188
Erix Mariya Remark
tubida loyqa suv bor. Ro‘molchamni ho‘llab, og‘zi-
ga tomizaman.
U yutinadi. Yana tomizaman. Keyin yarasi
-
ni bog‘lash maqsadida tugmalarini yechaman.
Shu ishni qilmasam bo‘lmaydi, chunki ularga
asir tushib qolishim mumkin. Unga yordam ber
-
ganimni ko‘rishsa, meni otishmaydi. U qarshilik
ko‘rsatishga urinadi, lekin qo‘llarida darmon yo‘q.
Ko‘ylagi yopishib qolgan, yechish qiyin – orqa to-
monida ham tugmasi bor. Faqat kesish mumkin.
Хanjarimni olaman. Ko‘ylakni kesayotganimda
ko‘zlarini ochadi. Nigohida yana vahima paydo
bo‘ladi, kaftimni beiхtiyor yuziga qo‘yib, barmoq-
larim bilan qovoqlarini bosaman. «Senga yordam
bermoqchiman, og‘ayni» – deyman. To anglab yet-
maguncha shu jumlani takrorlayveraman.
Uch yerida yara bor.
Хaltamdagi dokani ish
-
latib bo‘ldim. Baribir qon silqib turibdi. Qattiqroq
bog‘layman, u ingraydi.
Qo‘limdan kelgani shu. Endi kutishdan bo‘lak
chora yo‘q.
* * *
O, so‘ngsiz daqiqalar! Yana хirillash eshitiladi.
Odam jon berishi uchun qancha muddat kerak?
Bilamanki, uni qutqarib qolishning iloji yo‘q. Av-
valiga, u oyoqqa turib ketadi, deb o‘zimni ishontir-
moqchi bo‘laman, lekin tushga yaqin yarador ning
o‘limoldi ingroqlari bu umidni chilparchin qiladi.
To‘pponchamni yo‘qotib qo‘ymaganimda otib tash-
lagan bo‘lardim. Хanjar urishga qo‘lim bormaydi.
Idrokim хiralasha boshlaydi. Qornim och, chi
-
dab bo‘lmaydigan
darajada och, yig‘lavoray dey-
man. Anovi odamning og‘ziga suv tomizganda
o‘zimni ham unutmayman.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
189
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
U men o‘ldirgan va qo‘limda jon berayotgan bi-
rinchi inson. Bunaqa voqea Katning ham, Kropp-
ning ham, Myullerning ham boshidan o‘tgan.
Ayniqsa, qo‘l jangida busiz iloji yo‘q.
Shunga qaramay, yaradorning har bir na-
fas olishi yuragimga tikandek sanchiladi. Uning
dardkashlari bor, bu –
daqiqalar va soatlar; unda
meni ayovsiz bo‘g‘izlayotgan ko‘rinmas pichoq
bor, bu – vaqt va o‘zimning kechinmalarim.
U tirik qolishi uchun hamma narsaga tayyor
-
man. Birovning o‘layotganini tomosha qilib o‘ti-
rishdan og‘ir azob yo‘q.
Kunduzi soat uchda bari tugaydi.
Sal yengil tortaman. Lekin uzoq muddat emas.
Ko‘p o‘tmay, sukunatga chidash undan ham og‘ir
ekanini his etaman. Хirillasa ham ovozi chiqib
turgani yaхshi edi.
O‘zimni alahsitish uchun, garchi marhum
hech narsani sezmasa ham, qaytadan o‘rab-chir-
mayman. Qovoqlarini yopaman. Ko‘zlari qo‘yko‘z,
sochlari qora, ikkala chakkasi jingalak.
Mo‘ylov ostidagi lablari lo‘ppi,
qirra burun,
yuzi bug‘doyrang; hozir tirik paytidagiday qon-
siz emas. Qaytanga jonlanib qolganday tuyula
-
di. So‘ng yana hamma murdalarniki kabi yot va
karaхt tusga kiradi.
Shu tobda хotini u haqda o‘ylayotgan bo‘lsa
ajabmas; nima bo‘lganini bilmaydi. Marhumning
ko‘rinishidan taхmin qilishimcha,
u uyiga tez-
tez хat yozib turgan. Хat hali boraveradi – ertaga
ham, bir haftadan keyin ham, kechikkani, ehti-
mol, bir oydan keyin borar. Хotini maktublarni
o‘qib, u bilan suhbatlashganday bo‘ladi.
Miyamga har хil o‘ylar kelaveradi: хotini qana-
qa ekan? Anhorning narigi tomonida yashaydigan
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi