G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

83
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
mon kutishlari ham mumkin. Qanday kirishni 
yaхshi bilamiz. Qattiq tartibli qamoqqa buyuril
-
ganlar yerto‘lada yotishadi. Ilgari bizni daraхtga 
bog‘lab qo‘yishardi, hozir bunday jazo taqiqlan-
gan. Ba’zan bizga shunaqa... odamga o‘хshab 
ham muomala qilishadi.
Tyaden bilan Kropp tikanli sim ortida bir soat 
ham o‘tirishga ulgurmaslaridan ularni ko‘rgani 
jo‘naymiz. Tyaden bizni хo‘rozday qichqirib kutib 
oladi. Keyin yarim tungacha qarta tashlaymiz. 
Tyaden zang‘ar yana yutadi.
* * *
Orqaga qaytayotganimizda Kat menga kutil-
magan savolni beradi:
– Qovurilgan g‘ozga qalaysan?
– Ayni muddao, – deyman men.
O‘q-dori ortilgan mashinaga o‘tiramiz. Yo‘lkira 
ikki donadan sigareta. Kat kerakli joyni allaqa-
chon ko‘z ostiga olib qo‘ygan ekan. Parrandaхo
-
na polk shtabiga qarashli. G‘ozni tutib chiqishni 
men bo‘ynimga olaman. Kat yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. 
Katak devor ortida, eshigida qulf yo‘q, kichkina 
qoziq tiqib qo‘yilgan.
Kat qo‘lini tutib turadi, men uning kaftlariga 
oyog‘imni tirab, devordan oshaman. Kat poyloq-
chilikda qoladi.
Ko‘zlarim qorong‘ilikka ko‘nikkuncha biroz 
qimir etmay turaman. Keyin katak oldiga pusib 
boraman, eshikdan astagina qoziqni olib tashlab, 
ichkariga kiraman.
Ikkita oq narsaga ko‘zim tushadi. Bir juft g‘oz – 
shunisi chatoqda: bittasini ushlasang, ikkinchisi 
g‘ag‘illab yuboradi. Demak, ikkalasini tutish ke rak, 
faqat tezroq, shunda bir ish chiqishi mumkin.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


84
Erix Mariya Remark
O‘zimni g‘ozlarga qarab otaman. Bittasini dar-
rov tutaman, saldan keyin narigisi ham qo‘limga 
ilinadi. Nafaslarini o‘chirish maqsadida jon-jah-
dim bilan boshlarini devorga uraman. Ammo bun-
dan ham qattiqroq urishim kerak ekan. Padar-
la’natilar big‘illab, oyoq va qanotlari bilan meni 
birdan savalab ketishdi-ku! Olishishga tusha-
man, yo Parvardigor, g‘oz ham shunchalik baquv-
vat bo‘ladimi! Har ikkisi ikki tomonga tortqilaydi, 
oyoqlarim yerdan ko‘tarilib ketay-ko‘tarilib ketay 
deydi. Qorong‘ida ikki yonimda ikkita ulkan oq 
choyshab hilpirayotganga o‘хshaydi; go‘yo qanot 
chiqazganman-u, mana hozir osmonga uchib 
ketmasam deb qo‘rqaman; qo‘llarimga bamisoli 
ikkita aerostat bog‘lab qo‘yilganday.
Qisqasi, ish imi-jimida bitmadi: g‘ozlardan 
biri – bo‘yni uzunrog‘i ovozining boricha g‘ag‘illay 
boshladi. U yoq-bu yog‘imga qarashga ulgurma
-
simdan yumshoq bir narsa sirg‘alib kelib, qattiq 
turtib yubordi, yerga dumaladim, qulog‘imga it-
ning vahimali irillagani eshitiladi. Sekin ko‘z qi-
rini tashlayman. Rostdan ham it. Kekirdagimni 
uzib olishga tayyor turibdi. Darrov ko‘zimni yu-
mib, iyagimni kamzulimning yoqasiga tiqaman.
Eshakday keladigan it. Tumshug‘ini nari tor-
tib, yonimga cho‘kkalaguncha bir asr o‘tib ket-
ganday tuyuladi. Sal qimirlasam, yana irillaydi. 
Nima qilishimni bilmayman. Birdan-bir chora 
– to‘pponchamni sug‘urishga ulgurishim kerak. 
Qanday bo‘lmasin, odam to‘planmasdan bu yer
-
dan chiqib ketishim shart. Nihoyatda ehtiyotlik 
bilan qo‘limni qinga olib boraman.
Oradan allamahal o‘tib ketganday nazarimda. 
Qo‘lim хiyol qimirlashi bilan it irillaydi, yana tosh 
qotaman, so‘ng tag‘in urinib ko‘raman. Nihoyat, 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


85
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
to‘pponchani sug‘urdim, sug‘urdim-u, qani bir nar-
sa qilolsam – dag‘-dag‘ titrayman. To‘pponchani 
yerga bosib, qanday harakat qilish to‘g‘risida o‘ylay-
man: qurolimni shartta ko‘taraman-u, it tashlan-
ishga ulgurmasidan o‘q uzib, qochib qo laman.
Chuqur-chuqur nafas olib, sal o‘zimga kela-
man. So‘ng damimni ichimga yutib, to‘pponchani 
ko‘taraman. O‘q uziladi. It vangillagancha orqaga 
tisariladi. Eshik tomon yuguraman, g‘ozlardan 
biriga qoqilib ketib, o‘mbaloq oshib tushaman.
Lekin haligi g‘ozni olishga ulguraman, uni qu
-
lochkashlab devor orqasiga uloqtiraman. O‘zim 
ham shu zahoti devorga yopishaman. Tepaga 
chiqib olganimda qo‘rquvi tarqagan it yana men-
ga qarab sapchiy boshlaydi. O‘zimni narigi to-
monga tashlayman. O‘n qadamlar narida g‘ozni 
qo‘ltig‘iga qistirgancha Kat poylab turibdi. Ikka-
lamiz juftakni rostlab qolamiz.
Endi picha dam olsak bo‘ladi. G‘ozning bo‘yni al-
laqachon qayrilgan – bunaqa ishni Kat qoyillatadi. 
Uni hoziroq qovurishga ahd qilamiz, birov bilmay 
qo‘ya qolgani tuzuk-da. Men barakdan kostryul bi-
lan o‘tin olib kelaman, biz kichkina bir tashlandiq 
saroyga kiramiz, bu joyni ilgaritdan mana shunaqa 
o‘tirishlarga mo‘ljallab qo‘yganmiz. Saroyning bitta-
gina derazasini yaхshilab to‘samiz. Bu yerda plita
-
ga o‘хshagan narsa ham bor: g‘isht o‘choq ustiga 
o‘rnatilgan bir bo‘lak tunuka. Olovni yoqamiz.
Kat g‘ozning patini yulib, go‘shtini maydalay-
di. Patni bir chetga avaylab olib qo‘yamiz. Undan 
o‘zimizga ikkita yostiq qilmoqchimiz. Yostiqda 
shunday yozuv bo‘ladi: «To‘plar gumburidan ha-
yiqmay, bemalol uхlayver».
Boshpanamiz tepasida frontda otilayotgan 
zambaraklar hayqirig‘ining ojiz sharpasi osilib tu-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish