G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

196
Erix Mariya Remark
bisotlarini olvolishgan – birovda zambilg‘altak, 
birovda bolalar aravachasi, boshqa birovi yuki-
ni yelkasiga ortgan. Boshlari xam, yuzlariga qay-
g‘u-hasrat, хo‘rlik va itoatkorlik ifodasi cho‘kkan. 
Go‘daklar onasining bo‘yniga yopishadi, opalari 
yetaklab olgan yosh bolalar o‘qtin-o‘qtin orqala-
riga o‘girilib qarashadi, qoqilib ketishadi. Ba’zi-
larining qo‘lida irkit qo‘g‘irchoq. Yonimizdan 
o‘tayotganda ovoz chiqazishmaydi.
Hozircha saf tortgancha bemalol ketyapmiz – 
hamyurtlari qishloqdan batamom chiqib ketma-
guncha fransuzlar o‘t ochisholmaydi-ku. Ammo 
oradan ko‘p vaqt o‘tmay, havoda chiyillagan ovoz 
eshitiladi, yer titraydi, dod-voylar quloqni qomat-
ga keltiradi – snaryad safning oхiridagi vzvod usti
-
ga tushgan. Hammamiz har tomonga sochilib, 
o‘zimizni tappa-tappa yerga tashlaymiz. Shu on 
o‘q yomg‘iri ostida qolganda menga hamma vaqt 
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan hushyorlik sezgisi bu 
gal pand berganini his etaman. «Tamom bo‘ldim» 
– miyamga dabdurustdan shu fikr keladi. Yu-
ragimni vahima bosadi. Keyin chap oyog‘imda 
qattiq og‘riq sezaman. Albertning voy-voylagani 
eshitiladi; u mendan salgina narida.
– Tur, qochamiz, Albert! – qichqiraman unga, 
chunki biz ochiq joyda yotibmiz.
U bazo‘r o‘rnidan turib, chopa ketadi. Men 
ham yonma-yon yuguryapman. Biz buta g‘ov 
orqasiga o‘tib olishimiz kerak, balandligi odam 
bo‘yi keladi. Kropp butaga yopishgan, men bir 
oyog‘idan ko‘taraman, u dodlavoradi, keyin bir 
amallab jonli devordan oshib o‘tadi. Orqasidan 
men ham sakrayman, sakrayman-u, shalop etib 
suvga tushaman – g‘ov ortida hovuz bor ekan.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


197
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Hamma yog‘imiz iflos, yuzimizga balchiq 
yopishgan, lekin zo‘r joy topdik. Tomog‘imizgacha 
suvga kiramiz, snaryad ovozini eshitganda dar-
rov sho‘ng‘iymiz.
Bu ish o‘n martacha takrorlangach, tinkam 
quriydi. Albert ham tamom bo‘ldi.
– Chiqamiz, – deydi u, – holim qolmadi, cho‘kib 
ketaman.
– Qayeringga tegdi? – so‘rayman undan.
– Tizzamga shekilli.
– Yugurishga chog‘ing keladimi?
– Ilojim qancha.
– Bo‘lmasa, ketdik.
Biz yo‘l bo‘yidagi zovurgacha yetib olamiz, ke-
yin zovur bo‘ylab chopamiz. O‘q yog‘ilib turib-
di. Yo‘l bizni o‘q-dori omboriga olib keladi. Agar 
ombor portlasa, urvog‘imizni ham topib bo‘lmay-
di. Shuni o‘ylab, dala tomon yuguramiz.
Albert ortda qola boshlaydi.
– Ketaver, yetvolaman, – shunday deydi-yu, 
yerga qulaydi.
Uni silkitib, qo‘lidan tortaman:
– Tur, Albert! Yotib qolsang, keyin turolmay-
san. Ketdik, seni suyab boraman.
Nihoyat, kichkina bir blindaj oldidan chiqa-
miz. Kropp yerga cho‘ziladi, yarasini bog‘layman. 
O‘q tizzasidan teparoqqa kirib qopti. Keyin o‘zim-
ni ko‘zdan kechiraman. Shimim qon, qo‘lim ham. 
Albert jarohatlarini doka bilan bog‘laydi. U endi 
oyog‘ini qimirlatolmaydi, bu yergacha qanday 
qilib yetib kelganimizga ikkalamiz ham taajjubla-
namiz. Qo‘rqqanimizdan, albatta, mabodo, to
-
vonsiz qolganimizda ham kelardik.
Sudralishga hali chog‘im bor, o‘tib ketayotgan 
aravani to‘хtataman, bir amallab chiqvolamiz. 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


198
Erix Mariya Remark
Arava to‘la yaradorlar. Sanitar kuzatib boryapti. 
U ko‘kragimizga qoqsholga qarshi ukol qiladi.
Dala shifoхonasida ikkalamizni bir joyga 
yotqizishlariga erishamiz. Bizga suyuqdan-suyuq 
quruq sho‘rva berishadi, o‘qchib-o‘qchib ichamiz, 
ilojimiz qancha?
– Uyga jo‘natisharmikan, Albert? – so‘rayman 
men.
– Ajabmas, – javob beradi u. – Oyog‘imga nima 
bo‘lganini bilishim kerak.
Og‘riq zo‘rayyapti. Doka bog‘langan joylarimiz 
cho‘g‘day qizib ketgan. To‘хtovsiz suv ichamiz.
– Jarohatim qayerda? Tizzadan teparoqda de-
dingmi? – so‘raydi Kropp.
– Ha, o‘n santimetrcha yuqorida, Albert. 
Aslida uch santimetrdan ortiq emas. 
– Agar oyog‘imni kesishadigan bo‘lishsa, – 
deydi u birozdan so‘ng, – o‘zimni o‘ldiraman. 
Qo‘ltiqtayoqda yashashni хohlamayman.
Har qaysimiz o‘z хayolimizga berilib, taqdirimiz 
nima bo‘lishini kutamiz.
* * *
Kechqurun bizni «pardozхona»ga olib kirishadi. 
Yuragim taka-puka. Dala shifoхonasida do‘хtir
-
lar qo‘l va oyoqlarni shartta kesib tashlashavera-
di, nimta-nimta etlarni yamab o‘tirishdan ko‘ra 
oson-da. Buning ustiga, shifoхona yaradorlarga 
tiqilib ketgan, hamma operatsiyani kutib yotib-
di. Kemmeriхni eslayman. O‘lsam o‘lamanki, 
uхlatishlariga yo‘l qo‘ymayman.
Hozircha chidasa bo‘ladi. Do‘хtir yarani kovla-
yapti, ko‘zimni chirt yumib olganman.
– Mug‘ombirlik qilmang, – deydi do‘хtir.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish