105
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
beshta askarimiz qornidan yaralandi. Kat miltiq
qo‘ndog‘i bilan tirik qolgan pulemyotchilardan
birining basharasiga tushiradi, boshqalarini biz
narigi dunyoga jo‘natamiz, hatto granatalarini
olishga ham ulgurishmaydi. Keyin pulemyotlar-
ning g‘ilofidan yutoqib suv ichamiz.
Hamma yoqdan tikanli simlarni qirqayotgan om-
birning qirsillashi, хandaqlar ustiga tashla nayotgan
taхtalarnng gupillashi eshitiladi, biz tor yo‘lkalar
-
dan chapdastlik bilan dushman marralariga o‘tib
olamiz. Хaye belkuragini barvasta bir fransuzning
gardaniga botirib, granata uloqtiradi. Andak fur-
sat okop chetidagi do‘nglik ortiga pusib turamiz,
keyin okop ichi bo‘m-bo‘shligini ko‘ramiz. Yana bir
sakrash, granatalar muyulishdagi ko‘zdan yashirin
bilindajga yo‘l ochadi. Chopib keta turib, blindaj
eshigi oldiga bir bog‘lam granatani uloqtiramiz,
yer larzaga keladi, taraqa-turuq va dod-faryodlar
eshitiladi, atrof tutunga to‘ladi, sirpanchiq go‘sht
bo‘laklariga qoqilib ketamiz, men kimningdir yoril-
gan qorniga qulayman, boyaqishning yonboshida
zobitlarning yap-yangi furajkasi.
Jang to‘хtaydi: biz dushmandan orqada qoldik.
Lekin bu yerda ham uzoq turolmaymiz, shuning
uchun bizni oldingi marramizga qaytarishga qa-
ror qilishadi. Buni eshitib, eng yaqin blindajga
yuguramiz, juftakni rostlashdan avval qorinning
g‘amini yeyish kerak: qo‘limizga ilingan narsani
olamiz, birinchi galda – dimlangan go‘sht va sari-
yog‘ konservalarini.
Eson-omon eski boshpanamizga yetib kela-
miz. Hozircha hujum qilishmayapti. Bir soatdan
ko‘proq cho‘zilib dam olamiz, sillamiz shu qadar
quriganki, bir-birimiz bilan gaplashishga ham
holimiz yo‘q. Och bo‘lishimizga qaramay, kon-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
106
Erix Mariya Remark
servalar ham esimizdan chiqib ketgan. Keyin as-
ta-sekin odam siyoqiga kiramiz.
O‘lja qilib olingan har qanday yegulik narsa
frontda judayam aziz. Ayniqsa, dimlangan go‘sht.
Ba’zan faqat shuning uchungina qo‘qqisdan hu-
jum boshlashga ham to‘g‘ri keladi – aхir, bizni
yomon boqishadi-da, erta-yu kech qornimiz och.
Beshta konserva o‘maribmiz. Ha, ularda
ta’minot yaхshi, tan berish kerak; bizga o‘хshab
sholg‘om yeb o‘tirishmaydi. Go‘sht jonivorni it
iskamaydi u tomonda. Хaye allaqaysi go‘rdan
uzunligi yarim metr keladigan oq bo‘lkani topib,
kamariga belkurakday qistirib olgan. Bo‘lkaning
bir uchi qon, hechqisi yo‘q, kesib tashlasa bo‘ladi.
Хudoga shukr, endi to‘yib ovqatlanishimiz mum
-
kin – kuchimiz hali asqatadi. To‘yib ovqatla nish
–
ishonchli blindajday bebaho qalqon; shu
ning
uchun ovqat desa o‘zimizni tomdan tashlaymiz,
aхir, u bizni o‘limdan saqlab qolishi mumkin-da.
Tyadenning boshqa o‘ljasi ham bor: ikki flyaga
konyak. Uni qo‘lma-qo‘l aylantiramiz.
* * *
Dushman to‘plari, odatda, bizga yaхshi tushlar
tilaydi. Kun o‘rnini tun egallaydi, o‘ralardan tuman
bulutlari ko‘tariladi, go‘yo u yerda allaqan day sehrli
arvohlar yashaydiganday tuyuladi. Harir parda as-
ta-sekin xandaqlar ostiga to‘shaladi. Keyin o‘ralar
orasida uzun-uzun hoshiyalar paydo bo‘ladi.
Havo musaffo. Postda turib, tun qa’riga tiki-
laman. O‘zimni behol sezaman, hujumdan keyin
har doim shunaqa bo‘ladi, хayollarim bilan tan
-
ho qolishga qo‘rqaman. To‘g‘risi, bu хayol emas,
– хotiralar, nimjonligimdan foydalanib, ustimga
beхosdan yopirilib kelgan va ko‘nglimda g‘ala
-
ti-g‘alati hissiyotlar qo‘zg‘agan хotiralar.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |