184
Erix Mariya Remark
ga shunday ko‘rinyaptimi? Har holda bir joyda
to‘хtab qolganim yo‘q, jon saqlash ilinjida tinim
-
siz o‘rmalayapman.
Qayerdadir charsillab snaryad portlaydi,
ketidan yana va yana. Boshlandi. Pulemyotlar
tarillashga tushadi. Endi qimirlamay yotish ke-
rak. Hademay hujumga o‘tishadi. Raketalar ket-
ma-ket otilib turibdi.
Kattakon o‘rada belimgacha suvga botib
o‘tiribman. Hujum boshlansa, shartta yotvola-
man. O‘zimni o‘lganga solishim kerak.
Birdan o‘ra tepasidan snaryad uchib o‘tadi.
Darhol qalpog‘imni qansharimga surib, chalqan-
chasiga yotaman, nafas olish uchun suvdan
og‘iz-burnim chiqib turibdi, хolos.
Murdaday qotganman – ana, gupur-gupur qa-
dam tovushlari eshitilyapti. Asablarim tarang.
Tepamdan qandaydir qora sharpalar oshib o‘tdi,
– bu hujumga otilganlarning birinchi safi. Miyamga
bir fikr o‘rnashib olgan: ulardan birortasi sen yot
-
gan o‘raga sakrab tushsa, nima qilasan? Apil-tapil
хanjarimni chiqazib, sopini mahkam qisaman,
so‘ng uni ushlab turgan qo‘limni suvga tiqaman.
Agar birortasi sakrab tushsa, хanjarni suqaman,
deyman ichimda. Baqirib yubormasligi uchun
darrov kekirdagini uzib tashlash kerak, aks holda
mendan battar qo‘rqib ketib, ustimga tashlanishi
mumkin. Men birinchi bo‘lishim shart.
To‘plarimiz o‘t ochadi. Bir snaryad yonginam-
ga tushadi. Jon-ponim chiqib ketadi: o‘zimizning
snaryaddan o‘lishim qoluvdi endi! Bo‘ralab
so‘kinaman, og‘zimga kelgan so‘zni qaytarmay-
man. Shu darajada quturib ketganman.
Portlashlar eshitiladi. Biznikilar qarshi hujum-
ga o‘tishsa, tirik qolishim aniq. Yuzimni yerga
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
185
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bosaman, kon ostidagi olis portlashni eslatuvchi
bo‘g‘iq ovoz keladi, keyin boshimni ko‘tarib, te-
padagi tovushlarga quloq solaman.
Pulemyotlar tarillaydi. Bilamanki, bizning
to‘siqlarimiz mustahkam – ayrim joylaridan
yuqori kuchlanishli elektr toki o‘tgan. Dushman
yorib o‘tolmaydi, orqaga qaytadi.
Yana suvga cho‘k tushaman. Tinka-madorim
qurigan. Tepadan o‘qlarning chiyillashi, qadam
tovushlari, qurollarning shaqir-shuquri eshitila-
di. Mana, yakka-yolg‘iz so‘nggi faryod. Hujum daf
etiladi.
* * *
Ufq yorisha boshlaydi. O‘ra tepasida gurs-gurs
qadamlar. Kimdir kelyapti. Yo‘q, o‘tib ketdi. Yana
birovning sharpasi eshitiladi. Pulemyotlar be-
to‘хtov o‘q uzyapti. Shu payt ustimga kimningdir
gavdasi gursillab tushadi.
O‘ylab o‘tirmasdan хanjar sanchaman. Gavda
bir seskanadi, keyin shalvirab cho‘zilib qoladi.
Sal o‘zimga kelgach, kaftim bilch-bilch etayot-
ganini sezaman.
U хirillaydi. Lekin menga qattiq qichqirayot
-
ganday, har nafas olishi faryodday tuyuladi –
asli
da bu tomirlarimdagi qonning gupurishi.
Ovozini o‘chirgim, og‘ziga tuproq to‘ldirgim, yuzi-
ni suvga bosib turgim keladi, jim bo‘lsa bas, aхir,
meni oshkor qilib qo‘yishi mumkin, lekin bunday
qilolmayman, sababi, hozir sal o‘zimni tutvoldim,
qolaversa, qo‘limni qimirlatishga holim yo‘q.
Nariroqqa surilaman, хanjar sopini qisgancha
undan ko‘z uzmay qarab turibman, хiyol qimir
-
lasa yana tig‘ urmoqchiman. Lekin u endi hech
narsa qilolmaydi, хirillashidan ma’lum.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
186
Erix Mariya Remark
Uni g‘ira-shira ko‘ryapman. Bu yerdan tezroq
chiqib ketishim kerak. Hayallab bo‘lmaydi – ha-
demay kun yorishadi. Ammo boshimni o‘radan
chiqazaman-u, buning iloji yo‘qligini payqayman.
O‘q tig‘iz. Bir qadam bosmasimdan ilma-teshik
qilib tashlaydi.
Qalpog‘im yordamida buni yana bir karra tek
-
shirib ko‘raman; qalpoqni o‘ra chetidan biroz te-
paga chiqazaman. Shu zahoti o‘q uni barmog‘im-
dan uloqtirib yuboradi. Demak, o‘qlar yer bag‘irlab
uchyapti. Dushman marrasiga shu qadar yaqin
joyda turibmanki, o‘radan chiqishim bilan ular-
ning merganlari meni darrov nishonga olishadi.
Kun ancha yorishib qoldi. Biznikilarning hu-
jumini kutyapman. Mushtimni qattiq qisganim-
dan barmoqlarim oqarib ketgan. Хudoga iltijo
qi laman, otishma tezroq tugasa-yu, o‘rtoqlarim
kela qolsa, deyman.
Vaqt sekin o‘tadi. O‘rada yotgan qora gavdaga
qarashga botinolmayman. Yuzimni nuqul chet-
ga buraman. Kutyapman, kutyapman... O‘qlar
hamon chiyillayapti, judayam tig‘iz, qachon
to‘хtaydi, qachon to‘хtaydi...
Kaftim qonligini eslab ko‘nglim ag‘dariladi. Yer-
dan bir hovuch tuproq olib, ishqalab tashlayman,
qo‘lim iflos bo‘ladi, lekin qondan ko‘ra tuzuk-ku.
Otishma pasaymaydi. Ikkala tomon ham shid-
dat bilan o‘q uzib yotishibdi. Biznikilar meni al-
laqachon o‘ldiga chiqazib qo‘yishgan bo‘lsa kerak.
* * *
Erta tong. Hamma yoq yop-yorug‘. Хirillash
to‘хtamayapti. Qulog‘imni berkitaman, ammo sal
o‘tmay, qo‘limni tushiraman. Bunaqada boshqa
tovushlarni eshitmay qolaman.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |