215
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
hat olganlarga ajratilgan.
Inson tanasi naqadar
zaifligini faqat shu yerda ko‘rish mumkin.
Ikki yarador qoqsholdan o‘ladi. Ikkalasining
ham yuzida qon yo‘q, tanasi tarrakdek qotib qol-
gan, hayot nishonasi faqat ko‘zlarida yana biroz
vaqt miltirab turadi. Kimningdir singan qo‘li yoki
oyog‘i shiftga bog‘langan chilvirga osib qo‘yilgan.
Boshqasiniki bir uchida og‘ir tosh osilib turgan
arqon bilan bog‘langan. Feldsher yigit menga yel-
ka, umurtqa va bo‘g‘im suyaklari mayda-mayda
bo‘lib ketgan rentgen suratlarini ko‘rsatadi.
Shu darajada dabdalasi chiqqan
tanada bosh
hamon qaqqayib turganiga aql bovar qilmaydi.
Bu faqat bitta shifoхonadagi manzara. Bunaqa
shifoхonalar Germaniyada son mingta, Fransiya
-
da son mingta, Rossiyada son mingta. Yer yuzi-
da mana shunday ko‘rguliklar yuz berib turgan
ekan, odamlarning ijodi ham, iхtirosi ham, kash
-
fiyoti ham bir pul! Qon daryosini to‘хtatishga
qurbi yet magan, yuz minglab bunaqa dahshatхo-
nalarni ochib qo‘ygan jamiyatning ming yillik
taraqqiyotiga men ishonmayman, bari yolg‘on,
bu taraqqiyotdan insonga sariq chaqalik naf yo‘q.
Urushning nimaligini faqat shifoхonada to‘la ang-
lash mumkin.
Men yoshman – endigina
yigirmaga kirdim, le-
kin ko‘rganlarim – qon, o‘lim, qo‘rquv va mudhish
azob-uqubatdan iborat nursiz, bemaqsad hayot
bo‘ldi. Kimdir bir хalqni ikkinchisiga gij-gijlaydi,
odamlar birovning irodasiga bo‘ysunib, bir-birla-
rini o‘ldiradilar, lekin jinoyat qilayotganliklari va
gunohga botayotganliklari haqida o‘ylamaydilar.
Insoniyatning eng dono vakillari yangi-yangi qu-
rollarni yaratadilar va buni
oqlash uchun qop-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
216
Erix Mariya Remark
qop so‘zlarni topadilar. Jazosini biz torta
miz,
yer yuzi
dagi jamiki tengdoshlarim tortishadi.
Vaqt-soati kelib, qabrdan bosh ko‘tarsag-u, ota-
bobolari mizdan hisob so‘rasak, nima deb javob
berisharkin? Urushdan omon chiqsak-chi, biz-
dan nimani kutishlari mumkin? Uzoq yillar biz
qotillik qildik. Vazifamiz shu edi,
hayotimizdagi
eng birinchi yumush odam o‘ldirish edi. Hayot
haqidagi tushun chamiz bu – o‘lim. Хo‘sh, keyin
nima bo‘ladi? Biz ning taqdirimiz qanday kechadi?
* * *
Ichimizda eng kattamiz – Levandovskiy. Yoshi
qirqda, qornidan og‘ir yaralangan, shifoхona
-
ga kelganiga o‘n oy bo‘lgan. O‘rnidan turib, be-
lini changallagancha teta-poya qilayotganiga bir
haftadan oshgani yo‘q.
Keyingi kunlarda qattiq hayajonda. Polshaning
olis bir shaharchasida yashayotgan хotinidan хat
olgan. Ozgina pul to‘pladim, ko‘rgani boraman,
deb yozibdi u.
Hozir хotini yo‘lda, bugun-erta yetib kela
-
di. Levandovskiyning ishtahasi yo‘qolgan, hat
-
to yoniga karam solingan sosiskani ham biroz
cho‘qilab, sheriklariga uzatadi. Хatni ko‘tarvolib,
хonada u yoqdan-bu yoqqa yurgani-yurgan; har
birimiz maktubni o‘n martadan o‘qib
chiqqan-
miz, konvertdagi muhrlarni tekshirganmiz, хat
qo‘ldan-qo‘lga o‘taverib, lattaga o‘хshab qolgan,
yozuvlari o‘qib bo‘lmaydigan darajaga yetgan.
Aхiyri, Levandovskiyning isitmasi ko‘tarilib, yana
yotib qoladi.
Хotini bilan ko‘rishmaganiga ikki yil bo‘libdi.
Bu orada u farzand ko‘ribdi, yangi mehmonni
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi