Xalqimiz uchun yerdan qadrliroq va bebaho ne'mat yo'q. Yerdan samarali foydalanilsa, naqd foydaning tagida qoladi, kishi



Download 60,53 Kb.
bet1/4
Sana20.03.2022
Hajmi60,53 Kb.
#502573
  1   2   3   4
Bog'liq
biznes reja


Xalqimiz uchun yerdan qadrliroq va bebaho ne'mat yo'q. Yerdan samarali foydalanilsa, naqd foydaning tagida qoladi, kishi. U nafaqat oila daromadiga daromad qo'shadi, balki el-yurt farovonligini ta'minlashda ham muhim o'rin tutadi.
Bugun yurtimizning qay bir go'shasiga bormang, joylarda aholining ko'pchiligi issiqxona barpo etib, tomorqaning har bir qarichidan unumli foydalanayotganiga, yilning to'rt faslida ham issiqxonada mehnat qilib, bozorlarni qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlab kelayotganiga guvoh bo'lasiz. Zero, kaftdek erga ishlov, mehr berib mehnat qilinsa, u barakasidan quruq qo'ymaydi.
Oxirgi to'rt-besh yilda mamlakatimizda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan issiqxona xo'jaliklarini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, eksport hajmlarini oshirish, sohaga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni va malakali mutaxassislarni keng jalb qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar o'z samarasini berayotgani buning amaliy ifodasidir.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 7-iyundagi “Davlat-xususiy sheriklik asosida hududlarda zamonaviy issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish, eksport qilish hajmlarini ko'paytirish, ayniqsa, aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan muhim hujjat bo'ldi.
Unga muvofiq, zamonaviy issiqxona xo'jaliklarini birinchi navbatda, unda yetishtiriladigan mahsulotlar bo'yicha importni qisqartirish, zarur uskuna va texnikalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga tashkil etish, issiqxonalar hosildorligini va samaradorligini yil davomida hosil olish amaliyotini joriy etish orqali oshirish respublikada zamonaviy issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi.
Endilikda, xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy, energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda issiqxona xo'jaligiga ega bo'lish hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish istagini bildirgan aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib tashabbuskor aholi tomorqalari, xonadonlarida maydoni kamida 10 sotix bo'lgan issiqxonalar barpo etiladi.
Shuningdek, qishloq xo'jaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari, zaxiradagi hosildorligi past bo'lgan paxta va g'alladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan bog', tokzorlar joylashgan bo'sh yer maydonlarida har birining maydoni kamida 20 sotix bo'lgan turarjoy majmuasini qamrab olgan issiqxonalar tashkil etiladi.
Yana bir muhim jihat, qarorda uy-issiqxona majmualarini qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida amalga oshirilishi ham belgilab qo'yildi. Bunda loyiha doirasida davlat sherigi qishloq xo'jaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari, zaxiradagi hosildorligi past bo'lgan paxta, g'alladan qisqargan, yaroqsiz deb topilgan bog' va tokzorlar joylashgan bo'sh er maydonlarini investorlar o'rtasida o'tkaziladigan ochiq tanlov yakunlari bo'yicha ijara huquqi asosida ajratgan holda, uy-issiqxona majmuasiga tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilishini ta'minlaydi.
Investorlar esa loyiha oldi va loyiha hujjatlarining tayyorlanishi, ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlab, uy-issiqxona majmualarini qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilishga oid loyihalarning kontseptsiyasi, loyiha-smeta hujjatlarini “Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida”gi qonunda belgilangan tartibda ishlab chiqadi. O'z navbatida, davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimga muvofiq qurilish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari bo'yicha majburiyatlarning bajarilishini o'z mablag'lari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.
Tashabbuskor aholi uy-issiqxona majmualari foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab kelishilgan muddatgacha tuzilgan shartnoma asosida uy-issiqxona majmualarida o'zini o'zi band qilgan holda faoliyat olib boradi va ularda mahsulotlar etishtirish bilan shug'ullanadi. Kelishilgan muddat yakunlanganidan so'ng uy-issiqxona majmualarini mulk huquqi asosida, ular joylashgan erni ijara huquqi asosida bepul qabul qilib olib, kelgusida undan maqsadli va samarali foydalanishni ta'minlaydi.
Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida uy-issiqxona majmualari qurilishi uchun investorlarning o'z mablag'lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar jalb etilib, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish ishlari mahalliy hokimliklarning “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmalari asosida amalga oshirilishi ham nazarda tutilgan.
E'tiborga molik tomoni, issiqxonalar va uy-issiqxona majmualarida mahsulot yetishtirish bilan shug'ullanayotgan fuqarolarga Prezidentimizning 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida belgilangan imtiyozlar va shart-sharoitlar tatbiq etilayotir.
Hujjatda yana bir muhim masalaning echimi ko'rsatib o'tilgani katta ahamiyatga egadir. Jumladan, uy-issiqxona majmualarini qurish uchun xorijdan olib kelinadigan, O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yig'iladigan alohida qismlardan iborat tayyor holdagi zamonaviy issiqxonalar 2021-yilning 31-dekabriga qadar bojxona bojidan ozod qilinyapti.
Bular hali hammasi emas. Issiqxonalar va uy-issiqxona majmualarini ishlab chiqarish uchun xorijdan olib kelinadigan, yurtimizda ishlab chiqarilmaydigan materiallar, xomashyolar va butlovchi qismlar 2023-yilning 31-dekabriga qadar bojxona bojidan ozod etilishi ham ayni muddao bo'ldi. Issiqxonalar va uy-issiqxona majmualari uchun er solig'i stavkalari, uy-issiqxona majmualari tarkibidagi turar joylar uchun mol-mulk solig'i stavkalari ular foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab uch yil davomida 50 foiz miqdorida o'rnatilishi esa mutlaqo to'g'ri va nihoyatda oqilona qarordir
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning shunday gapi bor: “olam ahlining to'qligi, quvonchi, avvalo, erga urug' sochib, bebaho noz-ne'mat etishtiradigan fidoyi insonlar mehnatidandir”. Bu mirishkor dehqonlar xizmatiga berilgan katta bahodir. Zero, qishloq xo'jaligi qo'shimcha imkoniyatlarga boy soha bo'lib, bozorlarimiz fayzu barakasi, hayotimiz farovonligi ko'p jihatdan unga bog'liq. Shu jihatdan mazkur qarorning ijrosi davlat-xususiy sheriklik asosida hududlarda zamonaviy issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilishga xizmat qilishi muqarrar.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.06.2021 yildagi PQ-5138-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI

Download 60,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish