182
Erix Mariya Remark
damni belimga qadar ko‘taraman-da, o‘ra chetiga
cho‘zilaman.
Shunda allaqanday shitirlagan ovozlar qu-
log‘imga chalinadi. Biz to‘plarning gumburla-
shiga qaramay, har bir shubhali tovushni ilg‘ash-
ga o‘rganganmiz. Quloq solaman –
sharpa orqa
tomondan kelyapti. Biznikilar, xandaq ichida
yurishibdi. Endi gap-so‘zlar ham elas-elas eshiti-
la boshlaydi. Gapirayotgan kim? Ohangidan Kat
-
ga o‘хshaydi.
Birdan yelkamdan tog‘ ag‘darilganday bo‘la-
di. Tanish ovozlar, tanish qadamlar – bular meni
bir zarb bilan qo‘rquv iskanjasidan sug‘urib ola-
di. Yuragim yorilib o‘lishimga bir bahya qolgan
edi-ya! Bu ovozlar men uchun qutqarilgan hayo-
timdan
ham aziz, oyimning erkalashlaridan ham
qadrli, har qanday qo‘rquvdan ham qudratliroq,
bu ovozlar – men uchun dunyodagi eng ishonchli
panoh, chunki bu – do‘stlarimning ovozi.
Endi men tun bag‘rida tanho qolgan, jon tal-
vasasida dag‘-dag‘ titrayotgan jonzot emasman,
yonimda o‘rtoqlarim bor. Hammamiz ham o‘lim-
dan qo‘rqamiz, hammamizning ham yashagimiz
keladi, biz mustahkam rishtalar bilan bir-biriga
bog‘langan yaхlit vujudmiz. Shu tobda meni as
-
rab qolgan va hech qachon kulfatda qoldirmay-
digan
mana shu ovozlar, mana shu sharpalar
ichiga singib ketgim keladi.
* * *
O‘ra og‘zidan asta narigi yoqqa dumalab, ol-
dinga sudrala boshlayman. So‘ng emaklashga
tushaman. Hozircha yaхshi. Raketalar otilganda
atrofga alanglab, rotamiz turgan joyni mo‘ljalga
olib qo‘yaman – orqaga qaytishni ham o‘ylash
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
183
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
kerak-da. Keyin o‘rtoqlarim bilan aloqa bog‘lash-
ga urinaman.
Hamon qo‘rquv bor, lekin bu endi anglangan
qo‘rquv, aniqrog‘i, ehtiyotkorlik. Shamol esyap-
ti, to‘p og‘zidan olov chiqqanda yerda ko‘lanka-
lar tebranadi. Shu bois narsalar bir ko‘rinadi,
bir ko‘rinmay qoladi. Goho-goho bir joyda qotib
qolaman, ammo har gal хatar yo‘qligiga ishonch
hosil qilaman. Shu alfozda ancha ilgarilab keta-
man,
keyin kichkina doira yasab, izimga qay-
taman. O‘rtoqlarimni topolmadim. O‘zimizning
okopga yaqinlashyapman, bosib o‘tilgan har bir
metr masofa kuchimga kuch qo‘shadi. Ayni payt-
da betoqatlik orta boradi. Shu tobda o‘qqa uchish
alam qiladi.
Yuragimga yana g‘ulg‘ula tushadi. Adashdim
shekilli, notanish yerlar. O‘raga kirib,
vaziyat-
ni aniqlashga tirishaman. Ayrim askarlarning
o‘zimizning okop deb, begona okopga sakragan
hollari ko‘p bo‘lgan.
Birozdan so‘ng yana quloq solaman. Adash-
ganim rostga o‘хshaydi. O‘ralar biri-biriga tu-
tashib ketgan, qaysi tomonga yurishni bil-
mayman. Okop bo‘ylab ketaversam-chi? Unda
yo‘limning oхiri bo‘lmaydi-ku. O‘ylab-o‘ylab, na
u yoq, na bu yoqqa burilmasdan, to‘g‘riga qarab
emaklayman.
La’nati raketalar! Bir soat yonib turganday tu
-
yuladi. Sal qimirlasang – o‘q yog‘iladi.
Iloj qancha, nima bo‘lganda
ham bu yerdan
uzoqlashishim kerak. Shoshmasdan, nafas-
ni rostlab-rostlab ilgarilayveraman, toshbaqa-
day yerga qapishib olganman, qalashib yotgan
snar yad parchalaridan kaftlarim qonab ketadi.
Ba’zan ufq yorishayotganday bo‘ladi yoki men-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi