.Tamoalik.
Jamoalik deganda, muayyan
ish jarayonining bir guruh
odamlar ishtirokida birgalikda bajarilishi nazarda tutiladi. Xalqimizda
hashar uyushtirish an’anasi bor. Bu an’anaga binoan bir-ikki kunda xo‘-
jalik imoratlarining asosi jamoa bo‘lib qurib bitkazilgan. Bugungi kunda
yurtimiz aholisi turli bayramlar munosabati bilan hasharga chiqadi va
mahalla jamg'armalariga qilingan ish hisobidan mablag‘ o‘tkazadilar.
Xullas, jamoa bo‘lib imorat qurish, hashar o ‘tkazib joylami
tartibga so-
lish, ekin ekish, hosil yig‘ish mumkin. Ammo san’at asarini hashar yo‘li
bilan yaratib bo‘lmaydi. To‘g ‘ri, tarixda ikki, ba’zan uch kishi bo‘lib
san’at asari yaratilgan holatlar bo‘Igan. Lekin buning uchun hammuallif
shaxslar bir-birlariga ruhan, ma’nan, dunyoqarash jihatdan о 4a yaqin
edilar. Xo‘sh,
u holda xalq dostonlari, ertaklari, qo‘shiq va boshqa janr
asarlarini qanday qilib jamoa ijodi mahsuli deyishimiz mumkin. Gap
shundaki, xalq og‘zaki ijodi asarlari, u asar qaysi janrda ekanidan qat’i
nazar, bitta shaxs tomonidan yaratiladi. U shaxs, shubhasiz,
badiiy ijod
qilish, so‘z san’atiga oid asar yaratish iqtidoriga ega bo‘lgan. Ammo
vaziyat taqozosi bilan bu odamning asar yaratgani hujjatlashtirilmagan.
Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, hujjatlashtirishning hojati ham
bo‘lmagan. Asar muallifining o ‘zi buni xohlamagan. Qolaversa, og‘zaki
asami qanday qilib rasmiylashtirish masalasi o‘ylab ham ko'rilmagan.
Natijada, doston, ertak, qo'shiqlar yaratilavergan, bironta odam bu asami
men yaratdim, deb da’vo qilmagan. Ustiga ustak asar og'zaki bo‘lgani
uchun tinglovchilar orasidagi iqtidorli yurtdoshlar uni zudlik bilan qayta
ijro etganlar.
Bu ijro ikkinchi, uchinchi shaxslar iqtidoriga ko‘ra qator
o'zgarishlarga duch kelgan va badiiy jihatdan yo mukammallashgan, yo
zaiflashgan. Ayni paytda, mazkur namunaning xalq ijodi qatoridan o ‘rin
olishi uchun xizmat qilgan. Birinchi muallif esa o ‘zi yaratgan namunani
yurtdoshlari tomonidan ijro etilganini bilib faxrlangan. Biz, o ‘zbeklar,
ajdodlarimiz orasida shunday oliyhimmat insonlar borligidan g ‘ururlani-
shimiz va ulardan o ‘mak olishimiz kerak.
Shunday qilib, bugungi kunda
milliy qadriyatlarimizning munosib tarkibiy qismi hisoblangan xalq
og‘zaki ijodi xazinasi vujudga kelgan.
Og‘zaki ijod asarining badiiy jihatdan mukammallashib borishida,
hatto yangi-yangi asarlaming paydo bo‘lishida oddiy tinglovchi omma-
sining bavosita ishtirok etishini ham nazarda tutish kerak. Mirzo Ulug‘-
bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy universitetida 2009 yilda 0 ‘zbekiston
xalq baxshisi Qahhor baxshi bilan Jumalistika va 0 ‘zbek
filologiyasi
fakultetlari talabalarining uchrashuvida dostondan parcha aytayotgan
31
baxshi to‘satdan voqea tizimiga tinglovchilami qo‘shib yubordi. Muhimi,
bu yangilikni hamma tabiiy hoi deb qabul qildi. Aslida tinglovchi bax-
shiga hurmatini izhor etishi" oqibatida yangi-yangi misralaming tug'ili-
shiga sabab bo‘lgan edi.
Ko‘p yillik tajribamiz natijasi o'laroq yana bir masalaga diqqa-
tingizni qaratmoqchimiz. Awalgi sahifalarda qayd etganimizdek, matn
an’anasida doimiy ravishda qolip shaklida qo'llanadigan parchalar, tasvir
vositalari bor. Ertakchi, dostonchi, qo'shiqchi ijro davomida ulardan foy-
dalanadi. Yaratilgan asar yangi bo‘lsa-da, unda ana shu an’anaviy o'rinlar
saqlanib qoladi. Natijada, o ‘z-o‘zidan yangi doston to‘qigan baxshi
birinchi marta aytgan dostonini to‘liq ravishda o'ziniki deb ayta olmaydi.
Chunki u yaratgan asar an’anaviylik belgisi bilan awalgi namunalardan
jiddiy ozuqlangan bo'ladi. Demak, jamoalik xalq og‘zaki ijodining
yaratilishi nuqtai nazaridan qadimiyligi asosida vujudga kelgan xususiyat
ekan. Eng muhimi, jamoalik deganda, o ‘tmishda ijod qilish iqtidoriga ega
yakka shaxs - ajdodlarimiz xizmatini unutmasligimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: