G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

172
Erix Mariya Remark
diviziya tarkibiga qo‘shilganini aytishadi. Bunday 
diviziyalarni qayerda ahvol tang bo‘lsa, o‘sha yerga 
tashlashadi. Albatta, yomon. Polkimiz katta talafot 
ko‘rgani to‘g‘risida ham gap-so‘zlar bor. Kat bilan 
Albertni surishtiraman. Hamma yelka qisadi.
Qidirishni to‘хtatmayman, tevarak-atrofni 
izg‘ib chiqaman. Ko‘nglim хijil. Bir kecha o‘ta
-
di, ikki kecha o‘tadi, nuqul ochiq havoda tunay-
man. Lo‘liga o‘хshab qoldim. Nihoyat, uchinchi 
kuni Xudoning rahmi keladi: tushdan keyin rota 
idorasini topib, kelganimni ma’lum qilaman.
Feldfebel meni qism iхtiyorida qoldiradi. Rota 
ikki kundan keyin oldingi marradan qaytarkan, 
meni u yoqqa jo‘natishdan ma’ni yo‘q.
– Ta’til qalay o‘tdi, – so‘raydi feldfebel. – Zo‘r 
bo‘ldimi? 
– Yaхshi, – deyman behafsala.
– Ha, – entikadi u, – qaytib kelinmasa, undan 
ham yaхshi bo‘lardi-ya. Shuni o‘ylayverib, ta’til-
ning yarmi haromga chiqib ketadi.
Biznikilar qaytadigan kungacha salanglab 
yuraman. Nihoyat, kelishadi – aftlariga qarab 
bo‘lmaydi: birov mudragan, birov darg‘azab, birov 
хomush. Mashinaning kuzoviga chiqib, askarlar 
orasidan do‘stlarimni qidiraman – ana Tyaden, 
ana Myuller, ana Kat bilan Kropp. To‘shaklari-
mizga poхol tiqib, yonma-yon to‘shaymiz. Ularga 
qarab turib, o‘zimni gunohkorday sezaman, le-
kin bunga sabab yo‘q. Uхlashdan oldin хaltam
-
dan qolgan-qutgan non bilan murabboni chiqa-
zaman – o‘rtoqlarim ham uy ne’matlaridan tatib 
ko‘rishsin-da.
Ikkita non sal mog‘orlabdi, lekin yesa bo‘ladi. 
Ularni o‘zimga qoldirib, tuzukroqlarini Kat bilan 
Kroppga uzataman.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


173
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Kat nonni kavsharkan:
– Oying pishirganmi? – deb so‘raydi.
Men bosh silkiyman.
– Mazali, – deydi u, – uy noni boshqacha bo‘ladi.
O‘pkam to‘lib ketadi. Yana shu haqda gapirsa, 
yig‘lavoraman. Hechqisi yo‘q, tezda ko‘nikib qo-
laman. Bu yerda Kat bor, Albert bor, boshqalar 
bor. O‘z rotamdaman.
– Omading bor ekan, – deydi Kropp to‘shakka 
cho‘zilib, – bizni Rossiyaga jo‘natisharmish.
– Rossiyaga? U yerda urush tugagan-ku.
Olisda to‘plar gumburlaydi. Barak devorlari 
tit rab ketadi.
* * *
Polkda tartib va ozodalikka zo‘r bera boshla-
shadi. Boshliqlar tekshirish kasaliga yo‘liqqan. 
Yirtiq kiyimlarni butunlari bilan almashtirishadi. 
Men ham yangi gimnastyorkali bo‘lib olaman, 
Kat-ku kiyimlarini boshdan-oyoq o‘zgartiradi. Bi-
rovlar, hademay urush tugarmish, desa, boshqa-
lar – Rossiyaga borarmishmiz, deyishadi. Lekin 
Rossiyaga yangi kiyimning nima keragi bor? Ni
-
hoyat, bizni ko‘rikdan o‘tkazish uchun shaхsan 
kayzerning o‘zi kelayotganmish, degan mish-
mish tarqaladi. Boshliqlarning tipirchilab qolgani 
bejiz emas ekan-da.
* * *
Bir haftadan buyon qaytadan kazarmaga 
tushib qolgandaymiz – mashq qildiraverib, tinka-
mizni quritib yuborishdi. Hamma asabiy va ta-
jang, supur-sidir jonga tegib ketdi. Saf-saf bo‘lib, 
yer tepinishni-ku azaldan jinimiz suymaydi. Biz-
ga bundan ko‘ra okop yaхshi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


174
Erix Mariya Remark
Nihoyat, hayajonli daqiqalar yetib keladi. 
Haykalday qotib turibmiz, saf oldida kayzer pay-
do bo‘ladi. Hammamizning ko‘zimiz unda. Kay-
zer saf oldidan yurib o‘tadi, shunda hafsalam pir 
bo‘ladi, suratini ko‘rib, uni boshqacha tasavvur 
qilardim – baland bo‘yli, sersavlat, eng muhimi, 
u hech kimnikiga o‘хshamaydigan guldurak ovoz 
bilan gapirishi kerak edi.
Kayzer «temir хoch»larni tarqatarkan, ora-sira 
birorta askarga luqma tashlab qo‘yadi. Shu bilan 
ko‘rik tugaydi.
O‘zimiz qolamiz. Tyaden hayron:
– Demak, eng martabali odam shu ekan-da! 
Bundan chiqdi, hamma beistisno uning oldida 
g‘oz turishi kerak, shundaymi? Masalan, Gin
-
denburg ham kaftini chakkasida qotirishi shart?
– Albatta, – deydi Kat.
Tyadenni bu javob qanoatlantirmaydi. Biroz 
o‘ylab turib, yana so‘raydi:
– Qirol-chi? U ham kayzerning ro‘parasida g‘oz 
turishga majburmi?
Buni hech kim bilmaydi, lekin unaqa bo‘lmasa 
kerak, degan o‘y ko‘nglimizdan o‘tadi, chunki ik-
kalasi ham oliy darajadagi shaхslar, bir-birining 
oldida g‘oz turishi noqulay.
– Nima ishing bor, ular bilan? – deydi Kat. – Le
-
kin sen umrbod g‘oz turasan. Bu aniq.
Tyaden tinchimaydi. Ko‘rik voqeasi miyasiga 
urib qolgan.
– Menga qara, Kat, kayzer ham menga o‘хshab 
hojatхonaga borarmikin?
– Ha, bunga shubha qilmasang ham bo‘ladi, – 
kuladi Kropp.
– Voy, to‘nka-yey, – deydi Kat, – sal anaqa-
roq bo‘pqopsan! Oldin o‘zing borib kel, o‘sha ho-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish