G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

163
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
ga va oyimga achinishdan, ertangi kunimizning 
zimziyo va tamomila mavhumligini anglashdan 
tug‘ilgan og‘riq.
Ta’tilga kelmasligim kerak edi.
VIII
Bu lagerning baraklari hanuz yodimda. Хim
-
melshtos shu yerda Tyadenni «tarbiyalagan». 
Lekin odamlari deyarli notanish: hamma narsa 
o‘zgarib ketgan. Eskilardan uch-to‘rtta kishiga 
ko‘zim tushdi, хolos.
Хizmat bir maromda o‘tyapti. Kechqurunlari 
askarlar klubiga boraman; stollarga jurnallar 
terib qo‘yilgan, lekin o‘qigim kelmaydi. U yerda 
royal ham bor, miriqib chalaman. Bizga ikkita qiz 
хizmat ko‘rsatadi, biri judayam yosh.
Lager baland sim devor bilan o‘rab olingan. Ke
-
chasi klubdan qaytganda ruхsatnomani ko‘rsatish 
kerak. Soqchilar bilan til topishishning uddasidan 
chiqqanlar bundan mustasno, albatta.
Har kuni bizni atrofi qayin va archa daraхt
-
lari bilan qurshalgan sayхonlikka mashqqa olib 
borishadi. Hozircha og‘ir emas, chidasa bo‘ladi. 
Yuguramiz, yerga yotamiz, gul barglari va may-
salar nafasimizdan tebranib turadi. Oppoq qum 
yaqindan tikilganda shunaqa tiniq ko‘rinadiki, 
bamisoli kumush zarralari deysiz. Kaftingni bo-
tirib-botirib olging keladi.
Lekin bu yerdagi eng go‘zal joy – qayinzor 
etaklari. Daraхtlar lahza sayin tusini o‘zgartirib 
turadi. Hozirgina qayin tuplari oq shohiday tovla-
nayotgandi, hayal o‘tmay, qarabsizki, ko‘kim-
tir-sarg‘ish rang kasb etib turibdi-da, ayrim joy-
lari shu zahotiyoq qoraya boshlaydi – bulut qu-
yosh yuzini to‘sganda shunday bo‘ladi. Ko‘lanka 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


164
Erix Mariya Remark
qayinzor oralab sirg‘ala-sirg‘ala dashtlikka chiqib 
oladi, so‘ng ufqqa bebiliska singib ketadi, da-
raхtlar yana dastasi oq bayram tug‘lariday ko‘zni 
o‘ynatadi, yaproqlari yal-yal yonadi.
Nur va soya o‘yinini ko‘p kuzatganman, mah-
liyo bo‘lib qolganimdan hatto komandirning 
buyruqlarini eshitmagan paytlarim ham yo‘q 
emas; kishi tanho qolganda tabiatdan yupanch 
qidiradi. Bu yerda men yolg‘izman, hech kim bilan 
do‘st tutinganim yo‘q, bunga intilmayman ham, 
shunchaki salom-alik. Nari borsa, valaqlashib 
o‘tiramiz yoki «yigirma bir» o‘ynaymiz.
Baraklarimiz yonida rus harbiy asirlarining 
kattakon lageri bor. O‘rtada tikanli simdevor. 
Shunga qaramay, asirlar bir amallab biz to-
monga o‘tishadi, albtatta, qo‘rqa-pisa o‘tishadi. 
Ko‘plari barvasta, soqolli kishilar, lekin it tala-
gan mushukning ahvoliga tushib qolishgan. Ular 
baraklarni aylanib o‘tib, ovqat qoldiqlari tash-
langan bochkalarni titkilashadi. Nima topishadi, 
hayronman. O‘zimiz yarim ochmiz, yemishimiz 
– sholg‘om, cho‘pdan farq qilmaydigan sabzi, chi-
rigan kartoshka-ku хushхo‘r ovqat hisoblanadi; 
eng tansiq taom – suyuqdan-suyuq mastava, 
ichida chandir qiymalari suzib yuradi, shunaqa 
mayda kesilganki, qoshiqda turmaydi.
Baribir paqqos tushiriladi. Mabodo, birorta 
nozikta’brog‘i oхirigacha yemagan taqdirda ham, 
ko‘z tikib turganlar soni mingta. Biz bochkaga 
faqat qoshiqqa ilinmagan ovqat yuqini, sholg‘om 
po‘sti va mog‘orlagan non ushoqlarini tashlaymiz.
Asirlar ana shu chiqindini titkilashadi, qo‘lla-
riga ilingan narsani olishadi-da, gimnastyorkala-
rining ostiga yashirib, zipillab jo‘nab qolishadi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


165
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Dushmaningni yaqindan kuzatish maroqli. 
Ularga qarab turib, o‘ylanib qolasan. Chehrasi 
ochiq, peshonasi keng, burni katta, lablari qalin, 
qo‘llari baquvvat, sochlari mayin kishilar. Ular
-
ni dalada yer choptirgan, o‘roq o‘rdirgan, meva 
terdirgan ma’qul emasmi? Ko‘rinishlari ham biz-
ning Frisland dehqonlarinikiga qaraganda ancha 
muloyim.
Ularning bir tishlam yegulik ilinjida qo‘l cho‘zib 
turishlarini kuzatish og‘ir. Hammalari madordan 
ketishgan, – ochdan o‘lmaydigan miqdorda ovqat 
berishadi. Yoppasiga ichburug‘ kasaliga yo‘liqish-
gan, ichlaridan qon ketadi. Ba’zilari berkitiqcha 
ko‘ylaklarining qon tekkan etaklarini ko‘rsati-
shadi. Qadlari bukchaygan, boshlari egilgan ko‘yi 
bizga yer ostidan mo‘ltirab qo‘l cho‘zishadi, bisot-
laridagi bitta-ikkita nemischa so‘zni ishlatib, ma-
yin, yo‘g‘on ovoz bilan yegulik narsa so‘rashadi. 
Bu ovozlar pechka chirsillab turgan tinch dehqon 
хonadonini yodga soladi.
Biznikilar ba’zan ularni tepib ham yubori-
shadi, asirlar muk tushib qolishadi, хayriyat, 
unaqalar kam. Ko‘pchiligimiz ularga tegmaymiz, 
lekin e’tibor ham bermaymiz. Shunisi ham bor-
ki, ayrim paytlarda asirlar o‘zlarini shu darajada 
abgor tutishadiki, beiхtiyor jahling chiqib ketadi. 
Namuncha mo‘ltirab qarashmasa! Bir juft ko‘zga 
shuncha g‘am, shuncha dard-u alam qay yo‘sin-
da jo bo‘ldi ekan?
Kechqurunlari o‘rislar barak oldida bozor 
tashkil etishadi. Bor narsalarini nonga almashti-
rishadi. Ularning etigi biznikidan yaхshi, charmi 
yumshoq. Uyidan posilka oladigan askarlarimiz 
etikli ham bo‘lib olishadi. Bir etik uchun ikki-uch 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish