Ikki rakatli sunnat namozlari uqish tartibi:
1. Kaba tomonga yuzlanib «Bomdod (yoki peshin, shom, khufton) namozining ikki rakat sunnatini kholis Alloh uchun uqishga niyat qildim» mazmunida niyat qilinadi.
2. Ikki qul kaftini qiblaga qarata kutarib, bosh barmoq quloq yumshogiga tekkiziladi va «Allohu akbar», deya takbir aytish bilan namoz boshlanadi.
3. Qullarni qovushtirgan holda kindik ostida tutib «Sano» («Subhanaka allohumma…») uqiladi.
4. Taavvuz («Auzu billahi…»), basmala («Bismillah…») bilan Fotiha surasi, keyin taavvuz va basmala aytmay zam qilib (qushib) birorta sura uqiladi.
5. «Allohu akbar» deb egilib rukuga boriladi, bunda uch marta «Subhana robbiyal-aziym» (Ulug Robbim pokdir), deyiladi.
6. Belni tiklayotib «Samiallohu liman hamidah» (Uziga hamd aytgan kishini Alloh eshitadi), deyiladi. Tula tiklanib bulgach «Robbana lakal hamd» (Robbim, maqtov faqat Sengadir), deyiladi.
(Jamoat bilan namoz uqilganda imom avvalgi duo bilan kifoyalanadi, iqtido qiluvchi (ergashuvchi) keyingisining uzini aytadi)
7. «Allohu akbar» deb erga avval tizzalar, keyin kaftlar, sung burun va peshona quyilib, sajda qilinadi. Bunda tirsaklar erga va biqinlarga tekkizilmaydi, barcha azolar, khususan, oyoq barmoqlari iloji boricha qiblaga yuzlantiriladi. Sajdada uch marta «Subhana Robbiyal-alo» (Oliy Robbim pokdir), deyiladi.
8. «Allohu akbar» deb sajdadan bosh kutariladi va chap oyoqni tushab, ung oyoq kiftini tik qilib, barmoqlar qiblaga yuzlantirilgan, ikki qul kafti uchi tizza barobariga quyilgan holda utiriladi.
9. «Allohu akbar» deb ikkinchi marta yuqoridagi kabi sajda qilinadi.
10. «Allohu akbar», deb hech narsaga suyanmay ikkinchi rakatni uqish uchun urindan turiladi.
11. Ikkinchi rakatda ham «Bismillah…» bilan Fotiha surasi, orqasidan Qurondan bilganicha biror sura yoki uzunroq oyat uqiladi.
12. Birinchi rakatdagiga ukhshash ruku, sajdalar qilinadi.
13. Sajdadan sung ung oyogini tiklab, chap oyogi ustiga utiradi va avval «Tashahhud» («Attahiyyat…»), ortidan ikki salovot («Allohumma solli ala…» va «Allohumma barik ala…»), keyin duolar («Robbana…») uqib, avval ung elkaga, keyin chap elkaga «Assalomu alaykum va rahmatulloh», deb salom beradi, shu bilan ikki rakat namoz yakunlanadi. Ikki rakatli farz namozlari uqish tartibi ham bundan farqlanmaydi.
Turt rakatli sunnat namozini uqish tartibi:
1. “Turt rakatli peshin namozi sunnatini kholis Alloh uchun uqishga niyat qildim” mazmunida niyat qilinadi.
2. Qullar kaftini qiblaga qaratib takbir (“Allohu akbar”) aytiladi.
3. Qullar boglanib, Fotiha va ortidan biror sura qushib uqiladi.
4. Takbir bilan rukuga borib, uch marta “Subhana Robbiyal aziym” deyiladi.
5. Tiklanib “Samiallohu liman hamidah”, “Robbana lakal hamd” deyiladi.
6. Takbirlar bilan ikki marta sajda qilib, har birida “Subhana Robbiyal ala” deyiladi.
7. Yana takbir bilan tiklanib, yuqoridagi tartibda ikkinchi rakat ham ado etiladi.
8. Ikkinchi rakat sajdasidan sung faqat “Tashahhud” (“Attahiyat”) uqib, takbir bilan uchinchi rakatga turiladi.
9. Uchinchi rakatda ham Fotiha, biror sura qiroat qilinadi.
10. Takbir bilan rukuga boriladi, ikki marta sajda qilinadi.
11. Takbir bilan turtinchi rakatga turiladi, Fotiha, biror sura qiroat qilinadi.
12. Takbir bilan ruku va ikki marta sajda qilinadi.
13. Keyin chap oyoq ustiga utirib, ung oyoqni bosh barmogiga tiklagan holda “qadai okhir”da “Tashahhud”, salovotlar, duolar uqib, ikki tomonga salom beriladi.
Uch rakatli namoz uqish tartibi:
1. Avvalgi ikki rakat yuqorida bayon etilgan ikki rakatli namoz uqish tartibiga kura ado etiladi.
2. Ikkinchi rakatdan sung “qadai ulo”da faqat «Tashahhud» uqiladi va uchinchi rakatga «Allohu akbar» deb turiladi.
3. Uchinchi rakatda «Bismillah…» bilan Fotiha surasining uzi uqiladi, sungra yuqoridagidek ruku va sajda qilinadi.
4. “Qadai okhir”da utirib, «Tashahhud», salovotlar va duolarni uqigach, salom berib namoz yakunlanadi.
Turt rakatli farz namozlarini uqish tartibi:
“Turt rakatli peshin (yoki asr, khufton) namozlari farzini kholis Alloh uchun uqishga niyat qildim” mazmunida niyat qilinadi.
2. Takbir bilan namozga kirishiladi.
3. Qullarni kindik ostiga boglab, Fotiha va biror sura qiroat qilinadi.
4. Takbir bilan rukuga boriladi.
5. Takbir bilan tiklanib, sungra yana takbir bilan ikki marta sajda qilinadi.
6. Ikkinchi rakatga turib, uni ham shu yusinda bajariladi.
7. “Qadai ulo”da faqat “Tashahhud” uqib, takbir bilan uchinchi rakatga turiladi.
8. Uchinchi rakatda faqat Fotiha surasining uzi qiroat qilinadi va yana takbir bilan ruku va ikki sajda qilinadi.
9. Takbir bilan turtinchi rakatga turib, bunda ham faqat Fotiha surasining uzi uqiladi.
10. Takbir bilan ruku va ikki sajda qilinadi.
11. “Qadai okhir”da “Tashahhud”, salovotlar, duolar uqib, ikki tomonga salom berib, namoz yakunlanadi.
Turt rakatli sunnat namozlari ham turt rakatli farz namozlari kabi ado etiladi. Faqat turt rakatli sunnat namozlarida uchinchi va turtinchi rakatlarda Fotihadan sung biror sura zam qilinadi (qushib uqiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |