1
O’zbekiston Kinematografiya Agentligiga
Va O’zbekiston Kinematografiya Agentligi
Bosh
Direktori
Abduxoliqov Firdavs
Fridunovich
nomiga
Ariza
Men __________________________ O’zbekiston Kinematografiya
Agentligiga murojaat qilmoqdaman. Arizamizning qisqacha mazmuni
shundan iboratki biz Rossiyadagi muammolar yuzaga kelgan tufayli xorij
filmlarining
asosiy qismi Rossiyaga, shuningdek Rossiya orqali kirib
keluvchi bazi MDH davlatlariga kirib kelishi to’xtatildi.
Buni oqibatida
Qozog’iston Kinematografiyasi filmlarni Qozog’istonda qozoq tilida
premyera bo’lishga erishdi.
Rus tili davlat tili bo’lmagani uchun O’zbek xalqining 28
millioni
rus tilini to’liq bilmaydi. Hollywood va boshqa kino kompaniyalar
Rossiyaga sanksiya
kiritgani sabab, biz hozirda Kinoteatrlarda endi Rus
tilida ham ko'rolmay qoldik va Kinoteatrlarda yangi kinolar yo'q.
O'zbekistonda ham xorij filmlariga xususan, (Marvel, SONY, WarnerBros,
Universal Pictures, Pixar, Lucasfilm, DC, Disney va boshqalar) filmlariga
bo’lgan qiziquvchi yoshlar qatlami hozirda sezilarli darajada yuqori.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
4-modda.
O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat
qiluvchi barcha millat va
elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
5-modda.
O'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari —
bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega.
O’zbekiston mustaqil davlat va hech qanday tashqi tasir doirasida
emas, va o’zbek tili qonun bilan tasdiqlab qo’yilgan.
2
UNESCO World Reportning 2014-yildagi tadqiqotiga qaraganda
O’zbekiston Respublikasining 85,8%
aholisi rus tilini mukammal
bilmaydi. Bundan kelib chiqadiki Kinoteatrlar O’zbek tilida faoliyat
yuritsa kinoteatrlarga keluvchi insonlarning soni 5 barobargacha oshishi
mumkin.
O’zbek tilida filmlar sinxron dublyaj qilinsa va Kinoteatrlarda Jahon
premyerasi sanasida premyera qilinishni boshlasa:
-
Kinoteatrga keluvchi mahalliy aholining soni keskin darajada
oshadi(chunki hamma ham rus tilidagi kinoga borgisi kelmaydi va
barcha Rus tilini bilmaydi!).
-
Bu kino madaniyati rivojlanishiga olib keladi.
- Iqtisodiyot o’z bo’lsada oshadi.
Bizning talabimiz shundan iboratki Hollywood va boshqa xorij kino
kompaniyalar bilan filmlarni rasman mustaqil film sinxron-dublyaji uchun
shartnoma tuzishingizni so’raymiz.
Kinematografiya rivojlanayotgan soha bo’lgani
uchun hozirda bu
ishga bo’lgan talab oshib bormoqda. Bu ish amalga oshishi uchun biz
qo’ldan kelganicha harakat qilamiz. Biz sizdan shu masalada muhokama
qilishingizni so’raymiz va ijobiy javob bo’lishiga umid qilamiz.
_______________________
_______________________
(imzo)
_______________ ___.___.____y.
_______________________