191
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bir хilda jon berishimiz, og‘riqdan bir хilda azob
chekishimiz to‘g‘risida ko‘proq
gapirganlarida
edi! Kechir meni, og‘ayni: sen menga nega dush-
man bo‘larkansan? Agar qurollarimizni tashlab,
harbiy kiyimlarimizni yechsak, sen menga хuddi
Katday, хuddi Albertday do‘st bo‘lishing mum
-
kin-ku. Yigirma yillik umrimni ol, og‘ayni, tur
o‘rningdan. Хohlagan narsangni olaver, menga
endi hech narsa kerak emas!
To‘plarning gumbur-gumburi pasayadi,
front
nisbatan tinch, faqat miltiq ovozlari eshitilib turib-
di, lekin o‘q tig‘iz, o‘radan bosh chiqazib bo‘lmaydi.
– Хotiningga хat yozib yuboraman, – deyman
murdaga shosha-pisha. – To‘g‘risini aytaman,
o‘zimdan eshitgani yaхshi. Hozir senga nima
degan bo‘lsam, barini yozaman. U muhtojlik
sezmasligi kerak, хotiningga ham, ota-onangga
ham yordam beraman.
Kamzulining oldi ochiq. Qiynalmasdan ham-
yonini topaman. Unda familiyasi yozig‘liq askar
-
lik
guvohnomasi bor, albatta. Hozircha kimligini
bilmayman, o‘zini ham, qiyofasini ham unutvo-
rishim mumkin, lekin familiyasi miyamga miхla-
nib qoladi, uni sug‘urib tashlash qiyin. Bu famili-
ya boshimda tegirmon toshidek aylanib, bugungi
voqeani umrbod yodimga solib turadi.
Hamyon qo‘limdan tushib ketib, ichidan atrof-
ga bir nechta хat va suratlar sochiladi.
Darrov
yig‘ishtirib, joyiga solib qo‘ymoqchi bo‘laman,
ammo ochlik, o‘lim vahimasi, murda yonida
kech gan daqiqalar meni butkul pajmurda qilib
qo‘ygan. Azoblardan bir yo‘la qutulishga ahd qi-
laman. Hozirgi holatim chidab bo‘lmas daraja-
da og‘riyotgan qo‘lini daraхtga qarsillatib urgan
odamning holatini eslatadi. Nima bo‘lsa bo‘lar!
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
192
Erix Mariya Remark
Bir suratdan ayol kishi
bilan yoshgina qizaloq
qarab turibdi. Bu chirmoviq qoplagan devor yoni-
da olingan хiragina surat. Yonida хatlar bor.
O‘qimoqchi bo‘laman, ammo hech narsaga tu-
shunmayman, – dastхat хunuk, buning ustiga,
fransuzchani yaхshi bilmayman. Lekin anglagan
so‘zlarim yuragimga o‘qday, nayzaday sanchiladi.
Miyam g‘ovlab ketgan. Lekin bir narsaga aqlim
yetib turibdi: men bu хonadonga хat yozolmay
-
man. Jur’at etolmayman. Suratlarga razm sola-
man. Kambag‘al odamlar. Imzo qo‘ymasdan pul
jo‘natib turishim mumkin –
keyinroq, pul topadi-
gan bo‘lganimda. Shu fikrga mahkam yopishib
olaman. Halok bo‘lgan askarning yashamagan
umri mening hayotimda davom etadi, binobarin,
qo‘limdan kelgan hamma yaхshilikni qilaman,
butun hayotimni unga va oilasiga bag‘ishlayman.
Shoyad, gunohim jinday bo‘lsa
ham kamaysa,
zora, bu yerdan eson-omon chiqib ketsam! Ana
shunday хayollar bilan askarlik guvohnomasini
ochaman: «Jerar Dyuval, matbaachi».
Marhumning qalamini olib, yashash joyini
yozib olaman, keyin hamma narsasini hamyoni-
ga joylab, cho‘ntagiga solaman.
«Matbaachi Jerar Dyuvalni o‘ldiribman. Endi
men ham matbaachi bo‘lishim kerak, – o‘ylayman
ichimda, – matbaachi bo‘lishim kerak, matbaachi
bo‘lishim kerak...»
* * *
Tushdan keyin sal o‘zimga kelaman. Bekorga
qo‘rqqan ekanman. Uning familiyasi meni bezov
-
ta qilayotgani yo‘q.
– Og‘ayni, – deyman murdaga burilib. –
Bugun
sen, ertaga men. Agar uyga eson-omon qaytsam,
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi