Suvda eriydigan kislota va ishqorlar. Mineral kislotalar va
boshqa suvda eriydigan birikmalar qora va rangli metallarga
nisbatan kuchli korrozion ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
ularning yonilg‘i tarkibida bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Ishqorlar
esa rang li metallarga kuchli korrozion ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun yonilg‘i tarkibida ishqorlarning bo‘lishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Suvda eruvchi kislotalar va ishqorlar metallarga kuchli
korrozion ta’sir etadi. Shuning uchun ham yonilg‘i tarkibida
ularning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning miqdorini
davlat standarti (DS 6307–75) asosida aniqlanadi. Buning
uchun o‘rtasidan ikki bo‘lakka bo‘lingan voronkaga 50 ml
tekshirilayotgan yonilg‘i qu yi ladi, yarmiga esa distillangan suv
quyiladi va ular aralashtiriladi. Keyin indikatorlar (metiloranj
kislotalar uchun; fenolftalein ishqorlar uchun) ta’sir ettirilib,
aralashmada suvda eruvchi kislota va ishqor bor yoki yo‘qligi
aniqlanadi. Agar ularning mavjudligi aniqlansa, bu yonilg‘i
dvigatelda ishlatilmaydi.
Organik (naften) kislotalar. Yuqori molekular organik
kislotalar, jumladan, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari
tarkibida bo‘ladigan naften kislotalar korrozion aktivligi bo‘yicha
mineral kislotalarga nisbatan kuchsiz. Shuning uchun organik
kislotalarni neft mahsulotlaridan to‘la chiqarib tashlashning
zarurati yo‘q. Ularning miqdori
kislotalik ko‘rsatkichi bilan
baholanadi.
Kislotalik ko‘rsatkichi bu
100 ml yonilg‘idagi
organik kislotalarni neytrallash uchun talab qilinadigan ishqor
KOH (mg) miqdoridir. Davlat standarti (DS 11362–76)ga
asosan 100 ml avtomobil benzinidagi ishqor KOH 3 mg/100
ml dan oshmasligi kerak.
Oltingugurtli birikmalar. Dvigatel detallarining korrozion
yeyilishiga yuqorida aytib o‘tilgan omillardan tashqari,
yonilg‘idagi aktivmas oltingugurtli birikmalarning umumiy
miqdori ham ancha ta’sir ko‘rsatadi. Oltingugurt birikmalari
benzinning korroziyaga moyilligini oshiradi. Shuning uchun
ham benzinda oltingugurt birikmalari bo‘lmasligi kerak. Bu
birikmalarning aktivligi mis plastinkada sinash yo‘li bilan
aniqlanadi. Buning uchun tozalangan va yaltiratilgan mis
plastinka tekshirilayotgan yonilg‘i solingan probirkaga solinadi
va suvli idishda 3 soat davomida 50°C haroratda qizdiriladi.
Keyin plastinka yuviladi. Agar plastinkada qora, to‘q jigarrang
yoki sariq iz qolgan bo‘lsa, bu yonilg‘i tarkibida aktiv oltingugurt
birikmalari borligini ko‘rsatadi. Yonilg‘ida bu birikmalarning
miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, korroziyalanish shunchalik
kuchli va uning ta’sirida dvigatel detallarining yeyilishi tezroq
bo‘ladi (2.10-rasm).