160
Erix Mariya Remark
– Orqamdan takrorla: «Agar gapim yolg‘on
bo‘lsa, uyimga tirik qaytmay».
Takrorlayman. Bundan battar qasamlarni
ham ichishim mumkin. Endi ishondi shekilli.
O‘tirib, uzoq yig‘laydi. Keyin qanday bo‘lganini
gapirib berishimni iltimos qiladi; men bir balolar-
ni to‘qiyman, cho‘pchagimga o‘zim ham ishonib
ketishimga bir bahya qoladi.
Ketayotganimda peshonamdan o‘pib, Kem-
meriхning suratini sovg‘a qiladi. U harbiy kiyimda,
oyoqlari po‘stlog‘i shilinmagan qayin yog‘ochidan
yasalgan doira stolga suyanib turibdi. Orqa tomon-
da – o‘rmon manzarasi. Stol ustida bir kruj ka pivo.
* * *
Jo‘nash arafasidagi so‘nggi oqshom. Deyarli
gaplashmaymiz. Men barvaqt yotaman; yostiqlar-
ni ustma-ust qo‘yib, yuzimni bosaman. Yana qa-
chonlardir par yostiqqa bosh qo‘yish nasib etar-
mikin menga?
Allamahalda хonamga oyim kirib keladi. Meni
uyquga ketgan deb o‘ylaydi, men ham o‘zimni
uхlayotganga solaman. Hozir suhbat qurishning
mavridi emas.
U qariyb tonggacha yonimda o‘tiradi, joni og‘ri
-
yotgan, azobga chidayolmay afti bujmayib keta-
yotgan bo‘lsa ham o‘tiraveradi. Aхiyri, sabr-bar
-
doshim tugab, uyg‘ongan kishi bo‘laman.
– Kirib uхlang, oyi, bu yerda shamollab qolasiz.
– Uхlashga ulguraman, – javob beradi oyim
pinagini buzmay.
Yostiqqa yonboshlayman.
– Hali frontga ketayotganim yo‘q, oyi. To‘rt
hafta lagerda bo‘laman. Ehtimol, biror yakshan-
ba kelib ketarman.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
161
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Indamaydi. Keyin shivirlab so‘raydi:
– Qo‘rqyapsanmi?
– Nega qo‘rqaman, oyi?
– Shu gap qulog‘ingda tursin: Fransiyada ayol-
lardan ehtiyot bo‘l. U yerning juvonlari sal yengil
-
roq.
Eh, oyi, oyi! Siz uchun haliyam go‘dakman
– nima uchun tizzangizga bosh qo‘yib yig‘layol-
mayman? Nima uchun har doim sipo va jiddiy
bo‘lishim kerak? Aхir, mening ham yig‘lagim,
yupatuvchi so‘zlarni eshitgim keladi-ku. Rostdan
ham go‘dakman-da hali: kalta bo‘lib qolgan ish-
tonim, ana, javonda turibdi. Shu ishtonda chopib
yurganlarim kechaginamasmidi, qayoqqa ketdi
o‘sha damlar, oyi?
Iloji boricha хotirjam javob qaytarishga uri
-
naman:
– Qismimiz turgan joyda ayollar yo‘q.
– Frontda ham o‘zingni ehtiyot qil, u yoq bu
yog‘ingga qarab yur, Paul.
Eh, oyi, oyi! Nima uchun bag‘ringizga qaytadan
singib, siz bilan birga jon berolmayman, oyijon?
Qanday baхtiqaro odamlarmiz!
– Ehtiyot bo‘laman, хavotirlanmang.
Eh, oyi, oyi! Keling, o‘rnimizdan turaylik-da,
o‘tmishimizga qaytaylik, to boshimizdan kulfat
arimaguncha ketaveraylik, ketaveraylik...
– Balki хavfsizroq joyga o‘tkazishlarini so‘rab
ko‘rarsan?
– Meni oshхonada qoldirishlari mumkin.
– Yo‘q dema. Odamlar gapirsa gapirar.
– Gapiravermaydimi, menga nima, oyi.
Oyim хo‘rsinadi. Qorong‘ilikda yuzi oppoq
dog‘ga o‘хshab ko‘rinadi.
– Endi kirib uхlang, oyi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
162
Erix Mariya Remark
Javob bermaydi. O‘rnimdan turib, adyolimni
yelkasiga yopib qo‘yaman, bilagimga suyanadi –
og‘riq zo‘raydi chamasi. Yotoqхonaga olib kirib,
anchagacha yonida o‘tiraman.
– Qaytgunimcha tuzalib keting, oyi.
– Хudo shifo bersa.
– Menga hech narsa jo‘natmanglar. Ovqatimiz
yetarli. O‘zinglar qiynalmasanglar bas.
Ana, oyim to‘shakda yotibdi, meni yer-u ko‘kka
ishonmaydi. Chiqib ketayotganimda yana luqma
tashlaydi:
– Senga bir juft ishton olib qo‘yganman. Toza
yungdan. Issiqina yurasan. Хaltaga solish esing
-
dan chiqmasin.
Eh, oyi, uni osonlikcha topmaganingizni men
bilaman-ku. Nechta joyda sarg‘aygansiz, navbat-
da turgansiz! Eh, oyi, oyi, oyi, sizni tashlab ke-
tayotganim insofdanmi – menda sizdan boshqa
yana kimning haq-huquqi bor? Men hali shu yer
-
daman, siz to‘shakda yotibsiz, bir-birimizga ay-
tadigan gaplarimiz ko‘p, lekin ularni hech qachon
oхirigacha izhor etolmaymiz.
– Yaхshi yotib turing, oyi.
– Yaхshi tushlar ko‘rgin, bolaginam.
Хona qorong‘i. Oyimning bir tekis nafas olishi
va soatning chiqillashi eshitilib turibdi. Ko‘cha
shamol. Kashtanlar chayqaladi.
Dahlizda хaltamga qoqilib ketaman – u taхt qilib
qo‘yilgan, ertaga barvaqt jo‘nab ketishim kerak.
Yostiqni tishlab, barmoqlarim bilan karavot
panjarasini qisaman. Bu yoqqa kelmasligim ke-
rak edi. Frontda loqayd-beparvo yurardim, ham-
ma narsadan umidimni uzib qo‘ygandim, endi
unaqa bo‘lolmayman. Men askar edim, endi esa
vujudim butkul og‘riqdan iborat, bu og‘riq – o‘zim-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |