Benzin tarkibidagi oltingugurt miqdori
S
ning
dvigatel detallari yemirilishiga ta’siri:
1
– klapan slerjeni;
2
– porshen bobishkasi;
3
– shatun bo‘yrn;
4
– klapan vtulkasi.
Bunday yonilg‘i ishlatilganida, dvigatel detallarining yeyilish
tezligi ortishi va qurum hosil bo‘lishi jadallashib, dvigatelning
quvvati va tejamkorligi keskin pasayadi. Jumladan, tarkibida
0,15 foiz oltingugurt bo‘lgan yonilg‘ida dvigatel 150 soat
ishlaganida quvvati 10,5 foizga kamaygan bo‘lsa, 0,733
foizli oltingugurtli yonilg‘ida esa 28 foizga kamayadi. Bunda
yonilg‘ining solishtirma sarfi mos ravishda 12,2 va 36 foizga
oshadi.
Avtomobil yonilg‘ilari tarkibidagi oltingugurt miqdori
0,10– 0,12 foizdan ortmasligi lozim. Yonilg‘ida oltingugurt
miqdori 0,2 foizdan 0,5 foizgacha ko‘payganida yeyilish 25–30
foizgacha ortadi. Agar yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdori
1,0 foizga yetsa, yeyilish ikki barobar tezlashadi.
Oltingugurt korrozion yeyilish sur’atini tezlashtirishi
bilangina emas, balki dvigatelda ko‘p miqdorda qattiq qurum
hosil qilishi bilan ham zararli hisoblanadi. Bunday qurum
zarralari moyga tushib detallarning mexanik yeyilishini
oshiradi. Bundan tashqari, oltingugurt motor moylarining
eskirishini tezlatadi.
2.10.
Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalar
va suvning miqdori
Davlat standartining texnik talablariga binoan, benzinlar va
dizel yonilg‘ilari tarkibida mexanik aralashmalar bo‘lmasligi
lozim. Lekin saqlash, tashish, qabul qilib olish va tarqatish
vaqtida yonilg‘i chang hamda qum bilan ifloslanadi. Hatto tashqi
ko‘rinishi toza bo‘lgan yonilg‘ilarda ham ma’lum miqdorda
aralashmalar bo‘ladi. Bu begona aralashmalar smolali va koks
hosil qiluvchi moddalar bilan yuqori haroratli qurumlarning
ko‘payishiga olib keladi. Bundan tashqari, dvigatelga
tushuvchi chang uning yeyilishini tezlashtiradi. Qum, chang,
zang va boshqa qattiq zarralar karburatorlarning jiklorlarini,
forsunkalarning to‘zitkichlari va ta’minlash tizimining boshqa
detallari ifloslanishiga olib keladi. Shuningdek, dvigatel
detallarini va yonilg‘i uzatuvchi apparatlar elementlarining
yuqori darajadagi abraziv yeyilishiga sabab bo‘ladi (2.11- rasm).
Yonish kamerasiga ifloslangan benzin quyilganida mexanik
ara lashmalar porshen halqalari bilan silindr gilzasi orasidagi
tirqishga kirib, ularning tez yeyilishiga sabab bo‘ladi, natijada
dvigatelning quvvati pasayadi, tejamkorligi yomonlashadi,
muddatidan oldin ta’mirlash zarurati tug‘iladi.
Dvigatellarda ishlatiladigan barcha yonilg‘ilar tarkibida suv
bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Yonilg‘i tarkibida suv bo‘lishi quyi-
dagi salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin: dvigatel va
ta’ minlash tizimi detallarini, yonilg‘i saqlanadigan sig‘imlarni,
av tomobillar ning yonilg‘i baklarini va boshqalarni kuchli
korroziyalaydi; yonilg‘i tarkibidagi ingibitorlarni yuvib yubo-
rishi natijasida yonilg‘i tarkibida smola hosil bo‘lish jarayoni
tezlashadi; qish mavsumida yonilg‘i tarkibidagi suv muzlaydi,
natijada dvigatel ishida noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin.
60
61
2.11715- rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |