O`zbek filologiyasi fakul’teti o`zbek filologiyasi kafedrasi IV kurs kunduzgi bo`lim bitiruvchisi feruz rajabovning



Download 78,98 Kb.
bet1/20
Sana13.01.2022
Hajmi78,98 Kb.
#358993
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
“jaloliddin manguberdi” tragediyasida fojiaviy ruh)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA

MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKUL’TETI

O`ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI IV KURS KUNDUZGI BO`LIM BITIRUVCHISI

Feruz RAJABOVNING

Jaloliddin Manguberdi” tragediyasida fojiaviy ruh”



mavzusidagi

5220100 – Filologiya (o`zbek filologiyasi) yo`nalishida bakalavr ilmiy darajasini olish uchun yozgan

MALAKAVIY BITIRUV ISHI

(2015-2016 o`quv yili)

Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ғ.Murodov

Buxoro - 2016

Reja:

Ishning umumiy tavsifi.

1-bob. Tarixiy davr va tragediya

    1. Davr va fojiaviylik

1.2. Zamon va xarakter fojiaviyligi

2-bob. Dramatik ijro va fojiaviy ruh talqini

2.1. Dramatik ijro.

2.2. Asarda fojiaviy ruh talqini

3-bob. Fojiaviylik va salbiy obrazlar tizimi

3.1. Chingizxon va mog`ul no`yonlari obrazlari.

3.2. Xoinlar obrazi talqini.

Xulosa.

ISHNING UMUMIY TAVSIFI

Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy she`riyat va dramaturgiya taraqqiyotiga Hamza, Oybek, Uyg’un kabi zabardast ijodkorlar salmoqli hissa qo`shganlar. Bu silsilada atoqli ijodkor Maqsud SHayxzoda(1908 - 1967) ning alohida – mo`tabar o`rni bor. U yuzlab go`zal she`rlar yozish bilan bir qatorda dramatik turda samarali ishladi, Buyuk ijodkorning “Jaloliddin Manguberdi” va “ Mirzo Ulug’bek” tragediyalari badiiy adabiyot muxlislari qalbidan mustahkam o`rin egallagan.

Milliy adabiyotimizdagi birinchi mukammal tragediyani zabardast qalam sohibi Abdurauf Fitrat yaratgan edi. Uning “Abulfayzxon” dramatik asari jahon tragediyasining eng mukammal namunalari bilan bemalol bellasha oladi, ba`zi bir bir jihatlari bilan hatto ulardan ortiq ham. Ammo, afsuski, bu janrning yetuk shakllari o`zbek so`z san`atida barmoq bilan sanarli darajada oz.

Abdurauf Fitratdan keyin mazkur janrning yana bir barkamol namunasini Maqsud Shayxzoda yaratdi. Urush davri(1941-1945)da yozilgan va darhol sahnaga qo`yilgan bu asar “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy tragediyasidir.

Tragediya sahnaga qo`yilgach, adabiy jamoatchilik, tomoshabinlar tomonidan ko`tarinki ruhda kutib olingan. Respublika matbuotida spektakl’ haqida ijobiy taqrizlar e`lon etildi. Amm urush tugar-tugamas mazkur bebaho asarga munosabat keskin salbiy tomonga o`zgardi. Sho`ro mafkurachilari tragediyada «o`tmishni ideallashtirish», «kommunistik firqa talablaridan chekinish» kabi «illat»larni ko`rdilar. Navbatdagi sho`roviy qatog’on davrida M.SHayxzodaning qatog’on etilishi, ya`ni yigirma besh yilga qamalishida ushbu asarning ham «o`rni» bor, albatta.

Bu haqda yana bir tarixiy dalilni aytib o`tish joiz. Tragediya uzoq yillar davomida nashr etilmadi. Muallifga uni kitob holida ko`rish nasib etmagan. Faqat adib vafotidan yigirma yildan ko`proq vaqt o`tib, 1889 yili ijodkorning «Dunyo boqiy» kitobida tragediya e`lon etildi. Bundan sal ilgariroq ozarbayjon tiliga tarjima qilinib bosilgan edi.

Milliy istiqlol sharofati tufayli tarixiy adolat va qadriyatlarimiz qaytadan tiklana boshladi. «Jaloliddin Manguberdi» singari g’oyaviy-badiiy jihatdan barkamol asarlarni nashr etish va ilmiy jihatdan keng o`rganishga katta yo`l ochildi. Biz ana shunday xayrli imkoniyatdan kelib chiqib ushbu tragediyani muayyan ilmiy-nazariy muammolar nuqtai nazaridan tadqiq etishga jazm qildik. Malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi aynan mana shu omillar bilan izohlanadi.



Muammoning o`rganilish darajasi.O`zbek adabiyotshunosligida Maqsud SHayxzoda hayoti va ijodi, xususan, dramatik asarlarini o`rganish bo`yicha ma`lum bir ishlar amalga oshirilgan. Biroq bu o`rinda shuni ochiq aytish kerakki, hanuzgacha o`zbek adabiyotshunosligida “Jaloliddin Manguberdi” atroflicha chuqur o`rganilgani va munosib baholangani yo`q. Hatto 1978-1979 yillarda nashr etilgan “Adabiyot nazariyasi”(ikki jildlik) fundamental tadqiqotida ham mazkur asar tragediya sifatida tadqiq etilmagan. Ayrim adabiyotshunoslar(masalan, Suvon Meliev) “Jaloliddin” tragediya emas, balki tarixiy dramadir degan qarashni yoqlab chiqqanlar. Professor Berdiali Imomov o`zbek dramaturgiyasi tarixiga bag’ishlangan monografiyasida mazkur fikrga qarshi chiqib asarning tragediya janri numunasi sifatida o`rgangan. Biz taniqli adabiyotshunosning nuqtai nazariga to`la qo`shilamiz. Chunki “Jaloliddin”ning bosh qahramoni garchi asar oxiriga kelib halok bo`lmasa-da, asarda boshdan oxir fojiaviy ruh xukmronlik qiladi. Axir, vatan erkini yo`qotish o`limdan ham mudhishroq halokat bo`lib hisoblanadi.

“Jaloliddin Manguberdi” tragediyasini o`rganish bo`yicha professor Naim Karimovning izlanishlari ham qiziqishga molik. Olim milliy Mustaqillik davrida yaratgan “Maqsud SHayxzoda” esse-romanida ushbu tragediyaga bir qadar kengroq to`xtalgan. Garchand esseda mazkur tragediya chuqur tahlil etilmagan bo`lsa-da, asarning yaratilishi, sahnaga qo`yilishi haqida yangi va qiziqarli ma`lumotlar bor.

Umuman olganda M.SHayxzodaning ilk tragediyasini Istiqlol davri ilmiy tafakkuri doirasida teran tadqiq etish milliy adabiyotshunoslikning birinchi galdagi vazifalari sirasiga kiradi.

Ishning maqsadi “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasidagi fojiaviy ruhni ilmiy - nazariy asosda tadqiq etish va muayyan xulosa – umumlashmalar chiqarishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish mo`ljallandi:


  • Dramaturgning milliy so`z san`atidagi o`rni va ahamiyatini ko`rsatish;

  • Ijodkorning tragediya janrini yaratish borasida badiiy mahorati, xarakter, tip barpo etishdagi o`ziga xosligini o`rganish;

  • Tarixiy davr, qahramon faoliyatidan kelib chiqqan holda asardagi fojiaviylik ko`lamini oydinlashtirish;

  • Tahlil va tadqiq jarayonida tragediyaning janr tarzidagi imkoniyatlari hududini oydinlashtirish;

  • Tahlilva tadqiqdan kelib chiqib dramaturgijodi haqida ilmiy - nazariy xulosa – umumlashtalar chiqarish.


Download 78,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish