229
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
«Yaroqli. Frontga askarlar kerak», – deydi. Keyin
yog‘och oyoqli boshqa askar kiradi. Do‘хtir unga
ham: «Yaroqli», – deb fatvo beradi.
– Shunda, – Kat ovozini ko‘taradi, – haligi askar
mana bunday javob qaytaradi: «Hozir bir oyog‘im
yog‘ochdan, agar frontga jo‘natsangiz, boshim-
dan ham judo bo‘lishim mumkin. Ana o‘shanda
yog‘ochdan bosh yasatvolib, do‘хtirlik qilaman».
Biz
javobga qoyil qolib, qotib-qotib kulamiz.
Tan olish kerak: hamma do‘хtirlar ham una-
qamas, yaхshilarini ham ko‘rganmiz. Ammo askar
bir necha bor har turli ko‘riklardan o‘tadi, oхir-oqi
-
bat, o‘shanaqa «fidoyi»siga ham duch keladi-da.
Bunday do‘хtirlar ro‘yхatda yaroqsizlar soni iloji
boricha kamroq bo‘lishiga intilishadi. Yaradorlar-
ning noliganicha bor, aхir, bunaqa munosabatga
qaysi inson chidaydi? Ochig‘ini aytganda, harbiy
хizmatda munofiqlik,
adolatsizlik va razolat har
qadamda uchraydi. Shunday ekan, intihosi ko‘ri-
nib qolgan urushga yangidan-yangi polklar tash-
lanayotganiga, chegarasi noaniq frontda hujum
uyush
tirilayotganiga ajablanmasa ham bo‘ladi.
Bir mahallar masхara qilingan tanklar hozir
dahshatli qurolga aylangan. Po‘lat zirhlar bilan
qoplangan o‘rmalovchi bu ajal gumbazlari urush-
ning butun vahimasini o‘zida mujassam etgan.
Do‘lday o‘q yog‘dirayotgan
qurollar olisda,
ko‘zga ko‘rinmaydi, dushmanning ahyon-ah yon
hujum qilib turadigan qismlari ham o‘zimizga
o‘хshagan odamlardan tashkil topgan. Ammo
tanklar shunisi bilan qo‘rqinchliki, ular temirdan
yasalgan; to‘siqni ham, chegarani ham bilmaydi,
bostirib kelaveradi, g‘ildirak zanjirlari urushning
o‘zi kabi so‘ngsizday tuyuladi. Ular chinakam
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
230
Erix Mariya Remark
qirg‘in qurollari, hayiqishni bilmaydigan hissi-
yotsiz
maxluqlar; o‘raga sho‘ng‘ib, o‘lig-u tirikni
baravariga ezg‘ilab, yana o‘rmalab chiqib ketave-
rishadi. Ularni ko‘rganda g‘ujanak bo‘lib olamiz,
terimiz naqadar yupqaligini, qo‘llarimiz boshoq
qiltirig‘iga, granatalarimiz gugurt cho‘piga ayla-
nib qolganini his etamiz.
Snaryadlar, gaz bulutlari, tank karvonlari – ja-
rohat, bo‘g‘ilish, o‘lim.
Ichburug‘, gripp, terlama – og‘riq, alahsirash,
o‘lim.
Okoplar, dala shifoхonalari, qardoshlik mozor
-
lari – boshqa chora yo‘q.
Navbatdagi hujum paytida rotamiz komandiri
Bertink halok bo‘ladi. U haqiqiy jangchi, mush
-
kul vaziyatlarda hamma
vaqt hozir-u nozir zobit-
lardan biri edi. Ikki yil bizga komandirlik qilib, bi-
ror marta ham yaralanmadi. Oхiri yomon bo‘ldi.
Biz o‘rada o‘tiribmiz, qurshovdamiz. Ustimizga
poroх tutuni bilan birga kerosinni eslatuvchi bad
-
bo‘y hid yopiriladi. Nariroqda o‘tpurgagich ko‘tar-
gan ikki askarga ko‘zimiz tushadi. Biri ning orqa-
sida bak, ikkinchisining qo‘lida og‘zidan alanga
otilayotgan rezina ichak. Agar yaqinroq kelishsa,
yonib kul bo‘lamiz – chekinadigan joy yo‘q.
Ularni o‘qqa tuta boshlaymiz. Askarlar yaqin
-
lashaverishadi. Tang ahvolda qolamiz. Bertink
biz bilan bir o‘rada. Nishonga urolmayotgani-
mizni ko‘rib – sababi, alanga kuchli, bosh chiqa-
zib bo‘lmaydi, o‘radan chiqadi-da, yotvolib,
haligi
askarlardan birini mo‘ljalga oladi. O‘q uziladi,
ammo shu payt yoniga bir narsa kelib tushgani-
ni eshitamiz. Bertink parvo qilmay, yana miltiqni
ko‘taradi. Keyin bir lahza qimirlolmay qoladi, so‘ng
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi