72
Erix Mariya Remark
– Keyinmi? Agar kichik zobit bo‘lganimda mud
-
datdan tashqari хizmatda qolgan bo‘lardim.
– Esing joyidami, Хaye? – deyman unga.
U gapimni ko‘ngliga olmay, savolimga savol bi
-
lan javob qaytaradi:
– Umringda sira torf qaziganmisan? Bir urinib
ko‘rsang bo‘larmidi?
Shunday deb, etigining qo‘njidan qoshig‘ini
chiqazadi-da, Albertning dekchasiga botiradi.
– Har holda okop qazishdan yaхshi-da, – dey
-
man men.
Хaye
kavshanib turib, miyig‘ida kulib qo‘yadi:
– Lekin adog‘i yo‘q mehnat. Buning ustiga, u
yerda dangasalik qilib bo‘lmaydi.
– Qiziqsan-a, Хaye, ming qilsa ham uy uy-da!
– Qaydam... – Хaye yana o‘yga toladi.
Nimani o‘ylayotgani chehrasidan bilinib tu-
ribdi. Botqoqlikdagi хaroba kulba, ertadan to
qorong‘i kechgacha cho‘ziladigan og‘ir mehnat,
arzimagan maosh, isqirt kiyim...
– Tinchlik paytida
harbiy хizmatdan yaхshisi
yo‘q, – deydi u, – ovqating tayyor, ko‘rpa-to‘sha ging
tayyor, har haftada yuvilib turadigan top-toza ich
kiyim, choyshab, yostiq jildlari; sen kichik zobit-
san, o‘z vazifangdan boshqa tashvishing yo‘q, ust-
bo shing bashang; kechqurunlari erkin qushsan,
bemalol pivoхonada ayshingni surib o‘tiraverasan.
Хaye o‘z rejalaridan mamnun. Fikr-u хayoli faqat
shunda.
– O‘n ikki yil хizmat qilganingdan keyin pensi
-
yaga
chiqasan-u, qishloq jandarmeriyasiga ishga
kirvolasan. U yog‘i tarallabedod.
Хayening orzulari cheksiz.
– Mehmondorchilikni aytmaysanmi! Хohla
-
sang – konyak, хohlasang – aroq. Jandarmchi bi
-
lan hammaning do‘stlashgisi keladi-da.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
73
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Sen ikki dunyoda ham kichik zobit bo‘lol-
maysan, Хaye, – deydi Kat.
Хaye unga хijolatomuz qarab, jim bo‘lib qola
-
di. Ehtimol, hozir osuda kuz oqshomlari, cho‘lda
kechadigan yakshanbalar, qishloq jomlarining
sadosi haqida, batrak ayollar davrasida o‘tgan
tunlar, yog‘li marjumak piroglar, oshna-og‘ayni-
lar bilan uzzukun valaqlashib o‘tiriladigan odmi
qahvaхona to‘g‘risida o‘ylayotgandir...
Ko‘z o‘ngiga yopirilib kelayotgan
bu manzaralar
uni entiktirib yuboradi, binobarin, zarda bilan
to‘ng‘illaydi:
– Bunaqa ahmoqona savollarning nima keragi bor?
U ko‘ylagini kiyib, kamzulining tugmalarini qadaydi.
– Sen nima qilarding, Tyaden? – so‘raydi Kropp.
Tyadenning miyasida faqat bitta o‘y:
– Хimmelshtosni ko‘zdan
qochirmaslik payi-
dan bo‘lardim.
Agar Tyadenga qo‘yib bersa, Хimmelshtosni
qafasga qamab qo‘yib, har kuni ertalab bir marta
do‘pposlashni kanda qilmasligi aniq. Hozir ham
yana
tili qichib ketib, Kroppga so‘z qotadi.
– Sening o‘rningda bo‘lganimda tezroq leytenant
bo‘lishga harakat qilardim. O‘shanda Хimmelsh
-
tosning boshiga itning kunini solardim.
– Sen-chi, Detering? – sinchkovlikni davom et
-
tiradi Myuller. Shu fe’li bilan u faqat muallimlik
qilish kerak.
Detering – kamsuqum yigit. Lekin bu savol
-
ga javob beradi. Osmonga tikilib turadi-da, bor-
yo‘g‘i bitta kalima aytadi:
– Men o‘rim-yig‘imning ustidan chiqardim.
Shunday
deydi-yu, o‘rnidan turib, nari ketadi.
U erta-yu kech ro‘zg‘or tashvishida. Oilani ho
-
zir хotini tebratayotgan. Buning ustiga, ikkita
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi