3. Sobiq sho'ro tuzumi davrida xalq og'zaki ijodiga bo'lgan
munosabat bilan bugungi kundagi munosabatni m isollar asosida
izohlang.
4. Xalq og'zaki ijodini o'rganishning inson m a ’naviy dunyosiga
ta ’sirini sharhlab bering.
5. Islom Karim ov nutqi va maqolalari misolida muallifning xalq
qadriyatlariga bildirgan munosabati haqida so ‘zlang.
*
Adabiyotlar:
1. Каримов И.А. Узбекистан буюк келажак сари. - Т.:
Узбекистан, 1998. - Б. 5-66.
2. Каримов И.А. Баркамол авлод - Узбекистан таравдиётининг
пойдевори. - Т.:
Шарк НМАК, 1997.
3. Каримов И.А. “Алпомиш” достонининг 1000 йиллигига
багишланган тантанали маросимда сузлаган нущи // Халк; сузи. -
1999. - 9-ноябрь.
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.:
Ma’naviyat. 2008.
22
XALQ OG ‘ZAKI IJODIM NG 0 ‘ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
0 ‘zining dastlabki yaratilish davridanoq xalq og‘zaki ijodi xalqning
yozilmagan tarixiga aylandi. “Og‘zaki ijod”, “xalq og'zaki ijodi”,
“og‘zaki adabiyot”, “el adabiyoti” kabi
nomlar bilan atalgan badiiy
adabiyotning ilk namunalari ikkinchi tomondan turmush, hayot darsligi
sifatida yosh avlodni tarbiyalashdek muhim vazifani bajarib keldi. Keyin
chalik, yozuv madaniyati paydo bolgach, o ‘zida so‘z san’ati
asarlarini
yaratish iqtidorini his qilgan xalq orasidan chiqqan odamlar bevosita xalq
Og'zaki adabiyotiga suyangan holda individual - yakka shaxs ijodiga
mansub dastlabki asarlarini yaratdilar. Badiiy adabiyotning bu yo‘nalishi
shakllanib rivojlangach, yozma adabiyot tushunchasi paydo bo‘ldi.
Yaratilish usuliga ko‘ra farq qiluvchi og‘zaki va yozma adabiyot bir-
birini
inkor qilmadi, balki ijodiy hamkorlikni davom ettiraverdi. Ammo
shu bilan birga har bir adabiyot o ‘ziga xos xususiyatlarini ham
yo‘qotmadi. Bu jihatdan xalq og‘zaki ijodi jahon folklorshunosligi fani
tan olgan beshta xususiyatga ega. Ular:
1. An’anaviylik.
2. Og'zakilik va badihago'ylik.
3. Jamoalik va ommaviylik.
4. Variantlilik va versiyalilik.
5. Anonimlik (asami yaratgan muallif ismining noma’lumligi).
Ayni paytda yillar davomida xalq og'zaki ijodi asarlari bilan
yaqindan munosabatda bo‘lish yana bir xususiyatning namoyon bo‘lishini
tasdiqlamoqda. Bu xususiyatni shartlilik deb atash mumkin. Ammo ilmda
shartlilik haqida etarli nazariy tadqiqot olib
borilmagani sabab uni ham
xos xususiyat sifatida ko‘rsatishni lozim topmadik. Shu bilan birga aziz
talabaning tafakkurida paydo bo'lgan qator-qator savollarga javob berishi
mumkinligini hisobga olib shartlilik haqida ham ayrim mulohazalami
bayon etishni ma’qul ko‘rdik. Bu haqda keyinroq to‘xtalamiz.
Xalq og‘zaki ijodining xos xususiyatlari yuzasidan bevosita ma’lu
mot berishdan avval yana bir masalani qayd etib o'tmoqchimiz. Gap
23
shundaki, sobiq sho‘ro tuzumida siyosiy vaziyat nuqtai nazaridan yon-
dashgan olimlar xalq og‘zaki ijodining asosiy
belgisi sifatida kollektiv
(jamoa) likni ilgari surgan edilar. Bu fikr o ‘tgan asrda e’lon qilingan oliy
о ‘quv yurtlari dasturlari va darsliklarida muhim o ‘rin tutgan edi. Mazkur
tamoyil og‘zaki asarlami yaratishda yakka shaxs ishtirokini shubhaga
solgan. Shuningdek, millatning boy va kambag'al
sinflarga ajratilishi bu
g ‘oya bilan dalillangan. Go‘yo bir xalq ijod qilgan asarlar ikki qarama-
qarshi guruhga ajratilgan. Hatto bir asarning o ‘zi ham tarkibida bayon
etilgan voqealar zaminida ikki xil baholangan. Bunday mezon bilan ba
diiy asami tahlil qilish o‘ta noto‘g ‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin edi.
O 'z vaqtida bunday xulosalarga kelindi ham. Xususan, “Alpomish”,
“Ravshan” dostonlari aynan ana shu nuqtai nazardan tahlil qilinib,
“xalqchillik bayrog‘i ostida” yaratilgan va xalqqa qarshi g‘oya
ilgari
surilgan asar sifatida taqiqlandi. Ammo xalqimiz og‘zaki ijodiga bo'lgan
munosabat keskin ijobiy tomonga o'zgargan bugungi kunda og‘zaki
ijodning xos xususiyatlarini atroflicha, chuqur ilmiy asosda qaytadan
ко‘rib chiqish imkoniga egamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: