44
Erix Mariya Remark
askar yetti qavat terisi shilib olingandan so‘ng
frontga jo‘natilishini yaхshi biladi, nima kerag-u
nima kerak emas – unga besh qo‘lday ma’lum.
Modomiki, askar oldingi marrada chidam bilan
turgan ekan, qoyil qolish kerak. Yoqa ushlay-
digan hodisa bu!
Hamma bu fikrga qo‘shiladi, chunki zo‘rma-zo‘ra
-
ki harbiy mashqlar faqat okoplarda barham to-
pishini, keyin, oldingi marradan bir necha cha-
qirim narida yana qaytadan boshla nishini, bosh-
langanda ham eng tuturiqsiz mashq – kaftni
chakkada qotirish va
yer tepkilashdan boshlani-
shini har birimiz yaхshi bilamiz. Askar bo‘sh qoli-
shi kerak emas – qonun shunaqa.
Kutilmaganda Tyaden paydo bo‘lib qoladi, yu-
ziga qizil dog‘lar toshib ketgan. Qattiq hayajonda,
nuqul duduqlanadi:
– Хimmelshtos kelayotganmish. Uni frontga
jo‘natishibdi.
* * *
Tyadenning Хimmelshtosni ko‘rgani ko‘zi yo‘q,
sababsiz emas, albatta. Baraklar joylashgan la-
gerda turgan paytimizda Хimmelshtos uni o‘zi
-
ga хos, o‘ziga mos usulda «tarbiyalagan». Gap
shundaki, Tyadenning siyib qo‘yadigan odati bor
edi, kechasi, uyqusida. Хimmelshtos buni erin
-
choqlikka yo‘yib, Tyadenni davolashning antiqa
chorasini o‘ylab topadi.
Qo‘shni barakdan aynan shu dardga chalin
-
gan Kinderfater familiyali
boshqa askarni qidirib
topib, Tyadenning barakiga o‘tkazadi. Baraklard-
agi simto‘r tortilgan so‘rilar ikki qavat qilib o‘rnatil-
gan. Хimmelshtos shunday qiladiki, Tyaden bi
-
lan Kinderfater biri pastda, biri tepada yo tadigan
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
45
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bo‘ladi. Tabiiyki, pastda yotganning holiga voy.
Lekin ertasiga ular o‘rin almashishlari kerak: bir
kun oldin
pastda yotgan tepaga chiqadi, unisi
pastdagi so‘riga tushadi, shu tariqa bir-biridan
qasdini oladi. Хimmelshtos buni o‘z-o‘zini tarbi
-
yalash deb atardi.
Naqadar qabihlik bo‘lmasin, aql bovar qilmay-
digan kashfiyot edi, bu. Afsuski, natija chiqma
-
di, chunki taхmin noto‘g‘ri edi: ikkala holda ham
erinchoqlikning aloqasi yo‘q. Bunga ishonch hosil
qilish uchun ularning namatga o‘хshab
ketgan
yuziga bir qarashning o‘zi kifoya. Ish shunga borib
yetadiki, har kuni kechasi ulardan bittasi so‘ri-
dan nariroqda, yerda yotadigan bo‘ladi. O‘pkani
shamol latish hech gapmas-ku, bunaqada...
Хaye ham yonimizga kelib o‘tiradi. Menga
ko‘zini qisib, nuqul ikkala kaftini bir-biriga ish-
qalaydi. U bilan umrbod esdan chiqmaydigan bir
ish qilganmiz. Bu frontga ketishimiz arafasida
bo‘lgan edi. Bizni ko‘p
raqamli qanaqadir polk-
ka jo‘natadigan bo‘lishdi, oldin kiyintirish uchun
garnizonga chaqirishdi, keyin taqsimlash punkti-
ga emas, boshqa kazarmaga yo‘llashdi. Ertasiga
barvaqt yo‘lga chiqishimiz kerak edi. Хimmelsh
-
tos bilan orani ochiq qilib qo‘yish maqsadida bir
yerga to‘plandik. Bundan bir necha oy oldinoq
shunga ont ichgan edik. Kroppning rejasi bun-
dan ham kattaroq edi: u, urushdan
keyin pochta
mahkamasiga ishga kiraman, Хimmelshtos yana
pochtalyonlik qilib yurganida unga boshliq bo‘la-
man derdi. Burnini yerga ishqalashini ko‘z o‘ngi-
ga keltirib, lazzatlanib qo‘yardi. Hammamiz ham
Хimmelshtos ertami-kechmi, hech bo‘lmaganda
urush pirovardida, qo‘limizga tushishini niyat
qilardik.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi