MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
Amaliy matematika va informatika fakulteti
“Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari”
yo`nalishi 110-20-guruh talabasi
Abdurasulova Dilraboning Falsafa
fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Falsafa turmush tarzi va dunyoni
anglash usuli
Bajardi: Abdurasulova D.
Tekshirdi: ___________________ .
Jizzax 2021
Mavzu: Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli
Reja:
1.Falsafa tushunchasi
2. Falsafa fani shakllanishi va rivojlanishini
3. Falsafiy muammolar mohiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha fileo – sevaman va sofia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan bilib olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Arastu asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avval qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. «Falsafa» atamasi «filosofiya»ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u tushuncha sifatida tor va keng ma’nolarda qo’llanadi. Xususan, keng ma’noda uni antik-qadimiy falsafada «donishmandlikni sevish» debtushunilganini aytib o’tdik. Ayrim faylasuflar va falsafiy oqimlar, chunonchi, ingliz faylasufi T.Gobbs (1588—1679) uni «to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish», nemis faylasufi Gegel «umuman predmetlarga fikriy yondashish», Lyudvik Feyerbax «bor narsani bilish», pragmatizm ta’limoti namoyandalari esa, «foydali narsalarni bilish jarayoni» deya talqin etgan. Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o’zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi. Endi falsafa nimani o’rgatadi uing pridmeti nima degan savol tug’ulishi tabiy hol albatda ushbu savolga quyidagicha javob beramiz. Insonda bilishga qiziqish uyg’otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o’ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuisiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug’diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson o’z qiziqishi obyekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo’lishi mumkin bo’lgan hamma narsa falsafaning predmetidir.
Falsafa o’z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek sababiy bog’lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va oqilonalik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli o’sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo’limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o’tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to’ldirildi. Pirovard natijada ular falsafiy bilimning tuzilishini (strukturasini) tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |