5. “O ‘g ‘uznoma”ning qisqacha mazmunini aytib bering.
6. Mahalladagi qariyalardan ot, b o ‘ri, ilon, burgut va boshqa totem
hayvonlar haqidagi hikoyalam i eshiting, yozib oling.
7. Turli narsalar, ranglar va tush xosiyati haqida m a ’lumotlar
to ‘plang.
Adabiyotlar:
1. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек
халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 43-56.
2. Маллаев Н.М. Узбек адабиёти тарихи. Биринчи китоб. - Т.:
Укитувчи, 1971. - Б. 41-55.
3. Мах,мудов Т. “Авесто” хдкида (сунгги суз) / Авесто. - Т.:
Шарк НМАК, 2001. - Б. 358-383.
4. Саримсоков Б. Узбек фольклорининг тарихий тараккиёти
(кадимги давр фольклори) / Узбек фольклори очерклари. 1-том. - Т.:
Фан, 1988.- Б . 25-35.
5. “Авесто” тарихий-адабий ёдгорлик. - Т.: Шарк НМАК, 2001.
6. Дес1е Korkut Kitabi (Metin - Sozliik). Prof. Dr. Muharram Ergin.
- Istanbul: Ebri, 1986.
7. Дада К^уркут х,икоялари (таржимон 3. Очилова). -
Т.,
2010.
8. Угузнома (нашрга тайёрловчи Бахтиёр Исабек). - Т.:
O’zbekiston, 2007.
46
XALQ OG ‘ZAKI IJOD I JANRLARI
Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo‘ladi.
Badiiy ada-
biyotni o ‘rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og'zaki poetik
ijodini o ‘rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik ada
biyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o ‘rganish ob’ekti
badiiy adabiyot bo‘lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlari
bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshu
noslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma
adabiyot vakillari qalamiga mansub g ‘azal, ruboiy, doston,
noma kabi
(mumtoz adabiyot); she'r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy
adabiyot)ning janr xususiyalari o ‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq
og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo‘shiq, ertak, doston kabi janrlaming o ‘zi-
ga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabi
yot ekanidan qat’i nazar har bir yo‘nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar
adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida baholana-
veradi. Avvalo, badiiy asarlar yaratilish jinsi yoki turiga ko‘ra
uch xil
bo‘lishini esga olaylik. Badiiy adabiyot - so‘z san’ati ekani haqida ma’lu
mot berganimizda jins va turlami aytib o ‘tgan edik. Endi ana shu tushun-
chalami mustahkamlaymiz. Umuman olganda, jahon adabiyotida uchta
jinsning mavjudligi (epos, lirika, drama) qayd etilgan, tan olingan. Janr
deganda, ana shu uchta jinsdagi asarlar tarkibini
tashkil qiluvchi kichik
turlar tushuniladi. Masalan, yozma adabiyotda epik asarlar turini roman,
qissa, hikoya janrlari, og‘zaki adabiyotda ertak, doston,
latifalar tashkil
etadi. Ya’ni jins nomi saqlanishi, tarkibi esa asar yaratilish usuliga ko‘ra
(og‘zaki yoki yozma) boshqa-boshqa janrlardan iborat bo'lishi mumkin.
E pos
- yunoncha “epos” - rivoya, hikoya, qo‘shiq so‘zidan iborat
bo‘lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning
tafsilotlarini ifodalash ma’nosini anglatadi. Ta’rifdagi “qo‘shiq” so‘ziga
ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar nazarda tutgan qo‘shiq-
lar so‘zning hozirgi paytda tushunilishidan farqli ravishda voqea-hodisani
47
bayon qilish xususiyatiga ega edi. Badiiy adabiyotdagi
epik jinsda biron
voqea badiiy so‘z vositasida hikoyaqilinadi. Xalq og‘zaki ijodida bunday
jinsga mansub janrlar afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, ayrim termalar,
latifa, loflardan iboratdir. Mazkur nazariy masalani ilmiy asosda o ‘rgan-
gan olim Bahodir Sarimsoqov avval qayd etilgan uch jins qatoriga to‘r-
tinchisini ham qo‘shgan va “maxsus tur” deb atagan. Bu tur tarkibini:
“oddiy o'tirish olqishlari, qarg'ish, so‘kish, maqol, matal,
topishmoq va
boshqa xildagi yumuq iboralar”15, - deb belgilagan. Haqiqatan ham, qayd
etilgan janrlarda bir tomondan muayyan vaziyat, voqea-hodisa haqida ta-
savvur hosil qilish uchun aniq ma’lumot, axborot mavjud bo‘lishiga qara-
may, aytilgan matnning hajm jihatdan o‘ta ixchamligi alohida ko‘zga tashlanadi.
Taniqli folklorshunos olimlardan V.MJirmunskiy va H.T.Zarifov
o ‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi dostonlami “qahramonlik eposi” deb ata-
ganlar. 1947 yilda Moskvada e’lon qilingan katta hajmdagi kitobni “0 ‘z
bek xalq qahramonlik eposi” deb ataganlar va unda “Alpomish”,
Go‘ro‘g ‘li turkumiga oid dostonlar, “Kuntug‘mish”
kabi ishqiy-romanik
dostonlar tahlil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: