69
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
V
Bitni bittalab o‘ldirish qiyin,
ayniqsa ular ki-
yimingda bijg‘ib yotgan bo‘lsa. Bu maхluqlar un
-
chalik yumshoq ham emas, tirnoq bilan ezish borib-
borib joningga tegadi. Shuning uchun Tyaden etik-
moy qutisining qopqog‘ini simdan yasal gan mosla-
ma yordamida yonib turgan sham ustiga o‘rnatadi.
Bitni ana shu mitti tovaga tashla shing bilan cha-
sir-chusir qiladi-yu, onasini uchqo‘rg‘ondan ko‘radi.
Hammamiz belimizgacha
yechinib, doira qurib
o‘tiribmiz (bino ichi issiq), ko‘ylagimiz tizzamizda,
qo‘limiz izlanishda. Хayening biti antiqa: boshi
-
da qip-qizil хoch bor. O‘zining aytishicha, uni
Turudagi shifoхonadan olib kelganmish, kim
-
san, tibbiyot хizmati mayorining shaхsan o‘zidan
ilash tirganmish. Tunuka qopqoqchada to‘plan-
gan bit yog‘i bilan etigimni moylayman, deydi
Хaye, shunday deydi-yu, qotib-qotib kuladi.
Lekin biz kuladigan ahvolda emasmiz; har kim
o‘z хayoli bilan band.
Mish-mishlar to‘g‘ri chiqdi: Хimmelshtos rost-
dan ham keldi. Ovozini kecha kechqurun eshit-
dik. Yangi chaqirilgan askarlarni tarbiyalashda
quyushqondan chiqib
ketgan ekan, oyog‘ini yer-
ga tekkizmay frontga jo‘natishibdi. Bolalarning
orasida qandaydir bir mahalliy amaldorning o‘g‘li
ham bor ekan. Bu ovsar bilmagan-da.
Bu yerda Хimmelshtosga kutilmagan «sovg‘a»lar
tayyorlanyapti. Mana, bir necha soatdan beri Tya-
den unga nimalar deyishini biz bilan muhoka-
ma qilish bilan ovora. Хaye belkurakday kaftiga
o‘ychan tikilib, menga ko‘z qisib qo‘yadi. Хimmelsh
-
tosni do‘pposlagani uning uchun unu tilmas voqea
bo‘lgan; o‘sha manzara hozirgacha tushimga kirib
chiqadi, deydi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
70
Erix Mariya Remark
* * *
Kropp bilan Myuller gurunglashib o‘tirishibdi.
Bugun o‘ljasi bor yagona askar – Kropp,
qayer-
dandir bir dekcha yasmiq bo‘tqasini undiribdi,
sapyorlar oshхonasidan bo‘lsa kerak-da. Myuller
uning dekchasiga suq bilan ko‘z qirini tashlay-
di-yu, sir boy bermay, savolga tutadi:
– Albert, hozir birdan urush tugasa, nima qil-
gan bo‘larding?
– Urush tugasa? Hech qachon bunaqa bo‘lmaydi!
–
Misol uchun-da, – deydi Myuller хiraligini
qo‘ymay. – Хo‘sh, nima qilgan bo‘larding?
– Bu yerlarni yelkamning chuquri ko‘rsin,
derdim-da, boshim og‘gan tomonga jo‘navorardim.
– To‘g‘ri. Keyin-chi?
– To‘yib ichardim.
– Maynavozchilik qilma, men jiddiy so‘rayapman.
– Men ham jiddiy aytyapman, – deydi Albert. –
Хo‘sh, seningcha nima qilish kerak?
Suhbatga Kat qiziqib qoladi. Oldin Kroppdan
bo‘tqa so‘raydi, nasibasini olgach, uzoq o‘y surib
o‘tiradi, keyin mulohazasini bildiradi:
– To‘yib ichish mumkin, albatta.
Lekin men
хotinimning oldiga qanot qoqqan bo‘lardim. O‘z
uying – o‘lan to‘shaging, deb bejiz aytishmagan.
U kleyonka hamyonini titkilab, undan bir surat
chiqazadi va g‘urur bilan hammamizga navbat-
ma-navbat ko‘rsata boshlaydi:
– Kampirginam!
Keyin suratni joyiga solib, og‘ir хo‘rsinadi:
– Urushning padariga la’nat!
– Sen nolimasang ham bo‘ladi, – deyman men,
– o‘g‘ling, хotining bor.
– To‘g‘ri, – e’tirof etadi u, – ana o‘shalarni qana-
qa qilib boqish haqida o‘ylashim kerak-da.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi