Harbiy dala sharoitlarida bemor va yaradorlarga shoshilinch terapevtik yordam ko’rsatishning prinsiplari
Birinchi tibbiy yordam. Yarador va bemorlarga birinchi tibbiy yordam jang maydonida o'ziga-o'zi va bir-biriga yordam ko'rinishida, shuningdek, tibbiy xodimlar (sanitar va sanitar-o'qchi) tomonidan simptomatik yordam ko'rsatiladi. Juda ko'plab yaradorlar va bemorlarga bir vaqtda yordam berish zarur bo'lganda tibbiy xizmat ko'lami qisqaradi, Bunday sharoitda mazkur bosqichda ulgurilmagan tibbiy yordam keyingi bosqichda ko'rsatiladi.
Bu tibbiy yordam zamirida yaradorlar va bemorlar hayotini saqlab qolish, jiddiy asoratlar kelib chiqishining oldini olish, ahvolni yengillashtirish yotadi. Bunda harbiylarning tibbiy ashyolari (kimyoviy zaharlarga qarshi dorilar) va tibbiy vositalardan foydalaniladi.
Jangovor holatlarda birinchi terapiya yordamini ko'rsatish yaradorlar va bemorlarga dorilar yuborish (inyeksiya qilish), sun'iy nafas oldirish, kiyimlari va terini zaharlovchi, nurlovchi moddalardan tozalash, shikastlanganlarga gazniqob kiydirib, bexatar joyga olib chiqishdan iborat
Vrachgacha bo'lgan yordamni jang maydonida batalyon feldsheri yoki oliy malakali hamshira ko'rsatadi. U yaradorlar va bemorlarni dastlabki ko'rikdan o'tkazib, fizikal tekshiruv usullari yordamida taxminiy tashhis qo'yadi va ahvoliga karab og'ir, yengil turlariga ajratadi. U asfiksiya, shok holatidagi, tutqanoq tutgan, yurak faoliyati izdan chiqqan kishilarga zarur tibbiy yordam ko'rsatadi. Shuningdek, atrofidagilar uchun xatarli bo'lgan yaradorlar va bemorlarning usti-boshi va terisini qisman tozalash, yuqumli kasalliklar bilan og'riganlarni aniqlab, ularni aloxida yerga jo'natish kerak. Bu bosqichda bakteriologik va kimeviy, nurlovchi vositalar bilan zaharlanganlarda kelib chiqadigan nohush holatlarning oldini olish choralari ko'riladi. Vrachgacha ko'rsatiladigan tibbiy yordam yaradorlar va bemorlarga antidotlar, og'riqni qoldiruvchi vositalar, qusishga qarshi, yurak faoliyatini yaxshilovchi dorilar yuborish, ko'z, burun va og'izni chayish, me'daga zaharlovchi va nurlovchi moddalar tushganda uni zondsiz chayish, yarador va bemorlarga kislorod berish, sun'iy nafas oldirishdan iborat.
Polk tibbiy punkti (PTP). Bu yerda yaradorlar va bemorlarga vrach va oliy malakali hamshira yordam ko'rsatib, hayot uchun tahlikali asoratlarning (kollaps, o'tkir yurak-qon tomirlari yetishmovchiligi, nafas olishning buzilishi, og'riq sindromi) oldi olinadi va keyingi tibbiy bosqichga tayyorlanadi. Harbiy va tibbiy sharoitlarga ko'ra, ko'rsatiladigan yordam hajmi o'zgarishi mumkin.
Vrach va oliy malakali hamshira ko'rsatadigan birinchi tibbiy yordam tibbiy saralash bilan birga olib boriladi va ana shu jarayon davomida yaradorlar va bemorlarning kiyim-boshlari tanasining ochiq joylarida nurlanish darajasi o'lchab ko'rilib, atrofdagilar uchun xatarli bemorlar ajratib olinadi. Zaharli va nurlovchi moddalar bilan zararlanganlarning ust-boshlari tozalanib, yuqumli kasallikka chalinganlari alohida joylashtiriladi. Saralash jarayonida vrach yaradorlar va bemorlarni bir necha guruhlarga ajratadi: ba'zilarga o'sha joyning o'zida, boshqalariga keyingi bosqichda yordam ko'rsatiladi, yana bir guruhi shu yerda tibbiy yordam olgach, safga qaytadi. Vrach tomonidan yaradorlar va bemorlarga ko'rsatiladigan tibbiy yordam zudlik bilan va biroz keyinroq o'tkazilishi mumkin.
Nafas olish qiyinlashganda, yurak faoliyati zaiflashganda, shokda, kollapsda, zahar ta'sirida o'pka shishganida, koma holatida, tutqanokda, kuchli og'riq va to'xtovsiz qusishda, odam ichiga zaharlovchi va nurlovchi moddalar tushganda hamda boshqa hayot uchun tahlikali vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatiladi. Yaradorlar va bemorlarni bosqichdan bosqichga ko'chirib, tibbiy yordam berish va davolashni davom ettirish uchun tibbiy hujjatlar to'ldirilib borilishi kerak. Dastlabki tibbiy hujjat vrach yoki oliy malakali hamshira tomonidan polk tibbiy punktida to'ldirilib, unda dastlabki tashhis asoslanadi va zaharlanish turi yozilgan bo'ladi. Bu hujjatga keyingi bosqichda ko'rsatilgan muolajalar qayd etib boriladi. Vrach birinchi tibbiy yordamdan so'ng hujjatlarni to'ldirgach davolashni davom ettirishi kerak, bemorlar keyingi bosqichga (alohida tibbiy batalyon yoki gospitalga) ko'chiriladi.
Alohida tibbiy batalyon. Bunday batalyon o'z navbatida yaradorlar va bemorlarga mutaxassis terapevtlar yordam ko'rsatadigan birinchi tibbiy bosqich hisoblanadi. Bu yerda yaradorlar va bemorlar qabul qilinib, tibbiy hujjatlari to'ldiriladi, so'ng palatalarga joylashtiriladi. Qo'shimcha saralash o'tkazish zarur bo'lsa, zararlanganlar yaxshilab yuvintiriladi, yuqumli kasalliklar bilan og'riganlar va talvasaga tushib bezovta bo'lgan kishilar alohida xonalarga qo'yiladi.
Alohida tibbiy batalyonda yaradorlar va bemorlarga malakali tibbiy yordam ko'rsatilgach, davolashni davom ettirish lozim bo'lsa, keyingi bosqichga ko'chiriladi. Bundan tashqari, ushbu batalyonda 7-10 kun ichida tuzalib, safga qaytadigan yaradorlar va bemorlar hamda ahvoli og'irligi tufayli ko'chirib bo'lmaydigan jangchilar davolanishadi. Alohida tibbiy batalyonning gospital bo'limidagi gerapevt ahvoli og'ir, jarohati tufayli jarrohlik amaliyoti ko'llangan bemorlarda ichki a'zolar kasalliklariga chalingan bemorlarni davolaydi.
Hayot uchun tahlikali holatlarni (asfiksiya, tutqanok tutish, kollaps, o'pka shishi) bartaraf etish, rivojlanishi mumkin bo'lgan turli asoratlar oldi olinishi va bemorlarning tezroq sog'ayib ketishlari uchun zarur malakali terapevtik yordam ko'rsatish tadbirlari ikki guruhga bo'linadi. Birinchisi yarador va bemor hayoti uchun xavfli (talvasaga tushish, iprit bilan zaharlanganda badanda kelib chiquvchi chidab bo'lmas darajada qichishish va b.) yoki nogiron qilib qo'yuvchi holatlarda (ko'zga zaharli modda tushishi va h.k.)
zudlik bilan ko'rsatiladigan tibbiy yordam bo'lsa, ikkinchisi keyingi bosqichga qoldirsa ham bo'ladigan muolajalar hisoblanadi. Sharoit taqozo etsa, malakali tibbiy yordam bekamu-ko'st ko'rsatiladi. Lekin yaradorlar va bemorlar juda ko'p, buning ustiga jangovor sharoit noqulay bo'lganda yordam ko'lami qisqarib, zudlik bilan ko'riladigan tibbiy choralargina amalga oshiriladi.
Harbiy-dala terapiya gospitali — ixtisoslashgan terapiya yordami ko'rsatuvchi asosiy davolash muassasasi hisoblanadi. Odatda u gospitallar tarkibida bo'lib, zaharlar. fosforli zaharlovchi moddalar qo'llangan joylarga yaqinroq ko'chirilishi mumkin.
Harbiy-dala terapiya gospitalida shifokorlar (vrach, feldsher, oliy malakali hamshira) tomonidan anik tashxis qo'yilib, yaradorlar va bemorlar kompleks medikamentoz davolash, xirurgiya yordami, reanimatsiya muolajalari, qon va qon o'rnini bosuvchi preparatlar, suyak ko'migi transfuziyasi, oksitenoterapiya hamda fizioterapevtik davolash usullari o'tkaziladi. Yuqumli kasalligi bor bemorlar infeksion kasalliklarga ixtisoslashgan gospitalga jo'natiladi, ruhiy va asab tizimi kasallangan bemorlarni harbiy-dala nevrologik gospitaliga yuboriladi.
Mahsuslashgan terapevtik yordam ham malakali tibbiy yordamning davomi hisoblanadi. Barcha maxsus jihozlarga ega ko'p tarmoqli gospitallarda mutaxassis-shifokorlar bir necha turdagi jarohat olgan hamda radiatsiya nuri bilan zararlangan bemorlarga, kuygan va yaradorlarga turli davolash muolajalarini o'tkazadilar, bu jarayonda hamshiralar faol qatnashadilar.
E’tiboringiz uchun Raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |