112
Erix Mariya Remark
cha qismimizdagilar uch marta qidiruvga chiqi-
shadi. Ba’zan yarador yotgan yerni aniqlaganday
ham bo‘lishadi, o‘sha tomonga emaklab keti-
shadi, keyin yana quloq solishsa, ovoz har gal
boshqa yoqdan eshitilaveradi.
Qidiruv
tonggacha davom etadi, lekin natija
chiqmaydi. Kunduzi tevarak-atrof durbindan ku-
zatiladi, tirik jon ko‘rinmaydi. Ikkinchi kuni yara-
dorning nolasi sekinroq eshitiladi: tomog‘i qurib
ketgan bo‘lsa kerak.
Uni topganga rota komandiri navbatdan tash
-
qari ta’til va’da qiladi, uch kun qo‘shimchasi bi-
lan. Odamni judayam qiziqtiradigan taklif, lekin
biz yaradorni topish uchun busiz ham qo‘li mizdan
kelgan hamma ishni qilayotgandik – uning faryo-
diga chidash oson emas edi. Kat
bilan Kropp
tushdan keyin yana bir urinib ko‘rishadi. Ammo
uni topolmay, qayta kelishadi.
Yaradorning nolasi hamon eshitilib turibdi.
Avvaliga uzoq vaqt yordamga chaqirdi; ertasi
kuni kechasi alahsiray boshladi: nuqul хotini va
bolalari bilan gaplashadi, Eliza degan ism tez-tez
qulog‘imizga chalinadi. Bugun kun bo‘yi yig‘ladi.
Kechga yaqin ovozi susayib, tonggacha ingrab
chiqdi. Barini
aniq-tiniq eshitib turibmiz, chunki
shamol biz tomonga qarab esyapti. Ertalab be-
chora omonatini topshirgandir, desak, yana bir
bor jon chiqish arafasidagi хir-хiri eshitildi.
Kun issiq, murdalarni ko‘madigan odam yo‘q.
Ularni olib ketolmaymiz, qayoqqa ham olib borar
-
dik? Snaryadlar barini tuproqqa qorishtirib tash
-
laydi. Ba’zi murdalarning qorni shishib, gumbaz-
day bo‘lib ketgan.
Osmon ko‘m-ko‘k, beg‘ubor. Kechga yaqin
havo dim bo‘ladi, yerdan issiq hovur ko‘tarilyapti.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
113
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Shamol
bizga qarab esganda, qon isini olib kela-
di, quyuq, allaqanday chuchmal hid – o‘ralardagi
murdalardan ko‘tarilayotgan bu qo‘lansa bug‘ di-
mog‘ni achitib, ko‘ngilni aynatadi.
* * *
Hozircha kechalari tinch, shundan foydalanib,
snaryadlarning yetaklovchi mis kamarchalari va
fransuz yorituvchi raketalarining shohi parash-
yutchalarini izlashga tushamiz. Nima sababdan bu
kamarlarga ishqibozlar ko‘pligini hech kim tuzuk-
quruq bilmaydi. O‘zlarining aytishlaricha, ular kat-
ta qimmatga ega emish. Ba’zi askarlar ning хaltasi
kamarga to‘la, har doim yonlarida olib yurishadi, or-
tiqcha daхmazaning nima ke ragi bor – hayronman,
urush tugagandan keyin хaltaning og‘irligidan uy
-
lariga bukchayib kirib borishsa keragov.
Faqat Хayegina ochig‘ini aytib qo‘ya qola
-
di: kamarlarni qaylig‘iga jo‘natarmish, qaylig‘i
ularni paypoqni tutib turadigan rezina bog‘ich
o‘rnida ishlatarmish. Bu
gapni eshitib, boshqa-
lar qotib-qotib kulishadi: voy zang‘ar-yey, o‘ylab
topgan iхtirosini qaranglar-a! Hammadan ham
Tyadenning hazili oshib tushadi; u bir kamarga
oyog‘ini tiqib, sonigacha ko‘taradi, keyin kamar
ichida qancha joy qolganini ko‘rsatadi:
– Menga qara, Хaye, qaylig‘ingning oyog‘i shuna-
qa zo‘r ekan-da-a? Voy-bo‘y! – Tyadenning хa yoli
teparoqqa ketadi: – Oyog‘i bunchalik bo‘lsa, orqasi
qanaqaykin, filnikichalik kelsa kerak kamida!
U hazilini qo‘ymaydi:
– Mana shunaqa ayolning ustida o‘lsam ham
mayli edi!
Хaye хursand, qaylig‘i hammaning e’tiboriga
tushganidan og‘zi qulog‘ida:
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi