Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Savol va topshiriqlar:
1. Xalq og'zaki ijodining o'ziga xos xususiyatlarini bilishning
qanday nazariy va amaliy ahamiyati bor?
2. A n ’anaviylik haqida mulohaza yuriting va xalq dostonlari,
ertaklari matnlaridan bu xususiyatni izohlovchi misollar toping.
3. Og'zaki shaklning ijobiy va salbiy jihatlarini sharhlang.
Improvizatsiya yozma adabiyotda bo'lishi mumkin yoki mumkin
emasligini tushuntiring.
4. Shartlilik haqida mustaqil mulohaza yuriting.
Adabiyotlar:
1. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоков Б., Сафаров О. ’Узбек 
халк; огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 4-14.
2. Холмирзаева С.Ш. Узбек халк эпосидаги бадиий шартли- 
ликнинг узига хос хусусиятлари. Филол. фанлари номзоди ... дисс. -
Т., 1990.
35


ENG QADIMGI XALQ OG‘ZAXI IJODI 
NAMUNALARI. M IFLAR
Buyuk so‘z sohibi Alisher Navoiy g ‘azallaridan birining dastlabki 
bayti - matla’sida
0 ‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajabkim, sarvinozim o ‘n sakiz yoshindadur,
- degan edi. Baytda mening sarvinozim o ‘n sakkiz yoshda bo‘lgani uchun 
o‘n sakkiz ming dunyoning son-sanoqsiz g ‘avg‘osi boshida charx urishi- 
dan ajablanmaslik kerak, degan ma’no ifodalangan. Bu haq gap. Chunki 
inson inson bo‘lib yaralgan ekan, yoshidan qat'i nazar yorug‘ olam 
muammolari bilan yashaydi. Dunyo qanday paydo bo‘lgan, insonni kim 
yaratgan, nima uchun quyosh har kuni bir tomondan chiqadi, ikkinchi 
tomonga botadi, yer nima uchun qimirlaydi, chaqmoq chaqishining saba- 
bi nima, qo‘yingki, ming-ming savol inson qalbiga tinchlik bermaydi. 
Hatto taxmin qilib aytish mumkinki, ana shu muammolardan chalg‘ish 
maqsadida qadimgi ajdodlarimiz raqsga tushishni, his-tuyg‘uni ifodalov- 
chi misralar to‘qishni o‘ylab topgan bo‘lsalar ajab emas.
Qadim zamonlardayoq olamning paydo bo‘lishi, yil fasllaridagi 
o ‘zgarishlar, yerdagi zilzilalaming mohiyatini anglamagan inson o ‘zicha 
izoh izlashga uringan. Natijada, dastlab yemi nimadir ko‘tarib turgan 
bo‘lsa kerak, degan tushunchalar, keyinroq esa har bir hodisa sharhini 
ifodalovchi xudolar o ‘ylab topilgan. Agar bir oz mulohaza yuritsak, inson 
qilgan dastlabki kashfiyotlarni bugungi kunda ham uchratishimiz mum­
kin. Xususan, safarga chiqqan sayyoh bo‘ri, burgutni ko‘rsa, o ‘zini omadi 
kelgan hisoblaydi. Tulki ko‘rsa, shubhaga tushadi, ko‘ngilsiz voqea 
bo‘lishini kuta boshlaydi. Yigit tushida egarlangan ot minsa, hayotida 
ijobiy o ‘zgarishiardan xabar olgandek sezadi o ‘zini. Yigitlarimiz uylanish 
to‘ylarida hali hamon olov atrofida aylanadilar, ustlaridan sochqi socha- 
dilar. Qariyalarimiz qaldirg‘och shipga in qursa, xursand bo‘ladilar. Ot
36


ko‘rsalar, boshini silab qo‘yadilar. Yaqin-yaqingacha Qashqadaryo vilo- 
yatining ayrim tumanlarida yangi tug‘ilgan chaqaloq beshigining tagiga 
bo‘ri terisini solish, tishini teshib beshikka bezak qilish odati 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish