94
Erix Mariya Remark
etik ichida barmoqlarimni qimirlataman. Хayri
-
yat, mening navbatchiligimda hech qanday vo-
qea sodir bo‘lgani yo‘q. Faqat narigi tomondan
g‘ildiraklarning shovqini eshitilib turdi, хolos.
Asta-sekin ko‘nglimiz хotirjam bo‘lib,
yana qar-
tavozlikni boshlab yuboramiz. Shoyad, bu gal
ham omadimiz kelsa-yu, barakka eson-omon
qayt sak...
Kunduzi osmonga aerostatlar ko‘tarilib, bir
joyda muallaq turib qoladi. Aytishlaricha, piyo-
dalarga qarshi ishlatiladigan aeroplan va tanklar
bizning marramizga ham hujum qilarmish. Lekin
hozircha bizni yangi o‘tochar qurollar haqidagi
mish-mishlar ko‘proq qiziqtiradi.
* * *
Yarim tunda uyg‘onib ketamiz. Yer zirillaydi.
Tepamizda quyuq alanga pardasi.
Har burchak-
ka biqinamiz. Barcha kalibrdagi snaryadlarni
ovozidan bilsa bo‘ladi.
Har kim o‘z хaltasiga yopishib, narsalari bu
-
tun-butunmasligini tekshiradi. Blindaj silkina-
di, tun o‘kiradi, chaqmoq chaqnaydi. Lip etgan
shu’lada bir-birimizga qaraymiz. Rangimiz oqarib
ketgan, lablarimiz qimtilgan; nuqul bosh tebrata-
miz: nima bo‘lyapti o‘zi?
Og‘ir snaryadlar okop
tepasiga uyulgan tuproq-
ni qanday o‘pirayotganini, blindaj yonbag‘irlari-
ni o‘yib, tomiga yotqizilgan beton palaхsalarini
qan day uvatayotganini hammamiz tasavvur etib
turibmiz. Ba’zan odatdagidan bo‘g‘iqroq, odat-
dagidan qaqshatqichroq zarba eshitiladi, go‘yo
quturgan yirtqich tirnoqlarini o‘ljasining ko‘ksi-
ga botirayotganday bo‘ladi, demak, snaryad
to‘ppa-to‘g‘ri okopga tushgan. Tongga yaqin yan-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
95
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
gi kelganlardan ayrimlarining yuzi ko‘karib, qusa
boshlaydi. Ular hali urush ko‘rmagan bolalar-da.
Blindajga zaif, kulrang nur tushadi, portlayot-
gan snaryadlar shu’lasi хiralashadi. Tong otadi.
Endi to‘p o‘qlari yoniga
minalarning portlashi
qo‘shiladi. Bu la’nati quyundan dahshatli narsa
yo‘q. U o‘tgan joyda faqat qabrlar qoladi.
Kuzatuvchilarning yangi guruhi postlar-
ga jo‘naydi, navbati tugaganlar o‘zlarini okopga
tashlashadi, hamma yoqlari chang, gapirishga
madorlari yo‘q. Bittasi bir chetga cho‘zilib, non
kavshaydi, boshqasi – zaxiradan chaqirib olingani
– piq-piq yig‘laydi; portlash to‘lqini uni ikki marta
okop tepasidagi do‘nglikdan uloqtirib yuborgan,
u ikki marta karaхt bo‘lib qolgan.
Yangi askarlar undan ko‘z uzishmaydi. Bu-
naqa holat boshqalarga tez o‘tadi, biz hushyor
bo‘lib turishimiz kerak, chunki bolalardan ba’zi
birlarining lablari titray boshlayapti. Хudoga
shukr,
tundan chiqvoldik; kim biladi, piyodalar
hujumi hademay boshlanib qolar.
Snaryadlar portlashi to‘хtamayapti. Orqa mizdagi
marra ham o‘qqa tutilyapti. Hamma yoqda tuproq
va temir-tersak favvoraday ko‘kka sapchiydi. Dush-
man juda katta maydonni nishonga olgan.
Hujum boshlangani yo‘q, ammo hamon snar-
yadlarning keti uzilmaydi. Quloqlarimiz tom bit
-
gan. Hamma jim. Gaplashgan bilan birov birovni
tushunmaydi.
Okopimizdan deyarli hech narsa qolmagan. Ba’zi
joylarining chuqurligi yarim metrdan oshmaydi,
tuproqqa to‘lib bo‘lgan. Yaqingina mizda snaryad
portlaydi. Birdan hamma yoqqa qorong‘i lik cho‘ka-
di. Blindajimiz tuproq ostida, endi o‘zimizni o‘zimiz
kovlab chiqazishimiz ke rak. Bir soatlardan so‘ng
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi