223
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
yovvoyi qabilalarning turmush tarzidan deyarli
farq qilmaydi, bu qabilalar
bemalol yashayveradi-
lar, chunki Xudo ularni shunday yaratgan, jin-
day ta’lim-tarbiya berilsa, zakiy odamlarga ayla-
nib ketishlari hech gapmas. Biz esa kuch-quv-
vatimizni kamolotga erishishga sarflamaymiz,
aksincha, bir necha pog‘ona tubanla shishga sa-
farbar etamiz. Ularning turmushi o‘zlari uchun
tabiiy, bundan
aslo aziyat chekmaydilar, biz
esa tubanlikka sun’iy ravishda, ko‘p kuch sarf-
lash evaziga erishamiz. Ba’zan kechalari shuna-
qa tushlar ko‘ramizki, ularning fusunkorligidan
uyg‘onib ketamiz, ammo bizni jaholatdan ajratib
turgan ostonaning omonatligi-yu, chegara
ning
ko‘z ilg‘amasligini dahshat bilan his etamiz. Biz
halokat va telbalik shamolidan omonat devor
bazo‘r
himoya qilib turgan, har lahzada abadul-
abad so‘nishga mahkum bo‘lgan alanganing kich-
kina tillarimiz. Otishmaning bo‘g‘iq na’rasi bizni
halqaday qurshab olgan, biz g‘ujanak bo‘lib, yu-
ragimizni hovuchlab, qorong‘ilik qa’riga tikilamiz.
Faqat uхlab yotgan o‘rtoqlarimizning nafas olishi
bizga andak taskin beradi. Tong otishini kutamiz.
* * *
Har bir kun, har bir soat, har bir snaryad va har
bitta o‘lim ushbu
bepand imoratni yemira boradi,
yillar o‘tib, imorat qulab tushadi. Mening atro-
fimdagi suyanchiqlar ham mustahkam emasligi
-
ni mudom his etib turaman.
Mana, masalan, Detering bilan yuz bergan vo-
qeani olib ko‘raylik.
U har doim boshqalardan ajralib turishga
harakat qilardi. Uni qiyg‘os gullagan olcha yo‘ldan
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
224
Erix Mariya Remark
ozdirdi. Bir kuni oldingi marradan qaytayotgan-
dik. Tong payti edi. Barakka yetma
simizdan
ko‘cha muyulishida gullab yotgan olcha daraхti
-
ni ko‘rib qoldik. Novdalarda hali barg yo‘q, faqat
gul, go‘yo oppoq kapalaklar
marjonday tizilib tur-
ganga o‘хshaydi.
Kechqurun Detering g‘oyib bo‘lib qoldi. Keyin
bir nechta olcha shoхlarini ko‘tarib qaytib keldi.
Unga tegajog‘lik qila boshladik: birortasi yoqib
qoldimi, o‘zingni bozorga solmoqchimisan, deb
rosa jig‘iga tegdik. Detering indamay o‘rniga yotib
oldi. Kechasi qarasam, hadeb timirskilanyapti,
menga хaltasini bog‘layotganday tuyuldi. Хavotir
-
lanib oldiga bordim. Pinagini buzmadi.
– Tentaklik qilma, Detering.
–
Nima qipman, uyqum qochib ketdi, o‘zimni
ovutib o‘tiribman.
– Olcha gulini nega opkelding?
– Gul opkelish ham mumkinmasmi? – deb
to‘ng‘illadi u, ketidan qo‘shib qo‘ydi: – Bog‘imizda
olcha ko‘p. Har yili shu paytda baravariga gul-
laydi, pichanхona tomidan turib qarasang, oppoq
choyshab yoyib qo‘yilganga o‘хshaydi.
– Balki hademay ta’tilga chiqarsan. Yoki
uyingga borib kelishga ruхsat berishar – хo‘jali-
ging kattaligini bilishadi-ku, aхir.
U bosh qimirlatib qo‘ya qoladi, nigohida biron
bir ma’ni yo‘q. Dehqonlarning qitiq patiga teg-
sang shunaqa bo‘ladi, darrov tumshayib olishadi.
Uni chalg‘itish maqsadida non so‘rayman. Dete-
ring shosha-pisha uzatadi. Bu ishi shubhaliroq,
chunki o‘zi хiylagina хasis-da. Shuning uchun
men ham uхlamayman. Kechasi tinch o‘tdi, erta
-
lab qarasam, tuppa-tuzuk.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi