Ona tili va adabiyoti
Ism va familiya
Qaysi qatorda ko'chma ma'noli so'z berilgan?
A) Jahonda nimaiki oq bo'lsa, unga ona suti timsoldir.
B) Ko'ldagi suvjimirlab turar, silliq toshlarga ohista urilardi.
C) Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi.
D) Yomon odamni tanqid qil, yaxshi odamga taqlid qil.
Tuzsiz she'rlarim deb shirindan shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida. (M.Yusuf)
Ushbu satrda ma'no ko'chishining qaysi ko'rinishi bor?
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
"Devonu lug'at it turk"da sayrar sanduloch. (X.Davron)
Berilgan misradagi sanduloch so'zi qanday so'z?
A) tarixiy so'z B) arxaik so'z
C) ramziy so'z D) badiiy so'z
Qaysi javobda shakldosh iboralar qayd etilgan?
A) Shu kunlarda sevinchimni ichimga sig'dira olmayapman: ishlarim besh! Davronov shodligi ichiga sig'may, atrofga zavq bilan qarab o'tirardi.
B) Tashabbus - katta gap! Men o'z aravamni tortsam ham, katta gap.
C) Shabada ham, toza havo ham uning ko'nglini ocholmasdi. Ko'nglini ochmasa, uning dardi nimaligini qayerdan bilay?
D) Qo'rqqanimdan nafasim ichimga tushib ketdi. Sultonning nomini eshitish bilan Bozorovning dami ichiga tushdi.
Visoli lazzatidin zavq topmoqlig' erur dushvor,
Firoqi shiddatinda yo'qsa jon bermaklik
osondur.
Bobur qalamiga mansub ushbu baytda
so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra
qaysi turi qo'llangan?
A) ma'nodosh so'ziar B) zid so'ziar
C) shakldosh so'ziar D) paronim so'ziar
O'z jigariga ham rahm-shafqat qilmaydilar!
Ushbu gapda qanday ma'no ko'chishi mavjud?
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
Qaysi gapda metafora usuli bilan ma'no ko'chishi hosil bo'lgan?
A) Bahor kelinchakdek yasanib keldi.
B) Po'latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapirolmas edi.
C) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
D) Barcha gaplarda metafora usuh mavjud.
Zid so'zlar qo'llangan gapni toping.
A) Sovuq shamol o'qtin-o'qtin esib, to'qayni allaqanday vahimaga to'ldirdi.
B) Bir no'noqni bir epchil eplaydi.
C) Sherali qo'rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi.
D) Yolg'onchining so'zi rost bo'lmas.
Qaysi qatorda iboralarning ma'nosi noto'g'ri berilgan?
A) ko'z-ko'z qilmoq - maqtanmoq, ko'z ostiga olish - mo'ljallash
B) ovi yurgan - baxtli, dili pora -xafa bo‘lmoq
C) kavushini to'g'rilab qo'ymoq - haydamoq, yo'q yerdagi - bo'lmag'ur
D) o'rniga qo'ymoq - bajarmoq, qo'l urmoq –tegmoq
Ko'chma ma'noli so'z qaysi gap tarkibida qo'llangan?
A) Bekorchidan bemaza gap chiqadi.
B) Qora kunda qui Tarlon qizga qayg'udosh keldi.
C) Qaddi rost shamning tilidan O'rtanur parvona ham.
D) Barcha gaplarda ko'chma ma'noli so'z qo'llangan.
Qaysi javobda shakldosh so'zlar berilgan?
A) elchilik, chars, sug'ur
B) bez, farq, zor
C) qon, zang, bo'ydor
D) safar, palla, sor
Qaysi qatordagi juftlik antonim emas?
A.uzun-qisqa B.erta-kech
C.oldi-olmadi D.do’st-dushman
Qaysi qatordagi so’zlar o’zaro paronim emas?
A) Matal-Ma’tal B) Ma’tal-Mahtal
C) dara-darra D)da’vo-davo
Qaysi qatordagigapda so`z qo`llashda xatolikka yo`l qo`yigan?
A) Boburning Kobul devoni topilgan emas
B) Mashina davon tepasiga ko`taridi.
C) Ot afzalin shayladi, o`q anjomin boyladi
D) O`zbek xalqi ichida o`nlab daholar yetishib chiqqan
“Men sizlarning olmangiz, xomligimda olmangiz” ajratib ko’rsatilgan so’z qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) Ma’nosi bir – biriga yaqin so’zlar
B) Bir so’zning ikki o’ringa qo’llanishi
C) Bir xil shaklga ega bo’lgan bir so’z
D) Bir xil shaklga ega bo’lgan ikki so’z
Qaysi qatordagi so’zlar ko’chma ma’noda qo’llangan?
A) Qizil ko’ylak, qizil o’ngach, qizilcha
B) Qora niyat, qora kun, qora qarg’a
C) Kumush tola, tilla bola, tilla yigit
D) Kumush qish, kumush choynak, kumush tola
Qalam ushladimmi demak — o‘yin bas,
Yayrab ocholmaydi gul dudog‘ini
Shundoq yurak yutib so‘rasha olmas,
Xonamda qoldirgan qo‘g‘irchog‘ini. Ushbu sheriy parchada ma’no ko‘chishning qaysi turi bor?
A) ma’no ko`chish yo`q B) metafora
C) metanomiya D) sinekdoxa
1. Siddiqjon bu chog` qizning taqdiri to`g`risida o`ylardi. 2.Etigi ham, qo`lqopi ham o`ziga chog` emas, katta. 3. Qarg`a “qag`” etadi o`z vaqtini chog` etadi. 4. U chog`i kelmaydigan lavozimga chiqib olib, tusha olmay hayron edi. Ushbu gaplarda qo`llanga chog`i so`zining bir-biriga qanday munosabati bor?
A) barchasi shakldosh so`zlar
B) bir so`zning turli ma’nolari
C) 1- gapdagi chog` so`zi boshqalariga nisbatan shakldosh
D) 1 va 4 gaplardagi chog` so`zi shakldosh, qolganlariga nisbatan ko`p ma’noli.
. Metafora usulida ma’no ko‘chishi mavjud gapni toping.
A) Navoiyni qo’limga oldim
B) Olti so‘mni yubor, uchi yoningda qolsin
C) Ikki juft ko’z bir-biriga tikilib qoldi
D) Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan
Quyidagi gaplarda so‘z ma’nosi ko‘chishi turlarini aniqlang.
a) metafora; b) metonimiya; c) sinekdoxa; d) vazifadoshlik
1. Olimpiadada birinchilikni bu gal Buxoro olib ketdi.
2. Bolalar yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da, labini burib vaysay boshladi (Oybek).
3. Askarlarimiz Vatan sarhadlarini ko‘z bo‘lib, quloq bo‘lib tun-u kun sergaklik bilan qo‘riqlamoqdalar.
4. «Navbatim sumka ko‘targan «jinsi»dan keyin».
5. Bu xushxabarni do‘stlarimga yetkazish uchun oyoq bo‘lib yugurdim.
A) a-2; b-1,4; d-3,5
B) a-2,4; b-1; c-5; d-3
C) a-2; b-1; c-3,4,5
D) a-2; b-1; c-3; d-4,5
1. Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi (O.).
2. Eshikka kiring, aka, choy-poy ichib keting (S. A.).
3. Och nazarim tushar suratga... Surat, surat! Nega sen tilsiz?..(Mirtemir)
Ushbu gaplarda ma’no ko‘chishining qanday turlari mavjud?
A) 1,3 – metonimiya; 2 – sinekdoxa
B) 2,3 – metonimiya; 1 – metafora
C) 1– metonimiya; 2 – sinekdoxa; 3 – metafora
D) 1,2 – metonimiya; 3 – metafora
22. Qaysi qatorda talaffuzda eshitilmay qolsada, lekin imloda yoziladigan tovush qatnashgan so‘zlar berilgan?
A) sutchi, yigitcha B) so‘zsiz, izchil
C) do‘stlik, xursandchilik D) band, avlod
23.Qaysi so‘zlarda so‘zlarning oxirgi ikki undoshi o‘rtasiga unli tovush qo‘shilsa, yangi ma’nodagi so‘zlat hosil boladi?
1) amr; 2) ahl; 3) adl; 4) umr; 5) asr; 6) uzr.
A) 1,2, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 1,2, 3,4, 5 D) 1,2, 5, 6
24.Qaysi birikmalarda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolikka yo'l qo'yilgan?
1) asil maqsad; 2) asil farzand; 3) asil somsa;
4) asil nusxa; 5) asil shoyi; 6) asil sabab.
A) 1,4, 6 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 5 D) 2, 4, 5
25. Ham sinonimi, ham antonimi, ham omonimi, ham paronimi mavjud so‘zni aniqlang.
A) dars B) yot C) urush D) unim
26. Oshpazlar avlodidanmiz, aka, suvuqni ham, quvuqni ham boplaymiz. Ma’no ko'chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
27. Shakldoshi, ma’nodoshi, ziddoshi bor, ammo paronimi yo'q bo'lgan so'zni toping.
A) qari B) yuvindi C) yuvundi D) qalin
28. «Ko‘chalarni chiroqlar yop- yorug‘ qilib turibdi». Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi sodir bo’lgan?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
29. Quyida keltirilgan gapdagi ma’no ko‘chish turini aniqlang.
Shartmi ichmak har bir qadahni yo‘q demay.
A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa
30. Ma’no ko‘chishining metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud. Bunday turlarga bo’linishi nimaga asoslanadi?
A) nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra
B) shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra
C) so‘zning tashqi va ma’no tomoniga ko‘ra
D) hammafikrto‘g‘ri
“MAQSAD” bor ekan, harakat ham shunga yarasha bo’lishi kerak…
To’g’ri javoblar soni: __________
Noto’g’ri javoblar soni:_________
Do'stlaringiz bilan baham: |