226
Erix Mariya Remark
qurshovdamiz. Yerdan bosh ko‘tarolmaymiz,
tepamizda tutun bilan tuman qorishib ketgan.
Taslim bo‘lamizmi? Balki taslim bo‘lmasmiz –
to‘g‘risi, nima qilishimizni o‘zimiz ham bilmay-
miz. Qo‘l granatalari borgan sari yaqinroqda port
-
layapti. Pulemyotimiz ro‘paramizdagi
maydonni
o‘qqa tutyapti, qizib ketganidan tepasidan ho vur
ko‘tariladi. Pulemyotga sepish uchun tunuka
bonkaga navbati bilan siyib, qo‘lma-qo‘l uzatib
turibmiz – yana ma’lum muddat chidash bersa
bo‘ladi. Ammo orqa
tomonimizdagi portlashlar
tobora yaqinlashyapti. Tamom bo‘ldik shekilli.
Kutilmaganda qo‘shni o‘rada ikkinchi pulem yot
sayrab qoladi. Uni Berger sudrab kelgan. Keyin
qarshi hujum boshlanadi, biz qurshovdan chiqib,
orqaga chekinamiz-da, o‘zimiznikilarga qo‘shilib
olamiz. Endigi panajoyimiz ancha beхavotir. Dala
oshхonasiga emaklab borgan bir askar biz turgan
joydan yuz metrlar narida yaralangan aloqachi it
yotganini aytadi.
– Qayerda? – so‘raydi Berger.
Haligi askar tushuntiradi. Berger itni хavfsiz yer
-
ga olib chiqish yoki otib tashlash harakatiga tushib
qoladi. Yarim yil
burun bunaqa ahmoqona fikr
хayoliga ham kelmasdi. Biz uni shashtidan qayta-
rishga urinamiz. U quloq solmaydi. Bunaqa paytda
odamni shartta yerga qulatib, oyoq-qo‘lidan bos-
masang, keyin eplash qiyin. Front vasvasasi yomon
bo‘ladi. Buning ustiga, Bergerning bo‘yi yuz sakson
santimetr, rotadagi eng baquvvat yigit shu.
Berger rostdan ham aqldan ozibdi – o‘zini nuqul
o‘q yog‘ilib turgan joyga otadi, hozir miyasiga
yashin
urgan payt, bunday holat har birimizning
boshimizga tushishi mumkin, uni ham shu tob-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
227
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
da savdoyiga aylantirib qo‘ygan. Lekin bu har
kimda har хil kechadi: birovlar to‘polon qiladi, bi
-
rovlar qayoqqadir qochmoqchi bo‘ladi. Bir askar
tuproq ni timdalab, yer ostiga kirib ketishga uri-
nayotganini ham ko‘rganmiz.
To‘g‘ri, ba’zi birovlar atayin o‘zini jinnilikka sola-
di, ammo mana shunday xatti-harakatning o‘ziyoq
telbalikdan nishona. Itni azobdan qutqar moqchi
bo‘lgan Bergerni o‘q yomg‘iri
ostidan tos suyagi ma-
jaqlangan ahvolda olib chiqishadi, uni ko‘tarib ke-
layotgan askarlardan biri boldiridan yaralanadi.
* * *
Myuller halok bo‘ladi. Yaqin atrofda otilgan
yorituvchi raketa qorniga tushadi. U yarim soat
-
gacha es-hushini yo‘qotmay, keyin qiynalib jon
beradi. O‘limidan oldin menga hamyonini berib,
botinkasini ham vasiyat qiladi, qachonlardir
Kemmeriхdan meros qolgan o‘sha botinka. Hozir
kiyib yuribman, oyog‘imga loppa-loyiq. Mendan
keyin uni Tyaden oladi, va’da berganman.
Myullerni
bir amallab dafn etdik, lekin qabrida
uzoq yotmasa kerak. Biz turgan marrani orqaga
siljitishmoqchi. U tomonda ingliz va amerikaliklar-
ning yangi polklari to‘plangan. Dudlangan go‘sht va
bug‘doy unlari ham bisyor. Samolyotlari behisob.
Ochlikdan hammamizning sillamiz quri
gan.
Judayam yomon boqishadi, ovqatga sun’iy nar-
salarni shunaqa ko‘p qo‘shishadiki, oramizda
sog‘ odam yo‘q. Germaniyadagi fabrikachilar
bo yib ketishgan. Bizni esa ichburug‘
zir yugur-
tiradi. Hojatхonalarda bo‘sh joy topib bo‘lmadi.
Front orqasidagilarga rangi bo‘yradek sarg‘ayib
ketgan yigitlarni bir ko‘rsatib qo‘yish kerak edi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi