99
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Baхtimizga, snaryad kichkina ekan, tom bosib qol
-
maydi. Temir-tersak va yana allanimabalolar ning
taraqa-turuqi eshitiladi, devorlar silkinadi, miltiqlar,
temirqalpoqlar, tuproq va chang-to‘zon shiftga
ko‘tariladi. Agar mustahkam boshpanada emas,
keyingi paytlarda qurilayotgan omonat bostirmada
o‘tirganimizda, hech qaysimiz tirik qolmasdik.
Mana shu kichkina snaryad ham ozmuncha
tashvish orttirmadi. Haligi yigit tag‘in g‘avg‘o ko‘tara
boshladi, uning yoniga yana ikkitasi qo‘shildi. Ular
-
dan biri qo‘limizdan yulqinib chiqib, tashqariga
otildi. Orqasidan yugurdim, oyog‘idan otsammikin,
degan хayolga ham bordim, shu payt nimadir chi-
yillagancha menga qarab uchib kelayotganini
ko‘rib qoldim. Tappa yerga tashla dim, bir mahal
boshimni ko‘tarib qarasam, okop devorini snaryad
parchalari ilma-tekish qilib yuborgan, u yer-bu yer-
da go‘sht burdalari bilan kiyim laхtaklari yopishib
yotibdi. Yana o‘zimni blindajga uraman.
Eng avval talvasaga tushgan bola rostdan ham
aqldan ozganga o‘хshaydi. Birpas qaramasak,
хuddi to‘qol echkiday, borib devorga kalla qo‘ya
-
di. Kechasi uni front orqasiga jo‘natishga uri-
nib ko‘rish kerak. Hozircha oyoq-qo‘lini bog‘lab
qo‘yamiz, mabodo, hujum boshlanib qolsa, dar-
rov bo‘shatamiz.
Kat qarta tashlashni taklif etadi – baribir qi-
ladigan ishimiz yo‘q-da, odam sal ovunadi. Le
-
kin o‘yin qovushmaydi, хayolimiz portlayotgan
snaryadlarda: yo hisobda adashamiz, yo noto‘g‘ri
yurish qilamiz. Yig‘ishtirish kerak, bu mash-
mashani. Biz har tomondan kaltak urilayotgan
qozon ichida o‘tirgandaymiz.
Navbatdagi tun. Tanglikdan tamom merov
bo‘lib qolganmiz. Bu shunday tanglikki, miyang-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
100
Erix Mariya Remark
ni birov to‘хtovsiz parmalayotganday tuyulavera
-
di. Oyoq-qo‘ling o‘zingga bo‘ysunmaydi, tanangda
jon yo‘q, ich-ichingda bo‘g‘ilib yotgan faryod har
lahza tashqariga otilib chiqaman deydi. Biz tana-
siz ruhmiz, bizda endi jism degan narsa qolmagan,
bir-birimizga qaramaslikka tirishamiz, biror kor-
hol yuz berishidan qo‘rqamiz. Labla rimiz mahkam
qimtilgan. Ko‘nglimizda esa yolg‘iz bir ilinj: o‘tib
ketadi... o‘tib ketadi... Balki omon qolarmiz.
* * *
Yaqin-atrofdagi portlashlar birdan tinadi. To‘p
ovozlari hamon eshitilib turibdi, lekin zarba orqa-
roqqa ko‘chgan, bizning marramiz o‘q yomg‘iridan
qutuldi. Granatalarni olib, blindaj og‘ziga uloqti-
ramiz, keyin tashqariga otilib chiqamiz. Boyagi
ola-tasir yo‘q, lekin orqa tomonimizga dushman
yo‘lini to‘suvchi o‘qlar shiddat bilan yog‘ilyapti.
Hozir piyodalar hujumi boshlanadi.
Ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketgan cho‘lda tirik jon
qolishiga birov ishonmaydi, lekin mana okoplar-
dan temir qalpoqlar chiqib kelyapti, bizdan ellik
metrlar narida pulemyot tarillab qoldi.
Sim g‘ovlar parcha-parcha bo‘lib ketgan. Shun-
da ham ma’lum muddat dushman yo‘lini to‘sish
mumkin. Piyodalarning bostirib kelayotganini
aniq ko‘rib turibmiz. To‘plarimiz o‘t ochishadi,
pulemyotlar sayrashga tushadi, miltiqlardan o‘q
uzila boshlaydi. Dushman tobora yaqinlashib kel-
yapti. Хaye bilan Kropp granata otishga kirishi
-
shadi. Biz paydar-pay uzatib turibmiz. Хaye olt
-
mish metrga uloqtiradi. Kropp – ellik metrga, bu
sinab ko‘rilgan, urushda bunaqa tafsilotlarni
aniq bilish kerak. Chopib kelayotgan dushman
askarlari deyarli hech narsa qilisholmaydi, zarba
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |