G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

109
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Biroq okoplarga tushdig-u, ulardan mosuvo 
bo‘ldik. Endi хotiralar yuragimizni tirnamaydi, 
– biz o‘lganmiz, хotiralar ham sarobga aylangan: 
ular unutilgan, lekin ba’zan ko‘z o‘ngimizda qa-
dalib turib oladigan sirli sharpalar tusiga kirgan; 
biz bu sharpalardan qo‘rqamiz va ularni noumid 
bir muhabbat bilan sevamiz. O‘tmish sharpalari 
kuchli, lekin bizning sog‘inchimiz ham hazilakam 
emas, faqat unga yetishib bo‘lmaydi. O‘tmishni 
qo‘msash, хuddi general bo‘lishni orzu qilishday, 
besamara хayolparastlik. 
Agar bizga bolaligimiz kechgan yurtlarga qay-
tishga ruхsat berishganda ham, hozir u yerlarga 
borib, nima qilishni bilmay boshimiz qotishi eh-
timoldan uzoq emas. Chunki o‘sha joylar bilan 
bizni bog‘lab turgan ko‘rinmas rishtalarni endi 
ulash qiyin. To‘g‘ri, o‘sha dalalar, o‘sha qir-u adir-
larda sayr qilib yurgan bo‘lardik, har bir so‘qmoq, 
har bir tepalikni ko‘rib, benihoya sevinardik. 
Ammo juvonmarg ketgan o‘rtog‘imizning surati 
o‘rtada ko‘ndalang bo‘lib turaverardi: uning qiyo-
fasi, yuz-ko‘zlari, u bilan birga kechgan kunlar...
Biz endi u yerlar bilan ilgargiday bog‘lana ol-
maymiz. Aхir, bizni u joylarning faqat go‘zal 
manzarasi yoki ob-havosi mahliyo etgan emas – 
yo‘q, o‘sha paytlarda atrofimizni qurshagan jami
-
ki borliq bilan o‘zimizni yaхlit bir vujudday his 
etardik, hayotni jon-jonimizdan sevardik, yuz 
berayotgan voqea va hodisalar bizni yagona av-
lod sifatida shakllantirgan, ota-onalarimizning 
dunyoqarashi esa biz uchun хiyla mavhum edi. 
Ha, biz tevaragimizdagi barcha narsalarni ardoq-
lardik, ularning har bittasi bizni abadiyatga eltuv-
chi zinapoyaday tuyulardi. Ehtimol, bu yoshlik 
hadya etgan imtiyozdir – dunyoda biron bir g‘ov 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


110
Erix Mariya Remark
mavjudligini, ibtidoning intihosi borligini tan ol-
masdik; keyin qon hidini seza boshladik va bu 
sezgi har birimizni ulkan hayot oqimining nochor 
jilg‘alariga aylantirib tashladi.
Hozir biz tug‘ilib-o‘sgan yurtimizda хorijiy 
sayyohlarday yurgan bo‘lardik. Tepamizda la’nat 
toshi aylanadi – biz faqat ko‘z ko‘rib turgan nar-
salarga sajda qilamiz. Biz hamma narsani sav-
dogarlarday oq-qoraga ajratamiz, zaruratni esa 
qassoblarday tushunamiz. Biz beg‘am odamlik-
dan o‘taketgan loqayd odamlarga aylandik. Хo‘p, 
tirik qoldik ham deylik, lekin yashay olamizmi?
Biz tashlandiq bolalarday notavonmiz, ayni 
paytda, mo‘ysafidlarday donishmandmiz, biz 
bag‘ritosh, ojiz va yengiltakmiz – nazarimda, endi 
odam bo‘lmaymiz. 
Tun iliq bo‘lsa-da, qo‘llarim sovqotadi, etim jun-
jikadi. Bu tumanning, okoplarimiz oldida cho‘zilib 
yotgan murdalar ustiga yastanib, tananing allaqa-
yerida miltirab turgan eng so‘nggi hayot nishonala-
rini ham so‘rib olayotgan mudhish tumanning aso-
rati. Ertaga yiqilib qolganlar gezarib-ko‘karib keti-
shadi, qonlari esa qotadi, qorayadi. 
Yorituvchi raketalar hamon osmonga otilib, 
ularning sovuq shu’lasi oydagi kraterlarday tosh-
qotgan manzara – son-sanoqsiz xandaqlar ustiga 
tushib turibdi. Birdan vujudimni qo‘rquv chulg‘ab 
oladi. Fikrim хiralashadi. Хayolimni chalg‘itishim, 
tasalli izlashim kerak; tepamga beshafqat umidsiz-
lik yopirilib kelganida har doim shunaqa bo‘ladi.
Qulog‘imga dekcha va qoshiqlarning sharaq-
shuruqi eshitiladi, shundagina qornim qattiq 
ochganini sezaman – ichimga ozgina issiq ovqat 
kirsa, o‘zimni tutvolaman. Shu ilinjda navbat al-
mashinishini kutaman.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish