Mavzu: Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati



Download 62 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi62 Kb.
#317285
Bog'liq
1-маъруза

Mavzu: Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati.


Reja:

  1. Tuproqshunoslikda ilmiy tekshirish usullari faning ahamiyati va predmeti

  2. Fanning maqsadi va vazifalari

  3. Tuproqshunoslikdagi uslublar haqida tushuncha

  4. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi

Tuproqshunoslik fanini shakllanishi va rivojlanishida uslub muhim ahamiyatga ega. Uslubning mavjudligi va mukamalligi tuproqni tadqiqot qilishni ta’minlaydi hamda tuproq to’g’risida muhim ma’lumotlar to’plashga imkon beradi. Bu esa tuproqshunoslik fanini rivojlanishiga olib keladi. Tuproqshunoslikdagi uslublar ham rivojlanib boradi va bu fanning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Tuproqning har bir xossasini har tomonlama mukammal o’rganish uchun ushbu darajadagi uslublar bo’lishi kerak. Har bir predmet va fan o’z uslubiga ega bo’ladi. Chunki olinayotgan natijalar, yaratilgan nazariyalar, qilinayotgan xulosalar ma’lum bir uslub yordamida kuzatish, tajriba, tadqiqot olib borish asosida yuzaga keladi. Shuning uchun ham bu natijalar, nazariya va xulosalarning ishonchliligi tanlab olingan uslubning to’g’riligi, mukammalliligi va zamonaviyligiga bog’liqdir. Bu qo’llanilayotgan uslub – metodning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

METOD (grekcha methodos) – 1) tabiat va jamiyatdagi xodisalarni tekshirish va bilish usuli; 2) qandaydir bir faoliyatdagi usular yoki uslublar tizimi.

METODIKA – 1) biror narsani amalda bajarish uchun kerak bo’ladigan metodlar, usullar majmuasi; 2) bu yoki u fanning o’qitish metodlari to’g’risidagi ta’limot.

METODOLOGIYa (grekcha logos - ta’limot) – 1) bilishning ilmiy metodi to’g’risidagi ta’limot; 2) qandaydir fanda qo’llaniladigan tadqiqot usulari yig’indisi.

Tuproqning marfologik, fizik, suv-fizik, havo, issiqlik, kimyoviy, agrokimyoviy, biollogik, mikrobiologik xossalarini o’rganish uchun ma’lum bir uslublar kerak bo’ladi. Uslublar dala va laboratoriya uslublariga bo;linadi. Tuproqshunoslik faniga Dokuchaev tomonidan profil usulini kritilishi genetik tuproqshunoslikni yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Chunki tuproqning genetic qatlamlarini tabiiy holati buzilmagan holatda o’rganish mumkin. Tuproq laboratoriyaga olib kelib o’rganilganda uning genetik qatlamlari buzilib aralashib ketadi. Bu esa tuproq genetik qatlamlarini qanday tartib va ketma-ketlikda paydo bo’lganligini, ular qanday omillar ta’sirida paydo bo’lganligini o’rganishga imkon bermaydi. Tuproqni kesma yordamida o’rganish bu kamchiliklarni oldinioladi. Suning uchun uslub tuproqshunoslikda juda muhim hisoblanadi. Tuproqning kimyoviy va agrokimyoviy xossalarini o’rganish uslublari kimyo va fizikadagi uslublarning rivojlanishiga bog’liq. Tuproqshunoslikdagi uslublar asosan kimyo va fizikadan kirib keladi. Oxirgi yillarda zamonaviy fizik-kimyoviy usullarni tuproqshunoslikda qo’llanilishi tuproqshunoslik fanini rivojlanishiga hamda tuproq to’g’risida chuqur ma’lumotlar olinishiga hamda yangi ta’limotlarni yaratilishiga olib keldi. Fanning predmeti tuproqshunoslikda mavjud klassik va zamonaviy fizik-kimyoviy uslublarni o’rganish va qo’llash sohalarini aiqlashdan iborat. Tuproqshunoslikda tuproqni bonitrovkalash usullari ham ishlab chiqilgan bo’lib ular yordamida tuproqning bonitet balli aniqlanadi. Tuproq bonitet balli tuproqning barcha xossalarini umumlashtirilgan bahosini beradi.

Tuproqshunoslikdagi dala va laboratoriya usullari – profil-genetik, morfologik, qiyosiy-geografik, qiyosiy-tarixiy, ekoogik, kartografik, aerokosmik, radioizotop, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, modellashtirish, tuproq monolitlari, vegetasion idishlar, tuproq so’rimi kabilar tuproqni o’rganishda muhim ahamiyatga ega.

Nazariy tuproqshunoslikning asosiy vazifasi tuproq tarkibi va xossasini har tomonlama obyektiv tavsiflash bilan birga tuproq paydo bo’lish momentidan boshlab, uning shakllanib borishi va hozirgi paytdagi holatigacha bo’lgan tuproq hosil bo’lish jarayonlarini mohiyatini bilishdir. Tuproqni paydo bo’lib shakllanishi, tarixiy rivojlanishi va hozirgi paytda sodir bo’layotgan jarayonlar yig’indisi tuproq hosil bo’lish jarayoni yoki tuproq genezisi deb ataladi. Tuproq hosil bo’lish jarayoni konkret ekologik sharoit uchun xarakterli bo’lib ma’lum bir tipdagi tuproqni shakllantiradi va bu jarayon tuproq hosil bo’lishning umumiy makrojarayoni deb ataladi. Ma’lum bir tipdagi tuproq genetik gorizontlarini shakllanishida qatnashadigan jarayonlar – xususiy tuproq hosil qiluvchi makrojarayonlar yoki Gerasimov va Glazovskiy bo’yicha elementar tuproq hosil qiluvchi jarayonlar deb ataladi. Xususiy tuproq hosil qiluvchi makrojarayonlar tuproqda kechadigan oddiy fizik, kimyoviy va biologik jarayon va hodisalarning – mikrojarayonlarning jamlanmasidan yuzaga keladi.

Umumiy va xususiy tuproq hosil bo’lish makrojarayonlarini o’rganish qiyossiy-geografik va qiyosiy-analitik usullarni qo’llanilishiga asoslangan. Qiyosiy-geografik uslub tuproqni va tuproq hosil bo’lish omillarini o’zaro bog’liq holda o’rganishga, qiyosiy-analitik usul tuproq gorizontlarini tarkib va xossasini ona jins bilan taqqoslashga asoslangan. Tuproqni o’rganish usullaridan biri bu qiyosiy geografik uslub bo’lib u bir paytning o’zida tuproqni o’zini (ularning morfologik belgilarini, fizik va kimyoviy xossalarini va h.k.) va tuproq hosil bo’lish omillarini turli xil geografik sharoitda keyingi qiyoslash bilan tadqiqot qilishdir. Ushbu uslub tabiiy zonalar bo’yicha tuproq hosil bo’lish jarayonini turli-tumanligini o’rganishda tuproqshunos va geograflarda katta ommoboplikka ega va keng tarqalgan. Mikrojarayonlarni o’rganish uchun stasionar uslubdan ozmi-ko’pmi davomiylikdagi vaqt oralig’ida (davomida) nisbatan katta bo’lmagan bir jinsli tuproq uchastkasidan (stasionardan) foydalaniladi va bu yerda mikrojarayonlar bevosita to’g’ridan to’g’ri o’rganiladi.Bundan tashqari mikrojarayonlarning murakkab tizimini analiz qilishda umumiy va xususiy tuproq hosil bo’lish jarayonlarini o’rganishda ham qo’llaniladigan modellashtirish usuli yordamga keladi. Modellashtirishda tuproq hosil bo’lishini fazoviy(vaqtli)-makonli modelini tuzish mumkin. Tuproqda o’simlik qoldiqlarini gumifikasiyalanish jarayonini laboratoriya va dala sharoitida tuproq organik moddasini aylanishi jarayonlarini, tuproq hosil bo’lishning xususiy makrojarayonlarini (gleylanish, lessivajlanish, illyuvial-loylanish, kriogen temirlanish va boshqalar), tuproq hosil bo’lishining mikrojarayonlarini modellashtirish mumkin. Tuproqni tadqiqot qilishni stasionar usullari yordamida tuproq issiqlik rejimi, suvni nishablik (qiyalik) bo’yicha oqishi, suvning tuproq ichidagi oqimini, tuz, gaz, oksidlanish-qaytarilish rejimlarini va boshqa rejimli kuzatishlarni olib borish mumkin.

Profil usuli V.V.Dokuchayev tomonidan ishlab chiыilgan. U barcha tuproq tadqiqotlarining asosida yotadi. Tuproqning yuzasidan tortib qalinligining butun chuqurligi bo’yicha ona jinsni qamrab olgan holda genetik gorizontlar bo’yicha o’rganishni talab qiladi. Bunda o’rganilayotgan xossalar yoki tuproq parametrlari qiyoslanadi. Ushbu uslub tuproqni vertikal anizotropligining, tuproq hosil bo’lish jarayonlarining rivojlanish va tuproq rejimlari tabiiy qrnuniyatlarini aks ettiradi. Morfologik usul tuproq profili tuzilishining o’rganishga qaratilgan bo’lib, V.V.Dokuchayev tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu metod dala tuproq tadqiqotlarini o’tkazishda bazis bo’lib tuproqni dala diagnostikasini asosini tashkil etadi. Tuproqshunoslikda morfologik analizni uchta usuli ishlatiladi – makromorfologik (tuproqni qurollanmagan ko’z bilan o’rganish), mezomorfologik (tuproqni lupa va binokulyar orqali o’rganish) va mikromorfologik ( tuproqni mikroskop, hatto elektron mikroskop yordamida o’rganish). Morfologik usul barcha tuproq tadqiqotlarini boshlang’ich bosqichi g’isoblanadi. Qiyosiy – geografik usul tuproq va yo’ldosh tabiiy omillarni (iqlim, relyef, o’simliklar, tuproq hosil qiluvchi jinslar) ularni tarixiy rivojlanishida va fazoviy tarqalishida solishtirishga asoslangan. Ushbu uslub tuproq genezisi va ular geografiyasining qonuniyatlari to’g’risida xulosa qilishga imkon beradi.

Qiyosiy – tarixiy usul tuproq va tuproq qoplamini butunligicha hozirgi holatini o’rganish asosida tadqiqot qilishga imkon beradi. Ko’milib ketgan tuproqlarni va tuproq gorizontlarini batafsil o’rganish tuproqni reliktiv belgilarini hozirgi paytdagi tuproq jarayonlari bilan solishtirgan holda o’rganish bilan paleotuproqshunoslik shug’ullanadi. Bu fan o’tmish tuproqlari, zamonaviy tuproq qoplamidagi oldingi (o’tgan) zamondan qolgan tuproq belgilari to’g’risidagi fandir. Tuproq kalitlari usuli katta bo’lmagan reprezentativ uchastkalarni – kalitlarni batafsil genetik-geografik analiz qilishga va bunday yo’l bilan olingan ma’lumotlarni tuproq qoplami strukturasi bir (o’xshash) tipli bo’lgan katta hududlarda interpolyasiya qilishga asoslangan. Ushbu uslub katta hududlardagi maydonlarni vosita va resurslarni tejagan holda o’rganishga imkon beradi.

Tuproq monolitlari usuli tuproq kesmalaridan o’ziga xos holda olingan va tabiiy tuzilishi buzilmagan monolitlarda – tuproq kolonkalarida tuproq jarayonlarini ( suv va ionlarni harakatlanishini, ionlar almashuvini va h.k.) fizik modellashtirish prinsiplariga asoslangan.

Tuproq rejimli kuzatish usuli ma’lum bir rejalashtirilgan vaqt oralig’ida uzoq vaqt (vegetasion yil yoki bir necha yil) davomida bu yoki u parametrlarni (namlik, temperatura, tuzlar miqdori, pH kattaligi, gumus miqdori, singdirilgan asoslar tarkibi va sh.k.) o’lchash asosida hozirgi zamon tuproq hosil bo’lishining kinetikasini tadqiqot qilish uchun qo’llaniladi. Bu uslub biosfera monitoringini asosini tashkil etadi. Tuproqshunoslikda balans usuli ham tuproq hosil bo’lishini kinetikasini o’rganish uchun qo’llaniladi.

Turli xil ekotizimlarda moddalarni biologik aylanishini o’rganishda biogeosenotik tadqiqotlar uslubidan foydalaniladi. Zamonaviy tuproqshunoslik tadqiqot usullarining keng naboridan foydalaniladi, ular ichida instrumental yoki fizik-kimyoviy usullar markaziy o’rinni egallaydi. Ular klassik kimyoviy usullar bilan taqqoslanganda katta ustunlikka ega, shuning uchun ular tuproq-analitik amaliyotida keng ishlatiladi. Fizik-kimyoviy usullar yordamida tuproqning qattiq, suyuq, gazsimon va tirik fazalari tadqiqot qilinadi. Tuproq tarkibini tavsiflash va tuproq unumdorligini baholash uchun kerak bo’ladigan jarayon va rejimlarni o’rganishda ham fizik-kimyoviy usullar katta ahamiyatga ega.

Tuproqni tadqiqot qilishning dala usullari yordamida namlikni, dala nam sig’imini, tuproq zichligini, tuproq qattiqligini, suv o’tkazuvchanligini, mexanik tarkibini o’rganish mumkin. Tuproqni tabiiy jism sifatida o’rganish qazilgan kesmada yoki tuproqning tabiiy ravishda ochilib qolgan joyida morfologik xossalarini ifodalab yozish (tasvirlash) bilan boshlanadi. Tuproq zichligidan tuproq qattiqligini farqlash lozim. Tuproq qattiqligi deganda tuproqni bosish va siqishga qarshiligi tushuniladi va kg/sm2 birligida ifodalanadi. Tuproqni morfologik belgilarini tadqiqot qilish har doim fizik, kimyoviy va biologik xossalarini o’rganish bilan birga olib boriladi. Muhim morfologik belgilarga tuproq profilining (qiyofasining) tuzilishi, uning qalinligi, hamda alohida olingan genetik gorizontlarning rangi, strukturasi, qovushmasi (zichligi), mexanik tarkibi, yangi yaralmalari, qo’shimchalari, turli xil parchalanish stadiyasidagi o’simlik qoldiqlari, gorizontning pastki chegarasining ko’rinishi, keyingi gorizontga o’tish xarakteri, tuproqning bu yoki u morfologik xossalari tuproq hosil qiluvchi omillar ta’sirida va ma’lum bir elementar tuproq hosil bo’lish jarayonlari borishida yuzaga keladi. Tuproq morfologik xossalari turli xil antropogen (agrogen, urbogen va texnogen) ta’sirlarga tez va aniq reaksiya ko’rsatadi. Eng muhim morfologik belgi bu tuproq profilining tuzilishi, ya’ni genetik gorizontlarni vertikal yo’nalishda ma’lum bir almashinishi hisoblanadi.

Tuproqda lizimetrik tadqiqotlar olib borish mumkin. Lizimetrlar yordamida suv va oziq moddalarni yuvilishi, ko’chishi, transformisiyasi, tuproqdagi harakatchan oziq moddalar dinamikasi va aylanishi, moddalar balansini o’rganish mumkin. Tuproq tadqiqotlarida lizimetrik va xromatografik kolonkalar qo’llaniladi.

Biologik usullar tuproq-zoologik va mikrobiologik usullarga bo’linadi. Tuproq-zoologik usul yordamida tuproq hayvonlari va hashoratlari o’rganilsa, mikrobiologik usullar yordamida tuproqdagi bakteriya, zamburug’, aktinomisetlar faoliyati tadqiq qilinadi. Tuproq tirik frzasini tadqiqot qilish tuproqdagi jarayonlar mohiyatini, ular yo’nalishi, faolligi va tezligini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi ko’pgina tuproq hosil bo’lishining makro va mikrojarayonlari tuproq organizmlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni ular mikrobiologik jarayon hisoblanadi. Shu bilan birga tuproqning fermentativ faoliyatini o’rganish usullari ham muhim ahamiyatga ega. Tuproqning fermentativ faolligi mikroorganizmlar faoliyati bilan bog’liq.

Tuproqning mineral tarkibi rentgen usullarida indikasiya qilinadi. Ifloslangan tuproqlarni diagnostika qilish usullari ham muhim ahamiyatga ega. Tuproqshunoslikda tizimli analiz usullari, o’simliklarni ildiz massasini miqdorini aniqlash usullari qo’llaniladi. Tuproq gumusini radiouglerodli sanalashtirish usullari mavjud.

Statistik usullar yordamida tadqiqotning aniqligi, xatoligi, ishonchligi, olingan ma’lumotlarni standart og’ishi, variyasiyalanish koeffisiyenti aniqlanadi. Olingan raqamli natijalar V.N. Peregudov bayonida yoki B.A.Dospexov bayonida dispersion analiz qilinadi. Tuproq tadqiqotlarida korrelyasion va regression analiz, ko’p sonli chiziqli korrelyasiya va regressiya analizlari qo’llaniladi.



Tuproq tadqiqotlarida boshqa fanlar bilan tig’is bog’liqlik bor va tuproq tadqiqotlarida ushbu fanlarning metodik yondoshuvi va yutuqlari keng qo’llaniladi. Hozirgi zamon genetik tuproqshunosligi geologiyadan ajralib chiqqan va hozirgacha bu ikki fan o’rtasida tig’is metodologik o’zaro bog’liqlik mavjud. Masalan, tuproq genezisini bilish uchun hududni geologik va geomorfologik tuzilishi o’rganiladi. Petrografiya, kristallografiya va mineralogiya tuproqni mineralogik tarkibini, uni shakllanishini va transformasiyasini o’rganishga imkon beradi. Geomorfologiya tuproq hosil bo’lishida va tuproq geografiyasida relyefning rolini baholashga imkon beradi. Geodeziya va kartografiyani bilmasdan turib tuproq kartalarini to’g’ri tuzish mumkin emas. Klimatologiya va meteorologiya klimat va obi-havo sharoitlarini tuproq hosil bo’lish jarayonlaridagi, tuproq rejimlarini yaratish va ushlab turishdagi, xususan issiqlik va suv rejimlarini hosil qilish va ushlab turishdagi rolini baholashga imkon beradi. Tuproqshunoslar o’zlarining tadqiqotlarida biologiya, biokimyo va mikrobiologiya yondoshuvlaridan keng foydalanadi. Tuproq kimyosi kimyoviy profil fanlari – analitik, fizkolloid, organik, anorganik kimyo yondoshuvi va usullarini ishlatish bilan bog’liq. Tuproq fizikasini o’rganishda umumiy fizikaning yondoshuvi va uslublari ishlatiladi. Tuproqshunoslikni matematika bilan bog’liqligini qayd etish kerak. Bu bog’liqlik hozirgi paytda juda yuqori, chunki kompyuter va dasturlashni bilish tuproq jarayonlarini modellashtirishga va ular yo’nalishini o’rganishga imkon beradi. Bunday yondoshuvlar tuproqni tuz rejimini, tuzlarni harakatlanishi va ko’chishini, tuproq namini profil bo’ylab harakatlanishini o’rganishda muhim. Dokuchayevning genetik tuproqshunosligi va ishlab chiqilgan tuproq tadqiqotlarining usullari o’z navbatida yangi fanlarni, masalan, landshaftshunoslik, biogeokimyo, geobotanika, biogeosenologiya fanlarini rivojlanishiga sababchi bo’ladi.

Nazorat uchun savollar

  1. Tuproqshunoslikda tekshirish usullari fanining maqsadi va vazifalarini ayting?

  2. Tuproqshunoslikda qanday usullar mavjud?

  3. Profil usulini mazmunini so’zlab bering?

  4. Fizik-kimyoviy usullar deganda nimani tushunasiz?

  5. Tuproqshunoslikda tekshirish usullari fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi?

  6. Tuproqshunoslikda tekshirish usullari fanining predmetini ayting?

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish