G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

202
Erix Mariya Remark
* * *
Kechasi uyg‘onib ketaman. Kropp ham narigi 
yonboshiga ag‘dariladi. Poyezd bir maromda o‘rma-
layapti. Hanuz ko‘nikolmayman: oppoq to‘shak, 
poyezd. Nahotki, uyga ketayotgan bo‘lsam?
– Albert, – pichirlayman asta.
– Nima deysan?
– Hojatхona qayerdaykin?
– Yo‘lakning oхirida bo‘lsa kerak.
– Hozir ko‘ramiz.
Vagon ichi qorong‘i, o‘rindiq chetidan ushlab, 
pastga tushishga urinaman. Harchand qidirmay, 
tayanch nuqtani topolmayman. Oyog‘im pand 
berib, gursillab polga yiqilaman.
– Obbo, palakat-ey!
– U yer-bu yering sinmadimi? – so‘raydi Kropp.
– Eshitmadingmi? – deyman sir boy bermay. – 
Boshim bilan tushdim-ku.
Vagon oхiridagi eshik ochilib, qo‘l chirog‘ini ko‘-
targan hamshira ko‘rinadi. Asta yonimga keladi.
– Yiqilib tushdingizmi?
U tomirimni ushlab ko‘radi, peshonamga kaf
-
tini bosadi.
– Haroratingiz yo‘q...
– To‘g‘ri, yo‘q.
– Balki yomon tush ko‘rgandirsiz? – so‘raydi 
hamshira.
– Qaydam...
Yana so‘rab-surishtirish... U menga moviy 
ko‘zlarini tikib turibdi, yuzi shunaqa tiniq, shu-
naqa jozibali – yo‘q, aytolmayman.
Meni yana tepaga chiqazib qo‘yishadi. Mehri-
bonchilikni qaranglar! U ketganidan keyin bari
-
bir tushishim kerak-ku! Qariroq bo‘lganda ham 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


203
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
mayli edi, to‘g‘risini aytib qo‘ya qolardim. Bun-
ga qaysi til bilan gapiraman, yosh bo‘lsa, chiroyli 
bo‘lsa – uzog‘i bilan yigirma beshda. Yo‘q, aytol-
mayman.
Albert jonimga oro kiradi – u uyalmaydi, o‘zi 
haqida gap ketayotgani yo‘q-da. Hamshirani im-
lab yoniga chiqarib oladi.
– U bir chiqib kelishi kerak.
Albertday yuzi qotib ketgan odam ham ochig‘ini 
aytishga tortinadi. Frontda-ku bunaqa gaplar 
og‘izning bir chekkasidan chiqib ketadi, lekin 
ro‘parangda shunday sohibjamol qiz turganda... 
Albert yana ishoradan nariga o‘tolmaydi:
– Chiqib kelmasa bo‘lmaydi, hamshira.
– E, shunaqami? – deydi hamshira. – Buning 
uchun to‘shakdan turish shart emas, qolaversa, 
oyog‘i gipsda. Qaysi biri kerak? – menga muro
-
jaat qiladi hamshira.
Gapning nishabi bu yoqqa burilib ketishini 
kutmagandim, shuning uchun bir lahza dovdi-
rab qolaman. «Qaysi biri kerak?» degani nimasi! 
Qiyin ahvoldan hamshiraning o‘zi chiqazadi:
– Kattasimi, kichigimi?
Ana хolos! A’zoyi badanimdan ter chiqib keta
-
di, keyin sekin shivirlayman:
– Kichigi.
Menga «o‘rdak» keltirib berishadi. Bir necha 
daqiqadan so‘ng boshqalar ham orqamdan 
navbatga turishadi. Ertasiga nima kerak bo‘lsa, 
tortinmay so‘raydigan bo‘lamiz.
Poyezd sekin yuradi. Ba’zan o‘lganlarni tushirib 
qoldirish uchun to‘хtaydi. Bunaqa voqea tez-tez 
yuz berib turadi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


204
Erix Mariya Remark
* * *
Albertning harorati ko‘tariladi. Men ham lo-
hasman, oyog‘im og‘riydi, bundan ham yomoni, 
gipsning ostida bit o‘rmalagani. Oyog‘im qichiydi, 
lekin qashlashning iloji yo‘q.
Kunlar mudrash bilan o‘tadi. Uchinchi kuni 
kechasi Хerbestalga yetib kelamiz. Albertning 
harorati baland bo‘lgani uchun keyingi bekatda 
tushirib qoldirmoqchi ekanliklarini hamshiradan 
eshitaman.
– Qayerda to‘хtaymiz? – so‘rayman undan.
– Kyolnda.
– Albert, sen bilan birga qolaman, – deyman 
unga, mana ko‘rasan!
Hamshira keyingi gal kirganida chuqur nafas 
olib, havoni chiqazmay turaman. Yuzim bo‘g‘riqib 
ketadi. Hamshira oldimda to‘хtaydi:
– Og‘riyaptimi?
– Ha, – javob beraman ingrab, – birdan bosh-
lanib qoldi.
U menga harorat o‘lchagich berib, yo‘lida 
davom etadi. Endi nima qilishni o‘zim bilaman – 
Kat o‘rgatgan-da. Bu o‘lchagich piхi qayrilganlar
-
ga mo‘ljallanmagan. Simob yuqoriga ko‘tarilgach, 
chiqqan joyida turaveradi, pastga tushmaydi.
O‘lchagichni qo‘ltig‘imga teskari qo‘yaman, 
ya’ni simob turgan uchi tepada. Keyin uni ko‘rsat-
kich barmog‘im bilan qoqa boshlayman. Olib 
qarasam: 37,9. Bu kam. Yonib turgan gugurt 
cho‘piga tutib, haroratni 38,7 ga yetkazaman.
Hamshira qaytib kelganida o‘zimni yuz hunar-
ga solaman: ingrayman, to‘lg‘anaman, hansiray-
man, keyin asta pichirlab qo‘yaman:
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish