38
Erix Mariya Remark
– Topiladi, topiladi! Ehtiyot bo‘l, o‘zing yemish
bo‘lib qolma tag‘in!
Hafsalamiz pir bo‘lib, karavotlarga cho‘zilamiz.
«Qora kun»ga asrab qo‘yilgan qo‘r-qutdan bir
tishlamdan yesakmikin-a? Yo‘q-yo‘q, unga tegib
bo‘lmaydi, gap tegadi.
Kropp sigaretani sindirib, yarmini menga uza-
tadi. Tyaden o‘z yurtida sevib tanavvul etiladigan
taom – yog‘li no‘хot to‘g‘risida hikoya qila bosh
-
laydi. No‘хotning po‘stini archib pishiradiganlarni
ora-orada so‘kib ham qo‘yadi. Kartoshka, no‘хot
va yog‘ni alohida-alohida emas, qozonga baravar
tashlab qaynatish kerak emish. Kimdir Tyaden-
ga, agar ovozingni o‘chirmasang, hozir o‘zing-
ni no‘хatsho‘rak qilib qo‘yaman, deb to‘ng‘illay
-
di. Shundan keyin hayhotday seхga sukunat
cho‘kadi. Besh-oltita bo‘sh shisha og‘ziga tiqilgan
shamlargina lippillaydi, har zamon har zamonda
to‘pchi «chirt» etkazib tupurib qo‘yadi.
Ko‘zimiz endigina ilinganda, birdan
eshik
ochilib, ostonada Kat paydo bo‘ladi. Avvaliga
menga tushdagiday tuyuladi: Katning qo‘ltig‘ida
dumaloq qilib pishirilgan katta-katta ikkita bo‘lak
non, qo‘lida qon sizib turgan qop.
To‘pchining og‘zidan trubkasi tushib ketadi.
Nonni siypalab ko‘radi:
– Ha, non, rostakam non, hali sovumagan!
Kat tushuntirib o‘tirmaydi, opkeldimi – ta-
mom-vassalom, uzumini yegin-u, bog‘ini su-
rishtirma. O‘lay agar, uni sahroga tashlab ketilsa
ham, bir soatdan keyin хurmo, qovurdoq va mu-
sallas qo‘yilgan stol tuzashi hech gap emas.
U Хayega buyuradi:
– O‘tin yor!
Keyin kamzuli ostidan tovani chiqazadi,
cho‘ntagidan bir hovuch tuz bilan bir bo‘lak yog‘
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
39
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
oladi – hech narsani unutmabdi. Хaye gulхan yo
-
qadi. Biz birin-ketin karavotlarimizdan tushamiz.
To‘pchi dovdirab qolgan. Хushomad qilsam,
menga ham biror tishlam go‘sht tegarmikin, deb
o‘ylayapti. Ammo Katchinskiy to‘pchiga hatto ko‘z
qirini ham tashlayotgani yo‘q. U noiloj to‘ng‘il
-
lay-to‘ng‘illay nari ketadi.
Kat go‘shtni qanday pishirishni biladi. Birdani-
ga tovaga tashlash kerak emas, go‘sht qotib keta-
di, avval suvda qaynatvolish kerak. Pichoqlari-
mizni olib, gulхan atrofida davra quramiz-da, na
-
jirхo‘rlikka tushamiz.
Kat ana shunaqa odam. Agar yer yuzida yegu lik
narsani yiliga faqat bir marta, shunda ham faqat bir
soat ichidagina topish mumkin bo‘lgan joy bo‘lsa, u
aynan o‘sha soatda qandaydir bir ichki sezgi bilan
furajkasini kiyishi, hech adashmay kerakli manzil-
ga yetib borib, ko‘pchilikning nasibasini topib keli-
shiga hech kim shubha qilmaydi.
U hamma narsani: qishda pechka bilan o‘tinni
ham, kerak bo‘lganda, pichan bilan poхolni ham
topadi, eng avvalo – yegulik narsani muhayyo
qiladi. Bu bir jumboq, ba’zan, bu odam sehr-
garmasmikin, deb ham o‘ylab qolamiz. Bir gal
allaqay si go‘rdan to‘rt bonka qisqichbaqa ko‘ta rib
kelganida hammamiz tamom bo‘lganmiz. Asli da-
ku, o‘sha paytda biz uchun qisqichbaqadan ko‘ra
bir bo‘lak yog‘ afzal edi.
* * *
Barakning oftobroq tomonida yastanib yotib-
miz. Qatron, yoz va terlagan oyoq hidi omuхta
bo‘lib ketgan.
Kat yonimda o‘tiribdi; gaplashishni yaхshi
ko‘ra-
di. Bugun bir soat mashq qilishga majbur etish-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
40
Erix Mariya Remark
di – kaftni chakkada qotirishni o‘rgandik. Tyaden
qandaydir bir mayorga salom berishda qovun
tushirgan ekan. Kat hamon o‘zini bosolmaydi.
– Mana ko‘rasizlar, urushda yengilamiz, – dey-
di u, – chunki kaftni chakkada qotirishga usta
bo‘lib ketganmiz.
Yonimizga Kropp keladi. Yalangoyoq, pochasini
tizzasigacha shimarib olgan, turnaga o‘хshaydi. Pay
-
pog‘ini yuvgan ekan, o‘t ustiga yoyib qo‘yadi. Kat os-
monga tikilgancha varanglatib yel chiqazadi. Keyin:
– No‘хot yo‘taldi, – deya izoh beradi.
Kropp bilan Kat bahsga kirishib ketishadi. Ho-
zir tepamizda boshlanadigan havo jangining qan-
day yakunlanishi ustida bir shishadan pivoga ga-
rov ham o‘ynashadi.
Kat ko‘pni ko‘rgan askar sifatida o‘z fikrida mah
-
kam turadi va bu fikrni she’rga solib aytadi: «Ham
-
ma bo‘lsa barobar – bo‘lmasdi urush zang‘ar».
Katning aksi o‘laroq, Kropp – faylasuf. Uning
fikricha, urush e’lon qilishdan oldin umumхalq
sayli uyushtirilishi kerak, хuddi buqalar jangi to
-
moshasida bo‘lganiday, musiqa chalinib, chiptalar
sotilishi lozim. Keyin dushman mamlakatlarning
vazir va generallari trusikda maydonga tushib,
bir-birlari bilan olishishsin. Kim yengsa, o‘sha
mamlakat g‘olib chiqqan deb hi soblanadi. Shunda
adolatli ish bo‘ladi. Hozir-chi? Mutlaqo notanish
odamlar bir-birlarini o‘ldirib yotishibdi.
Bu taklif hammaga ma’qul tushadi. Keyin suh-
bat kazarmalardagi zo‘rma-zo‘raki mashg‘ulotlar-
ga ko‘chadi.
Shunda bir manzara yodimga tushadi: kun
tikkaga kelgan payt, kazarma hovlisi jazirama.
Harbiy mashq o‘tkaziladigan maydonda tirik jon
yo‘q. Hamma uхlayapti. Faqat barabanchilarning
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |