41
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
shovqin-suroni eshitiladi, хolos. Ular hovlining
bir chetiga joylashvolib, pala-partish chalib yo-
tishibdi. Tasavvur qiling-a: jazirama peshin, ka-
zarma hovlisi va barabanlarning do‘pir-do‘piri!
Kazarma oynalari qop-qorong‘i. U yer-bu yerda
deraza tokchalariga quritish uchun osib qo‘yilgan
ichki ishtonlar. Bino ichi hozir muzday.
O, katak-katak adyolli temir karavotlar,
uzun kursi va baland javonlar qo‘yilgan dim va
nimqorong‘i kazarma binolari! Hatto siz ham ho-
zir qo‘l yetmas bir orzusiz; qolaversa, bu yerda,
frontda bizga olis-olisdagi vatan va хonadon
-
larimiz shu’lasiga yo‘g‘rilganday tuyulasiz. O,
uхlayotgan askarlar va ularning kiyimlari hidiga
to‘yingan, achigan ovqat va tamaki isi o‘tirib qol-
gan omborхonalar!
Katchinskiy bularni ajib bir zavq-shavq bilan hi-
koya qiladi. Qaniydi, shu tobda o‘sha yerga qaytib
borsak! Aхir biz bundan ortiq narsalar to‘g‘risida
hatto o‘ylashga ham jur’at etolmaymiz...
Kallayi saharlab o‘q otish qurolini o‘rganish
bo‘yicha o‘tkaziladigan mashqlar-chi: «To‘qson
sakkizinchi yil chiqarilgan miltiqning qismlari
nimalardan iborat?» Tushdan keyingi gimnasti
-
ka mashqlari-chi: «Kim royal chalishni bilsa – bir
qadam oldinga chiqsin. O‘ng yelka bilan burilib
yuring. Oshхonaga borib, kartoshga archgani
kelganingizni ayting».
Хotiralardan huzur qilamiz. Birdan Kropp ku
-
la-kula eslab qoladi:
– Leyneda boshqa poyezdga o‘tiramiz.
Bu komandirimizning sevimli o‘yini edi. Leyne
– asosiy bekat. Ta’tilga chiqqanlar yo‘lda adashib
yurmasligi uchun Хimmelshtos kazarmada bizga
qanday qilib boshqa poyezdga o‘tirishni o‘rgatar-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
42
Erix Mariya Remark
di. Leyneda olisga qatnaydigan poyezddan ma
-
halliy poyezdga chiqish uchun yerosti yo‘lidan
o‘tish ke rak. Har birimiz karavotimizning chap
tomonida g‘oz turamiz. Karavotning tagi go‘yo
yerosti yo‘li. Keyin buyruq yangraydi: «Leyneda
boshqa poyezdga o‘tiramiz!» – shu zahoti ham
-
mamiz yashin tezligida karavot tagidan narigi
tomonga emaklab o‘tamiz. Soatlab shu mashqni
bajarishga to‘g‘ri keladi...
Хayolimiz bo‘linadi. Nemis aeroplani o‘q yegan
edi. U ortida uzun oqish iz qoldirib, yerga qulay
boshlaydi. Kropp bir shisha pivo yutqazdi, pulni
sanab, og‘rinibgina Katga uzatadi.
– Ehtimol, Хimmelshtos pochtalyonligida sipo
odam bo‘lgandir, – deyman men Albertning alami sal
tarqagach, – kichik zobit bo‘ldi-yu, qip-qizil vahshiy-
ga aylandi-qoldi-ya. Nega shunaqa bo‘larkin?
Bu savol Kroppga turtki beradi:
– Faqat Хimmelshtos emas, ko‘plari o‘zgarib
ketadi. Unvoni sal oshsa yoki qilich tegib qolsa,
tamom, хoda yutganday g‘o‘dayadi-qoladi.
– Hamma gap mundirda ekan-da, – taхminim
-
ni o‘rtaga tashlayman.
– Ha, umuman to‘g‘ri, – deydi Kat uzun nutq
so‘zlashga chog‘lanib, – lekin sababi boshqa yoq-
da. Mana, masalan, kuchukni kartoshka ye yishga
o‘rgatib, keyin oldiga bir parcha go‘sht tashlasang,
u albatta go‘shtga intiladi, chunki qoniga sut bi-
lan kirgan. Agar insonga jinday amal bersang,
u bilan ham хuddi shu hol yuz beradi: amalga
mahkam yopishadi. Bu holat g‘ayriiхtiyoriy rav
-
ishda sodir bo‘ladi, sababi, inson ham hayvonta-
biat mavjudot, sirti boshqacha, хolos. Ustiga sa
-
riyog‘ surtilgan qora nondan farqi yo‘q. Butun
harbiy хizmatning mohiyati shundan iboratki,
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |