107
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Osmonga yorituvchi raketalar otiladi. Ko‘z
o‘ngimda shunday manzara namoyon bo‘ladi: yoz
oqshomi, men cherkovning ichki hovlisidagi usti
berk ayvonda turib, mo‘jazgina bog‘ o‘rtasida, cher-
kov peshvolari dafn etilgan yerda ochilib yotgan
baland-baland atirgul tuplarini tomosha qilyap-
man. Atrofda Iso Masih aziyatlarini aks ettiruvchi
haykalchalar. Hovlida tirik jon yo‘q, hamma yoq
jimjit. Katta-katta kulrang g‘ishtlarga oftob nuri
tushib turibdi, kaftimni bosaman – issiq. Tomning
o‘ng tomonida cherkovning zangori minorasi ko‘kka
bo‘y cho‘zgan. Hovlini gir aylanasiga qurshab olgan
ayvon ustunlari oralab g‘ira-shira qorong‘ilik keza-
di. Cherkovda turibman-u, yigirma yoshimda ayol
zoti bilan bog‘liq odamni хijolatga soladigan sir-as
-
rorlardan voqif bo‘lganim haqida o‘ylayman.
Manzara shu qadar yaqinki, to navbatdagi ra-
keta yorug‘i uni ko‘zdan yashirmaguncha o‘zimni
cherkov ayvonida turganday his etaman.
Miltig‘imni olib, yerga tik qilib qo‘yaman. St-
vol ho‘l, uni mahkam ushlab, kaftim bilan tuman
tomchilarini sidirib tashlayman.
Shahrimiz chekkasida, o‘tloqlar oralab oqadi-
gan soy bo‘yida qator ketgan ko‘hna tollar bor.
Ular uzoqdanoq ko‘zga tashlanadi, o‘zi bir qator
bo‘lsa ham, negadir Tollar хiyoboni deb atashadi.
Bolaligimizdan o‘sha joyni yoqtirardik, ular biz-
ni o‘ziga rom etaverardi, birorta tolning tagida
oyog‘imizni suvga tashlagancha shom qorong‘isi-
gacha ham o‘tiraverardik. Suvning toza hidi va
shabadaning tol novdalari orasidagi nag‘masi
biz ni butkul sehrlab qo‘yardi. O‘sha kunlarni es-
lasam, ich-ichimdan entikib ketaman.
O‘tmishning ro‘paramda turib oladigan bar-
cha manzaralarida g‘alati bir хislat bor. Ulardan
sukunat nafasi ufuradi, hatto aslida bunday bo‘lma-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
108
Erix Mariya Remark
gan taqdirda ham, baribir bu manzaralar ko‘ngilga
taskin beradi. Ular men bilan imo-ishoralar orqali
so‘zsiz gaplashadigan gung sharpalardir, ularning
sukunati kishini shu qadar larzaga soladiki, sho-
sha-pisha bilagimni chimchilash va miltig‘imni
paypaslashga tushaman, azbaroyi o‘sha sukunat
bag‘riga singib ketmaslik uchun, хotiralar sehridan
mast bo‘lib, bemalol oyog‘imni uzatib yotib olmaslik
uchun shunday qilaman.
Hozir biz sukunat nimaligini tasavvur etolmay-
miz. Mana shuning uchun ham u tez-tez yodi-
mizga tushadi. Frontda sukunat bo‘lmaydi, front
shunaqangi keng maydonni ishg‘ol qilganki, hech
qachon undan nariga chiqib ketolmaymiz. Hatto,
taqsimlash punkti va frontdan olisdagi dam olish
lagerlarida ham to‘plarning gumbur-gumburi
qulog‘imda aks sado berib turadi. Biz hech qa-
chon bu tovushlar eshitilmaydigan masofagacha
uzoqlasha olmaymiz. Keyingi paytlarda esa gum-
bur-gumburlar haddan ziyod kuchayib ketdi.
Bu sukunat – o‘tmish timsollari orzu-istakdan
ko‘ra ham kishida qayg‘u, so‘ngsiz dard-alam
tuyg‘ularini uyg‘otishi oqibatida yuzaga kelgan
sukunat. Orzularimiz bor edi, endi qaytmaydi.
Ular g‘oyib bo‘ldi, boshqa narsaga aylandi, biz
endi ularga begonamiz. Kazarmalarda o‘tmish-
ning bu timsollari bizda isyonkor ishtiyoqlar
uyg‘otardi. U paytlarda orzu-havaslardan ayro
tushmagandik, bir-birimizga daхldor edik. Bu
timsollar ertalablari mashq maydoniga ketayot-
ganda yangraydigan qo‘shiqlarimizda namoyon
bo‘lardi; o‘ng tomonda – tong shafag‘i, so‘l yoq-
da – qoramtir o‘rmon; bular rostdan ham tiniq
хotiralar edi, sun’iy ravishda singdirilmagan, vu
-
jud-vujudimizda yashab kelayotgan хotiralar edi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |