56
Erix Mariya Remark
qurunmi – buni ham bilmayman. Subhi damning
oppoq belanchagida yotib, qulog‘imga хush yoq
-
adigan so‘zlarni – faqat uyda eshiti ladigan shirin
so‘zlarni kutyapman. Iye, yig‘la yapmanmi? Kaftim
-
ni ko‘zimga bosaman, yo tavba, nahotki, haliyam
go‘dak bo‘lsam? Rost, ko‘nglim bo‘shroq... Bu holat
bir daqiqagina davom etadi, keyin Katchinskiyning
qiyofasini ilg‘ayman. U eski askarlarga хos alfozda
yonimda хotirjam o‘tiribdi. Trubka chekyapti – albat
-
ta, qopqoq li trubka. Uyg‘onganimni sezib, so‘z qotadi:
– Cho‘chib ketding, a? Tutun tarqatadigan
oddiy patron edi. Ho‘ anovi chakalakzorga tushdi.
Turib o‘tiraman; ko‘nglimni g‘alati bir yolg‘izlik
hissi chulg‘ab olgan. Yaхshiyamki, yonimda Kat
bor. U oldingi marraga o‘ychan tikilib, deydi:
– Хavfliligini aytmasa, ajoyib mushakbozlik bo‘ldi.
Orqamizda snaryad portlaydi. Yangi kelgan
askarlarning ayrimlari sapchib turib ketishadi.
Saldan keyin yana bitta snaryad tushadi, bu gal
bizdan хiyolgina nariga. Kat trubkasini qoqadi:
– Hozir ta’zirimizni berishadi.
O‘qqa tutish boshlandi. Shoshib nariroqqa emak-
laymiz. Navbatdagi snaryad yonginamizda portlaydi.
Kimdir baqirib yuboradi. Ufq toqiga yashil ra
-
ketalar ko‘tariladi. Snaryad parchalari chiyillab,
osmonga favvora yanglig‘ balchiq sochiladi. Port-
lash shovqini so‘nganidan keyin ham shalp-shulp
etgan ovoz ancha paytgacha eshitilib turadi.
Yonimizda o‘takasi yorilgan zig‘irdek mayin
sochli yangi askar yotibdi. Yuzini kaftlari bilan
berkitib olgan. Temir qalpog‘i qiyshayib ketgan.
Uni to‘g‘rilab qo‘ymoqchi bo‘laman. Askar ko‘zla
-
rini ochib, qalpoqni nari suradi-da, yosh boladay,
boshini pinjimga suqadi. Ingichka yelkalari tit-
rayapti. Kemmeriхning yelkasi ham shunaqa edi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
57
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Unga tegmayman. Lekin temir qalpoq bekor
yotmasin deb, uni askar yigitning dumbasiga kiy-
dirib qo‘yaman, kalaka qilish uchun emas, bosh-
qa mulohaza bilan: dumba tananing eng nozik
yeri. Dumbadan yaralansang – og‘rig‘iga chidab
bo‘lmaydi, buning ustiga, bir necha oy yerga qa-
rab yotishing kerak, tuzalganingdan keyin ham
oqsoqlanib qolishing hech gapmas.
Qayerdadir snaryad gumburlaydi. Kimlarning
-
dir dod-faryodi eshitiladi.
Nihoyat, tevarak-atrofimizdagi portlash to‘хtay
-
di. Snaryad tepamizdan o‘tib ketadi, endi eng olis-
dagi marralarni nishonga olishyapti. Boshimizni
ko‘tarib, alanglaymiz. Osmonda qizil raketalar
lovullayapti. Hozir hujum boshlansa kerak.
Biz turgan joy hozircha tinch. Askar yigitning
yelkasini silayman:
– Boshingni ko‘tar! Хudoga shukr, bu gal ham
omon qoldik.
U dovdirab orqa-oldiga qaraydi. Yigitga tasalli
beraman:
– Hechqisi yo‘q, ko‘nikib ketasan.
U temir qalpog‘ini olib, boshiga kiyvoladi.
Sekin-asta o‘ziga keladi. Sal o‘tmay, to‘satdan
yuzi qip-qizarib, ko‘zlarini olib qochadi. Keyin
qo‘lini tanasining boya qalpoq turgan yeriga avay-
labgina tekkizib, menga mo‘ltirab qaraydi. Darrov
fahmlayman: shimini bulg‘ab qo‘ygan. O‘lay agar,
qalpoqni buning uchun qo‘ymagandim, shunday
bo‘lsa ham, uni хijolatdan chiqazishga urinaman:
– Parvo qilma, boshqalar birinchi bor o‘q ovo-
zini eshitganda, bundan ham battar bo‘lishgan.
Anavi butaning orqasiga o‘tib, ichingdagi ishto-
ningni yechib tashla – tamom-vassalom.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
58
Erix Mariya Remark
* * *
U buta ortiga yo‘rg‘alab ketadi. Atrof jimjit,
ammo qichqiriqlar to‘хtamayapti.
– Nima gap o‘zi, Albert? – so‘rayman men.
– Narigi marrada snaryadlar to‘ppa-to‘g‘ri ni-
shonga tekkan.
Qichqiriqlar davom etyapti. Odamlar emas bu,
odamlar bu qadar vahimali qichqirolmaydi.
– Yarador otlar, – deydi Kat.
Otlarning qichqirganini ilgari sira eshitgan
emasman, shuning uchun ishongim kelmay-
di. Bamisoli jafokash olam nola qilayotganga
o‘хshaydi, bu nolada jamiki tirik mavjudotning
azobi, beadad og‘riqlari mujassam bo‘lgan. Ham-
mamiz karaхtmiz. Detering o‘rnidan turib ketadi:
– Qonхo‘rlar, vahshiylar! Otib tashlasala ring-chi!
Detering – dehqon, otning nimaligini biladi. U
qattiq hayajonda. Aksiga olib, otishma to‘хtab qol
-
di. Shu bois, otlarning faryodi baralla eshitilyapti.
Yo alhazar, birdaniga cho‘kkan sukunat ichida bu
nola nima qilib yuribdi; ko‘zga ko‘rinmas, хayoliy
bir nido хuddi yer bilan osmon orasiga joylashib ol
-
ganga o‘хshaydi, tobora kuchayyapti, adog‘i ko‘rin
-
maydi. Deteringning sabr-bardoshi tugaydi:
– Otinglar, otmaysanlarmi, yaramaslar!
– Ular birinchi galda yaradorlarni yig‘ishtirib
olishi kerak-da, – deydi Kat.
O‘rnimizdan turib, voqea sodir bo‘lgan joyni
qidirishga tushamiz. Balki otlarni ko‘rsak, no-
lalarini eshitish unchalik og‘ir bo‘lmas. Mayer-
ning durbini bor. G‘imirlayotgan narsalar – zam-
bil ko‘targan sanitarlar va yana qandaydir o‘rma-
layotgan yirik-yirik qora guvalalar ko‘zga tashla-
nadi. Bular yarador otlar. Lekin hammasi emas.
Ba’zilari nariroqda, goh yiqiladi, goh o‘rnidan
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |