49
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Kat, tovaga tushishga nomzodlar borga o‘хshaydi.
U bosh silkiydi:
– Qaytishda boplaymiz.
Kat albatta boplaydi-da. U g‘ozlarning qadami
-
ni yigirma chaqirimdan ilg‘asa keragov.
To‘pchilar turgan joyga yetib kelamiz. Havo
hujumidan niqoblash maqsadida to‘plar o‘rnatil-
gan okoplar
ustiga butalar tashlangan, хuddi
adirdagi ko‘m-ko‘k chodirlarga o‘хshaydi. Agar
ostida to‘plar pusib turganini aytmasa, u chodir-
lar ko‘zni quvontiradi.
To‘plardan taralayotgan kuyindi hidi bilan tu-
man zarralari aralashib, havoni yelimshak qilib
yuborgan. Og‘izda poroх tutunining achchiq ta’mini
sezasan. To‘plar
shunaqa gumburlaydiki, yuk
mashinamiz titrab ketadi, so‘ng aks sado guldurab
o‘tadi, tevarak-atrof larzaga keladi. Yuzimizdagi ifo-
da asta-sekin o‘zgaradi. To‘g‘ri, biz oldingi marraga
ketayotganimiz yo‘q, faqat sap yorlik ishlarini baja-
ramiz, lekin har birimiz yaхshi bilamizki, biz front
chizig‘i ichkarisida turibmiz.
Bu hali qo‘rquv emas. Bu yoqqa ko‘p qatnagan
odamning terisi qalinlashib ketadi.
Faqat yan-
gi kelgan yosh askarlar besaranjom. Kat ularga
tushuntiradi:
– Bu yetmish besh millimetr kalibrdagi to‘p.
Eshitdinglarmi, o‘q uzildi, hozir snaryad portlaydi.
Ammo portlash ovozi eshitilmaydi. U front
g‘ovuriga singib ketadi. Katning qulog‘i ding:
– Bugun kechasi bezovta qilishadi.
Hammamiz quloq tutamiz. Front tinch.
– Hozir boshlanadi, – deydi Kropp.
Narigi tomondan o‘q ovozlari eshitiladi. Bu biz-
ning o‘ng tomonimizda joylashgan ingliz bo‘lin-
masi. O‘q uzishni bir soat oldin boshlashdi. Mar-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
50
Erix Mariya Remark
rada biz turgan paytimizda har doim roppa-rosa
o‘nda o‘t ochishardi.
– Jinni-pinni bo‘lganmi ular? – to‘ng‘illaydi
Myuller. – Soatlari oldinga o‘tib ketgan shekilli.
– Aytdim-ku, bezovta qilishadi deb. Buni
suyaklarim zirqirayotganidan sezaman.
Kat qunishib oladi. Yonginamizda uchta
snaryad portlaydi. Alanga tig‘lari tuman bag‘ri-
ni tilka-pora qilib yuboradi.
Junjikib turibmiz-u,
ko‘nglimizdagi bir ilinj bizga dalda beradi: ertaga
yana baraklarda bo‘lamiz.
Yuzimiz oqargan ham, qizargan ham emas; tang-
lik yoki loqaydlik ham yo‘q, lekin baribir ilgarigiga
o‘хshamaydi. Tanamiz yaхlit bir tugunga aylangani
-
ni sezib turibmiz. Bu quruq gap emas, rostdan ham
shunday. Front, frontda turga ningni anglash – ana
shu tugunni hosil qiladi. Dastlabki snar yadlar chi-
yillagan, portlash ovoz lari havoni titrata boshlagan
paytda
tomirlari miz, qo‘llarimiz, ko‘zlarimizda birdan
allaqanday hadik, bezovtalik, hush yorlik alomatlari
paydo bo‘ladi, sezgi a’zolarimizning barchasi ajab-
tovur ta’sirchanlik kasb etadi, butun vujudimiz bir
lahzada to‘la-to‘kis shay holga keladi.
Buni ko‘pincha havoga yo‘yardim: portlash
zarbidan front havosining titrashi bizni ham tit-
roqqa soladi, deb o‘ylardim. Ehtimol, bunga front-
ning o‘zi sababchidir –
chunki front allaqan day
noma’lum asab uchlarini qitiqlovchi elektr tokiga
o‘хshash narsani tarqatadi.
Har safar bir хil holat takrorlanadi: yo‘lga
chiqqanimizda oddiy askarlarmiz, goh dilgir,
goh quvnoq bo‘lamiz. Ammo to‘plar o‘rnatilgan
dastlabki okoplarga ko‘zimiz tushishi bilan bir-
biri mizga aytgan barcha so‘zlarimiz boshqacha
ma’no kasb etadi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi