asrdagi afsonalar qayd etilgan “Kitobi Dada Qo‘rqut” va ХП1 asrda ya-
shagan 0 ‘g ‘uz xoqon haqidagi “0 ‘g ‘uznoma” deb atalgan kitoblarda
(ulardagi voqealar, afsonalar matnifling ancha avval yaratilganini bildirsa
ham ilmiy asarlarda
XI
va
XIII
asrlar qayd etilgan) turkiy qabila va urug‘
lar tarixi haqidagi mifik tasavvur ifodalari o ‘rin olgan. Bu kitoblar haqida
bir oz keyin ma’lumot beramiz. Avval mif haqidagi nazariy va amaliy
tafsilotlarga to‘xtalmoqchimiz.
Mif tushunchasi tarkibini totemizm,
fetishizm, animizm so‘zlari
tashkil etadi.
“Totemizm” so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda qayd etilishicha,
“uning urug‘i”dan olingan ekan. Shimoliy Amerikada yashovchi qabila-
lardan biri kishilar bilan hayvon va o‘simliklaming muayyan turlari
o ‘rtasida qon-qarindoshlik bor deb hisoblaganlar. U hayvonlar ov qilin-
magan, o‘ldirilmagan, go‘shti yeilmagan. 0 ‘simliklar esa e’zozlangan. Bu
odat dunyodagi hamma xalqlaming e’tiqodida ham bor bo‘lib, bugungi
kungacha saqlanib kelmoqda. Hind xalqida, umuman, hayvonni so‘yish,
ya’ni qon chiqarish ma’qullanmagan. Ayniqsa, sigirlar alohida e’zoz
langan. Avstraliyada kenguru alohida hurmatga ega hayvon hisoblanadi.
0 ‘zbeklarda bo'ri, tuya, ayiq, ot, qo‘y, ilon, baliq, qaldirg‘och, burgut,
xo‘roz, musicha kabi hayvon va qushlarga hurmat bilan qaraJgan. Mus
taqil 0 ‘zbekiston gerbida humo qushining tasviri borligi ham bejiz emas.
Shuningdek,
xalqimiz chinor, behi, anor, tol kabi mevali va mevasiz
daraxtlarga ham alohida e’tiqod bilan qaraydi. To‘g ‘ri, yuqorida sanalgan
hayvon, qush, daraxtlaming totem sifatida hurmatga sazovorligi bor.
Ammo bir oz fikr yuritsak, ularga bo‘lgan e’tiqod ildizlarida o‘zgacha, alo
hida ma’no borligi ham anglashiladi. Jumladan, bo'rining mustaqil hayot
ga bog‘liqligi, mardligi; tuyaning suvsizlikka chidashi; otning insonga
vafodorligi, ziyrakligi; burgutning baquvvat va jangari qush ekani; chi-
norning uzoq umr ko‘rishi; anoming ichida donalarining ko‘pligi (far-
zand belgisi sifatida), tolning salqini va undan beshik, do'mbira yasalishi
kabi fazilatlar xalq orasida shuhrat topgani ham ma’lum.
Qadimgi afso-
nalarda, ertaklarda bo‘ri, ilon, ayiq, ot, qaldirg'och kabi obrazlaming
ko‘plab uchrashi bejiz emas. Shu bilan birga xalq tushunchasida qo‘yning
inson o ‘miga qurbonlik qilinishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Far-
zand tug‘ilganda, turli ehson marosimlarida qurbonlik uchun qo‘y so‘yi-
ladi. Xalq orasida qo‘y odamning o'miga qurbonlik qilish uchun yaratil
gan, degan tushuncha bor. Bu tushunchalaming asosini totemizm izoh-
laydi. Ma’lum sabablar bilan yoki to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bolaga Bo‘riboy,
38
Bo‘ritosh, Gurkiboy, Bo'rixon, Lochin, Arslon, Qo‘ziboy, Barchin, Suq-
sur degan ismlaming berilishida ham totemizm ta’siri aniq seziladi. Har
bir daraxtning joni bor. Uni sindirish baxtsizlikka olib keladi. Uzoq ya-
shagan daraxtni kesish xosiyatsizdir. Otni so'yishda biror aybni bo‘yniga
qo‘yish kerak, degan e’tiqodlar ham totemizmga aloqador hisoblanadi.
“Fetishizm” so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda portugalcha “feitico”,
fransuzcha “fetiche” - sehrli narsa ma’nosini ifodalashi qayd qilingan.
Uning asosini qadimgi zamon odamlarining jonsiz narsa-predmetlarda
ilohiy fazilat bor deb tushunishlari tashkil etadi. Ma’lumki, inson hayoti
davomida o ‘zi
bilmagani holda quyosh, oy, yulduzlar, tog‘, suv kabi
narsalar bilan ham munosabatda yashaydi. Ayniqsa, quyosh, suv inson
taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi. Qadim zamonlarda yashagan
ajdodlarimiz o ‘zlaricha pichoq, non, o'choq, tandir, do‘ppi, kitob, supra,
ayniqsa, o ‘q, yoy kabi narsalami ham muqaddas hisoblaganlar.
G ‘afur G'ulomning “Shum bola” qissasida shunday lavha bor: “Men
bilmagan ekanman. 0 ‘tning taftiga lippamdagi yog* erib, pochamdan
oqmoqda ekan. Oyim qo‘lidagi xamir yoyib o‘tirgan o ‘qlov bilan
boshimga astagina urdi.
-
Juvonmarg,
kap-katta bola, uylansang bolang bo'ladi, shu yerda,
shunday Fotimai Zahroning dastgohlari bo‘lgan qutlug‘ yerda siyib
o'tiribsanmi?
Oyim boshimga o'qlov bilan urganda, qalpoq tagida bo‘lgan tuxum
pachoqlangan edi” °.
Qissada G‘afur G ‘ulom qahramoni Shum bolaning o ‘choq qarshisida
nojo‘ya ish qilib olirgani uchun onasi o'qlov bilan urganini tasvirlagan.
Chunki o'choq o ‘zbeklarda muqaddas hisoblangan.
Bunday aqidalar bo‘yicha yigit kishining do'ppi, pichoq, kitob,
qilich, yoy yo‘qotishi, xoh o ‘ngida, xoh tushida bo‘lsin, yomonlik belgisi
hisoblangan. Yigit kishi zotli ot, keskir qilichga ega bo‘Isa, u o ‘z
tengdoshlari o‘rtasida hurmatli inson sifatida ulug‘langan. Uzoq safarga
ketayotgan
yigitga non tishlatish, kechki ovqat paytida bir kosada
qo'shimcha ovqat suzib qo‘yish, qiz bolaning so‘zana tikishi yoki unga
atab gilam xarid qilish, yo‘lda sadaqa so'ragan kimsaga ehson berish,
uzoq xasta yotgan odam vafot etganida, uning tobuti orqasidan tosh otish
kabi odatlarimizning paydo bo'lishi ham
Do'stlaringiz bilan baham: