O‘tmishdan ertaklar



Download 28,83 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2022
Hajmi28,83 Kb.
#706958
  1   2
Bog'liq
O\'tmishdan ertaklar qissasi haqida ayim fikr mulohazalar. Maqola


ABDULLA QAHHORNING “O‘TMISHDAN ERTAKLAR” QISSASI HAQIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR
Qo‘qon davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti
Kimyonazarov Muslimbek Abdimutal o‘g‘li


Annotatsiya: Abdulla Qahhorning bolalik xotiralari, bolalik yillari haqida hikoya qiluvchi va bizga juda ham muhim bo‘lgan ma’lumotlarni beruvchi avtobiografik asar bu “O‘tmishdan ertaklar” qissasi hisoblanadi. Qissaning qo‘lyozma nusxalari, dastlabki va keying nashrlari matni xususida fikrlarimiz bayon qilingan. Asarning sof tili va unga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Qissaning krill va lotin yozuvidagi matnlari tahlil qilingan. Izoh berilishi kerak bo‘lgan so‘zlar va xato ketib qolgan, to‘g‘rilanishi kerak bo‘lgan so‘zlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: qissa, hikoya, yozuvchi, bolalik, ta’sir, muloqot, jamiyat, kitobxon, ma’naviyat
Abdulla Qahhor XX asr o‘zbek adabiyotida juda katta o‘rin egallagan adib hisoblanadi.U o‘z asarlari bilan o‘sha davr jamiyatidagi illat va kamchiliklarni o‘z asarlari bilan ayovsiz tarzda ochib tashlagan. Yozuvchining asarlari o‘tkirligini va hotiyligini o‘quvchiga ta’sirini yozuvchi hayotni chuqur o‘rganganligi, asarlaridagi voqealarni ayrimlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganligi, ayrim voqealar o‘zi bilan sodir bo‘lganligi bilan izohlash mumkin. Yozuvchining shunday asarlaridan biri bu “O‘tmishdan ertaklar” qissasi hisoblanadi. Qissaning markazida yozuvchining o‘zi turadi, bolaligidagi bo‘lgan voqealarni o‘sha davr til xususiyatlarini qanday bo‘lsa shunday holatda saqlagan holda hikoya qilib beradi. Qissa avtobiografik asar sifatida baholangan.
Abdulla Qahhorning O‘tmishdan ertakalar asari bir necha bor nashr etilgan va kitobxonlar tomonidan juda iliqlik bilan kutib olingan. Kitobxonlarning sevimli asariga aylangan. Hozirgi axborot asri, globallashuv jarayonida ham o‘z qiymatini yo‘qotmay kelmoqda. Asar o‘sha davr insonlarining ma’naviy olamida, ilmida diniy ilmlarda, texnika sohalarida ortda qolganligi, ayrim asar qahramonlarining johiliyat davri voqealarini eslatuvchi ishlari, o‘zbek kishilarining o‘ta sodda ekanligini ochib berganligi bilan qimmatli hisoblanadi.
Abdulla Qahhor ijodini bir qancha jihatlari va asarlarinign o‘ziga xos qirralarini o‘rgangan olimlar sifatida M.Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov, H.Abdusamatov, L.Qayumov, U.Normatov, S.Mamajonov, N.Karimov, S.Mirvaliyev, B,Nazarov, A.Rasulov, Y.Solijonov, U.Qosimov, T.Yo‘ldoshev, R.Qo‘chqor, A.Ulug‘ov, M.Olimov, U.O‘ljaboyev, N.Ziyodullayeva, X.Xamroqulova va boshqa adabiyotshunoslarni sanash mumkin.
Abdulla Qahhor uy muzeyida uning arxivi mavjud bo‘lib, unda muallif asarlarining bir qancha dastxat (avtograf) nusxalari saqlanadi. Yozuvchi arxividagi hujjatlarning miqdori va ko‘lami haqidagi ma’lumotlar S.Hasanovning ilmiy izlanishlari natijasida ma’lum bo‘lgan.
Abdulla Qahhor nasrining ayrim matn xususiyatlari, variantliligi jihatlari adibning tahrir mahorati kabi masalalar R.Qo‘chqorning “Sarob” romani haqidagi tadqiqlari va O.Jo‘raboyevning “O‘tmishdan ertaklar” qissasi ilmiy tanqidiy matni kabi ilmiy ishlarida yoritib berilgan.
Asarning qo‘lyozma dastxat nusxalari soni 3ta bo‘lib, ulardan ikkitasi arab alifbosi asosidagi isloh qilingan eski o‘zbek yozuvida. Bittasi esa rus (krill) yozuvidagi,mashinkalangan, uchinchi qo‘lyozma dastxat nusxasi hisoblanadi. Eski o‘zbek yozuvidagi 1-nusxa 129 varoqni, 2-chi nusxa 143 varoqni tashkil etadi. Qissaning “Xudo” deb nomlangan hikoyasining muallifning o‘zi tomonidan o‘qilgan ovozli (magnit tasma; MP3) yozuvi mavjud.
Bugungi kungacha “O‘tmishdan ertaklar” qissasi 4 marta nashr qilingan.
1-nashr. Abdulla Qahhor. O‘tmishdan ertaklar. Sarguzasht qissa. –Toshkent: Toshkent badiiy adabiyot nashriyoti, 1966.–151bet. [1]
2-nashr. Abdulla Qahhor. Asarlar. Olti tomlik,ikkinchi tom.Povestlar. O‘tmishdan ertaklar.–Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1967. 7-148-betlar. [2]
3-nashr. Abdulla Qahhor. Asarlar. Besh jildlik, uchinchi jild. Qissalar. O‘tmishdan ertaklar. –Toshkent: Gafur G‘ulom adabiyot va san’at nashriyoti, 1988.
188-300-betlar. [3]
Hozircha eng so‘nggi nashr bo‘lib turgan Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” : qissa. –Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. 160 bet.
Asarning 1966-1988-yillardagi krill yozuvidagi nashri kirish qism bilan qo‘shib hisoblaganda 18ta qismdan iborat. 1966-yildagi nashrida sarguzasht qissa, 1988-yil va 2018-yildagi nashrlarida qissa deb aytilgan. 1988-yildagi krill yozuvidagi nashr sarlavhadan oldin “Oktabr inqilobining 50 yilligiga bag‘ishlayman” deb boshlanadi. Sarlavhadan keyin Abdulla Oripovning “Munojotni tinglab she’ridan quyidagi to‘rtlik epigraf sifatida qo‘yilgan.


Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,
Asrlar g‘amini so‘ylar “Munojot”.
Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga
Qanday chiday olgan ekan odamzod! [1,25]
Birinchi qism “Bir-ikki so‘z” nomli sarlavhali hikoya bilan boshlanadi. Endi so‘nggi nashrga e’tibor qarataylik. 2018-yilda Adabiyot uchqunlari nashriyoti tomonidan chop etilgan lotin yozuvidagi so‘nggi nashrda “Oktabr inqilobining 50 yilligiga bag‘ishlayman” deyilgan joyi, “Bir-ikki so‘z” nomli asarning kirish qismi, asarga muallif tomonidan qo‘yilgan epigraf olib tashlangan. Oktabr inqilobi haqidagi mafkuraviy unsurning olib tashlanganligini to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi lekin asarning kirish qismi va epigrafini saqlab qolish kerak edi. Kirish qismni chiqarib tashlash uchun hech qanday asos yo‘q unda adibning asar haqida asarni o‘qiydigan kitobxonning munosabati haqida “Daxshat” hikoyasiga bildirilgan qiziqarli fikr haqida o‘z munosabatlarini bildirib o‘tgan. Asar epigrafi ham noo‘rin olib tashlangan. Asarning tili barcha nashrlarda deyarli ayrim so‘zlarni hisobga olmaganda adabiy tilga o‘girib chiqilgan. Aslida “O‘tmishdan ertaklar”ning tili qo‘qon atrofida joylashgan qishloqlarning o‘ziga xos sheva xususiyatlarini ko‘rsatib bergan edi.[2,18] Asarda adib nutqida yoki qahramonlar nutqida so‘zlarni qo‘qon va qo‘qon atrofidagi qishloqlar shevasida talaffuz ya’ni fonetik jihatlardan adabiy tildan farqli holatlari aks etgan. Asarda-b, -ib, -di, yapti qo‘shimchalari p, -ip, -ti, - yotipti shaklida ishlatilgan.M: kelipti, aytipti, puflayotipti, kishnayotipti kabi. Va yana ayrim so‘zlar asarda quyidagicha berilgan devor – devol, darrov – darrav, kelibdi – kelipti, chalinayotgan–cholinayotgan, hech qachon – hech qachan. Saqlabdi – saqlapti, o‘nglanmadi–o‘ng‘arilmadi,kun ora – kun osha. [3,24] Asardagi Abdulla Qahhor va asar qahramonlari nutqidan adib yoshligi o‘tgan hudud tili haqida tassavurga ega bo‘lamiz. Hozirgi kunda ham huddi asar voqealari yuz bergan hududda so‘zlarni shu kabi talaffuz etilishi holatlari mavjud.
Xulosa qilib aytganda,dunyo rivojlanib,yangi-yangi ixtirolar qilinib, globallashuv jarayonlari ro‘y berib, texnika va texnologiya asrda yashayapmiz. Shu sababi barcha tillarda ro‘y bergani kabi o‘zbek tilida ham ko‘pdan ko‘p neologizmlar vujudga kelmoqda. Internet, IT texnologiyalari, telefonlar bilan bog‘liq yangi-yangi so‘zlar ko‘paymoqda. Insonlar ongi ham shunga muvofiq o‘zgaryapti. Bu holat insonlarning badiiy asarlarimizda ishlatilgan ayrim so‘zlarni tushunishlari biroz qiyinlanshtiradi. “O‘tmishdan ertaklar” asarining XX asr boshlaridagi voqea va hodisalarni hikoya qilishini hisobga olsak bu asarda ham hozirgi zamon yoshlari uchun tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar uchraydi. Chunki orada bir asrlik muddat turibdi bu kichik muddat emas, albatta. Asardagi tusmol, qarol, piston, kigiz, sandon, peshgir, kunda, chorig‘, qulantayoq, obakidandon, kizak, bozorshab, so‘ri, sanoch, cho‘p-ustixon, do‘g‘ayib, ot yo‘lak, vassa-bo‘yra, namozgar, lavka, xirsday, vahmak, kabi so‘zlarning izohlarini tushuntirib ketish kerak.



Download 28,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish