1-dars Mavzu: Chizmachilik kursiga kirish, chizmachilik qurollari. Ta’limi maqsad



Download 1,84 Mb.
bet1/5
Sana12.02.2022
Hajmi1,84 Mb.
#445267
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-dars


1-dars
Mavzu: Chizmachilik kursiga kirish, chizmachilik qurollari.


Ta’limi maqsad:
O’quvchilarga Chizmachilik fani haqida ma’lumot berish va fanda
ishlatiladigan qurollari haqida tushunchalar berish.
Tarbiyaviy maqsad:
Chizmacyilik fanini kundalik hayotimizdagi o’rni va hayotimizdagi binokorlik ishlarida xizmani qadrlashni o’quvchilarga anglatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarda chizma fani haqida tushunchalar hjsil qilish va chizma qurollari bilan ishlash ko’nikmasi hosil qilish.
Dars uslubi: nazari.
Darsga kerakli jihozlar:
O’zbek allomalari portretlari, ulardan qolganasarlarni rasmlari,chizmachilik asboblfri.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Yangi mavzu bayoni.
Mustahkamlash.
Uyga topshiriq.
Yangi mavzu bayoni:
Mavzu: Chizmachilik kursiga kirish, chizmachilik qurollari.
Har bir fanning paydo bo'lish tarixi uni qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligidan, qadimiyligidan, jamiyatning taraqqiyotiga qo'shayotgan hissasidan dalolat beradi.
Chizmachilikning rivojlanishi rasm chizishdan boshlangan. Qadimda misrliklar turar joylarni, saroylarni, ibodatxonalarni qurishda eng oddiy usul bilan bo'lsa-da, bu inshootlarning shakl va o'lchamlarini tasvirlay olganlar. Qadimgi zamon papiruslari, qoyalarga o'yib ishlangan rasmlar, devorlardagi naqqoshlik, xattotlik san'ati va shunga o'xshash tasvirlar o'sha davr xalqlarining chizma sohasidagi birinchi tushunchalarini aks ettiradi. Shaharlaming saqlanib qolgan planlari, binolarning plan va fasadlari hamda turli hujjatlar buning dalilidir.
Chizmachilikka oid dastlabki ma'lumotlar eramizdan 300 yil mu- qaddam paydo bo'lgan. Rim me'mori va muhandisi Mark Vitruviy (miloddan awalgi 1- asrning ikkinchi yarmi) tekislikda binolarning tasvirlarini^asash yo'llarini ishlab chiqqan. Bu bilan u to'g'ri burchakli proveksiyalar*asash ishiga asos solgan.
O'zbekistonda Quyimozor va Oqtomda arxeologlar tomonidan qazish ishlari olib borilganda eramizdan oldingi 2-1- mingyilliklarga taalluqli odamning olddan va yonidan ko'rinish tasviri topilgan. VI—VII asrga oid kumush idishda binoning me'moriy fasadi tasvirlangan.1
VII asrdan XV asrgacha O'rta Osiyoda fanning barcha sohalarida katta ilmiy yntuqlarga erishilgan. Masalan, mashhur olim Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy (783—850) yunon olimi Ptolemey tomonidan bayon qilingan ba'zi masalalarni aniq emasligini chizmalar orqali isbotlab bergan. U o'z asarlarida turli mamlakatlar, dengiz va tog'lar, katta daryo va ko'llarning xaritalarini tasvirlagan. Olimning chizgan xaritalaridan to'rttasi bizgacha yetib kelgan.
Abu Nasr Forobiy (873—950) o'zining geometrik yasashlarga doir asarida konstruktiv geometrik masalalarni yechishni bayon etgan. Ayniqsa, o'zgarmas pargar yordamida geometrik masalalar yechishni chizmalar orqali batafsil bayon etgan.
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) shar ichida besh xil muntazam ko'pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan. Bular noriy — to'rtyoqlik (tetraedr), orziy — oltiyoqlik (geksaedr), havoiy — sakkizyoqlik (oktaedr), falakiy — o'nikkiyoqlik (dodekaedr), moiy — yigirmayoqlik (ikosaedr) lardir (1.1-chizma).
O'rta Osiyoda chizmachilikning muqarrarligini Abu Rayhon Beruniy- ning „Jismlar ko'lami fazoda uch tomonga: birinchisi uzunlik, ikkinchisi


kenglik, uchinchisi chuqurlik yoki balandlik bo'ylab yo'nalgan bo'ladi. Jismning mavhum cho'zilishi (proyeksiyasi) emas, balki mavjud cho'zilishi (haqiqiy kattaligi) shu uch chiziq bilan aniqlanadi. Bu uch tomonnmg chiziqlari vositasida jism olti yoqqa ega bo'lib, shuncha yoqlari bilan u fazoda chegaralanadi. Bu olti yoqlar markazida bir jonivor turgan bo'lib (1.2- chizma), uning yuzi shu yoqlardan biriga qaragan deb xayol qilinsa, u , yoqlar uning old, orqa, o'ng, chap va ost tomonlari bo'ladi"1, degan fikrlaridan bilib olish mumkin. Bu esa aynan zamonaviy proyeksiyalash


usulining o'zginasidir.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish