvigatelida esa yonilg‘ining qovushoqligi 


74
75
katta ahamiyatga ega: uning kamayishi ham, oshishi ham 
dvigatelning yomon ishlashiga olib keladi. 
Qovushoqlik
tashqi 
kuch ta’sirida suyuqlik zarralari harakatlanganida bir-biriga 
ko‘rsatadigan qarshilikdir. 
Dizel yonilg‘isining qovushoqligini belgilovchi ko‘rsatkich 
kinematik qovushoqlik
 
deyiladi. Yonilg‘ining yonish kamerasida 
to‘zitilish sifati kinematik qovushoqlikka bog‘liq. Yonilg‘ining 
qovushoqligi juda katta bo‘lsa, u mayin to‘zimaydi, bug‘lanishga 
ko‘p vaqt kerak bo‘ladi, oqibatda yonilg‘i chala yonadi (yonib 
ulgurmaydi), uning sarfi ortadi, qurum hosil bo‘lishi ko‘payadi, 
chiqindi gaz qorayib chiqadi, tutay boshlaydi. Yonilg‘ining 
qovushoqligi kichik bo‘lsa, yonilg‘i nasosining detallariga 
yonilg‘i yaxshi surkalmaydi, buning oqibatida nasosning 
plunjerli juftlari tez yeyiladi. Bundan tashqari, yonilg‘i oqimi 
yonish kamerasining ichkarisiga yetib bormaganligi sababli 
silindrlarda aralashma hosil bo‘lish sharoitlari yomonlashadi. 
Yonilg‘i forsunka teshiklari orqali sizib chiqishi mumkin. Bu 
esa qurum hosil bo‘lishini ko‘paytiradi. Yonilg‘ining sizib 
chiqishi va oqishi tufayli uning sarfi ortadi. 
Qovushoqligi o‘rtacha bo‘lgan dizel yonilg‘isidan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Bunda yonilg‘i juda mayda va bir xil 
tarkibli tomchilar tarzida to‘zitiladi, bug‘lanish, aralashma 
hosil bo‘lishi va uning yonish jarayonlari yaxshilanadi. Manfiy 
haroratda bunday yonilg‘ining oquvchanligi yaxshiroq bo‘ladi, 
u quvurlar, mayin tozalash filtrlari, yuqori bosimli nasoslardan 
oson o‘tadi. Bundan tashqari, ichki ishqalanishni yengishga 
kamroq energiya sarflanadi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlar, dizel yonilg‘ilari ma’lum 
(optimal) qovushoqlikka ega bo‘lishi lozimligini taqozo etadi. 
Harorat o‘zgarishi bilan qovushoqlik ham o‘zgaradi. Shuning 
uchun qovushoqlikning qiymatini ko‘rsatishda u qanday 
haroratda aniqlanganligini ham ko‘rsatish zarur. Davlat 
standarti talablariga binoan, dizel yonilg‘isi uchun 20°C 
haroratdagi qovushoqlik me’yorlanadi. Standart talablariga 
binoan yozgi yonilg‘ining qovushoqligi 3,0–6,0 mm
2
/s; qishki 
yonilg‘ilar uchun 1,8–3,2 mm
2
/s; arktik yonilg‘ilar uchun 
1,5 mm
2
/s ga teng deb belgilangan. 
Qovushoqligining oshishi yonilg‘ining yurgazib yuborish 
xossalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yozgi va qishki yonilg‘ilar 
qovu shoqligining o‘zgarish tavsifi 3.1- rasmda ko‘rsatilgan.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, sifat pasportida ko‘rsatilgan 
20°C dagi qovushoqlik qancha yuqori bo‘lsa, harorat pa-
sayganida qovushoqlik ko‘p o‘zgaradi. Yonilg‘i past haroratlarda 
quyuqlashadi, natijada u og‘ir harakatlanadigan bo‘lib qo-
ladi. Yonilg‘i yuqori bosim ostida ishlaydigan quvurlardan 
harakatlangani da, unin g qarshiligi keskin ortishi oqibatida 
yonilg‘i berish apparatla ri ning ish me’yori buziladi. 
Yonish kamerasida yonuvchi aralashma hosil bo‘lish 
jarayoniga, yonilg‘i qovushoqligidan tashqari, yonilg‘i zichligi 
va sirt taranglik kuchi ham ta’sir etadi. 
3.3. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish