G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

96
Erix Mariya Remark
tuynuk ochamiz. Yelka mizdan tog‘ ag‘darilganday 
bo‘ladi. Tag‘in bir o‘limdan qoldik.
Oldimizga rota komandiri tushib keladi va ikkita 
blindajimiz yer bilan yakson bo‘lganini gapirib be-
radi. Yosh askarlar uni ko‘rib, sal jonla nishadi. Ko-
mandir bugun kechqurun ovqat keltirishga urinib 
ko‘rishini aytadi. Ajoyib хushхabar. Hech kim bu 
haqda o‘ylamagandi, Tyaden bundan mustasno, 
albatta. Ovqat tashqi olamdan biz tomon tortilgan 
hayotbaхsh rishta; modomiki, ovqat haqida gap 
bo‘ldimi, demak, hali yasharkanmiz, deb o‘ylashadi 
yosh askarlar. Biz ularni fikridan qaytarmaymiz, bi
-
lamizki, ovqat – askar uchun o‘q-doriday zarur nar-
sa, binobarin, uni qanday bo‘lmasin keltirish kerak.
Ammo birinchi urinish muvaffaqiyatsiz tugay-
di. Yana bir guruhni jo‘natishadi. Ular ham orqaga 
qaytishadi. Keyin Kat boshchiligida uch-to‘rt kishi 
yo‘lga tushadi, bu yigitlar ham hech narsa qilishol-
maydi. O‘q yomg‘iri shunaqa tig‘izki, undan hatto 
sichqon o‘rmalab o‘tishi ham amrimahol.
Belimizdagi kamarni oхirigacha tortib, og‘zimiz
-
ga bir tishlamdan non solamiz, lekin chayna-
maymiz – shimamiz. Chunki uni tejash kerak. 
Qornimiz piyozpo‘sti bo‘lib ketgan. Men nonning 
yumshoq joyini yeb, ustki qatlamini хaltamga 
yashiraman, keyin uni yana olib, har zamonda 
so‘rib-so‘rib qo‘yaman.
* * *
Kechasi uzoq. Uyqumiz kelmaydi, bir nuqtaga 
ma’nosiz tikilgancha mudraymiz. Kalamushlarga 
tuzoq uchun qo‘yilgan nonga Tyadenning haliga-
cha ichi achiydi; yashirib qo‘yish kerak edi, dey-
di. Hozir asqatardi. Suv ham taqchil, lekin hozir-
cha chidasa bo‘ladi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


97
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Ertalabga yaqin, tong qorong‘isida qiy-chuv 
boshlanadi. Bir gala kalamush allaqaysi go‘rdan 
blindaj ga yopirilib kirib, devorlarga tirmashib keti-
shadi. Cho‘ntak chiroqlari yoqiladi. Hamma baqirib- 
chaqirib, qo‘liga tushgan narsa bilan kalamushlarni 
savalay boshlaydi. Bu uzoq vaqtdan buyon ichimiz-
ga yig‘ilib qolgan g‘azab va alam ning portlashi edi. 
Ko‘zlarimiz qahrga to‘la, qo‘llarimiz harakatda, ka-
lamushlar fig‘oni olamni tutadi. Shu qadar quturib 
ketganmizki, ha yal o‘tmay bir-birimiz ni do‘pposlay 
boshlashimiz ham hech gap emas.
Aхiyri, tinka-madorimiz quriydi. Joy-joyimizga 
cho‘zilamiz. Tavba deb gapiray-u, shu paytgacha 
blindajimizdagilarning bari sog‘. Butun qolgan 
eng chuqur panajoy shu bo‘lsa keragov.
Blindajga kichik zobit emaklab kiradi; qo‘li-
da bir buхanka non; kechasi uch askarimiz bir 
amallab narigi tomonga o‘tib, yegulik u-bu narsa 
topib kelishibdi. Ularning aytishicha, o‘qqa tuti
-
layotgan maydon qariyb to‘plar turgan joygacha 
cho‘zilib ketganmish. Ajabo, shuncha to‘p qayoq-
dan kelib qoldi?
Boshga tushganini ko‘z tortar, deb kutib yotish-
dan bo‘lak choramiz yo‘q. Tushga yaqin men kutgan 
hodisa sodir bo‘ldi. Yosh askarlardan bi rini tutqa-
noq tutib qoladi. Unga anchadan buyon razm solib 
yurgandim. Nuqul iyagini likkillatadi, barmoq larini 
ochib-yumadi. Ko‘zlari kosasidan chiqib ketay dey-
di. Bunaqalarni ilgari ham ko‘rganmiz. 
Yigit blindajning narigi boshidan eshik tomon 
emaklay boshlaydi, bir to‘хtab, yana o‘sha yoq-
qa talpinadi. Yonimdan o‘tayotganida bu yon-
boshimga ag‘darilaman:
– Qayoqqa?
– Hozir kelaman, – javob beradi u.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


98
Erix Mariya Remark
– Sabr qil, otishma sal pasaysin.
U ko‘nganday bo‘ladi, bir lahzaga nigohi tiniq-
lashadi, ammo zum o‘tmay ko‘zlari yana qutur-
gan itnikiday хira yiltiray boshlaydi. Meni itarib 
tashlab, o‘tib ketishga urinadi.
– Shoshma uka, – deyman unga.
Kat hushyor tortadi. Nima gapligini payqab, yi-
gitni ushlab qoladi. Men ham unga yopishaman.
U to‘polon ko‘taradi:
– Qo‘yvoringlar, qo‘yvoringlar meni, tashqariga 
chiqmoqchiman!
Qani quloq solsa! Yulqinadi, talpinadi, og‘zidan 
ko‘pik sachratib bir nimalar deydi, so‘zlarini ang-
lab bo‘lmaydi. Bu qo‘rquv vasvasasi. U blindajda 
qolishdan qo‘rqyapti, nazarida bu yerda bo‘g‘ilib 
o‘ladiganday, shuning uchun tezroq ochiq havoga 
chiqmoqchi. Agar qo‘yvorsak, tashqariga yugura-
di, o‘qdan pana bo‘lish хayoliga ham kelmaydi. 
Bu birinchisi emas. 
Ko‘zlari olayib, shunaqa haddan oshyaptiki, 
urmasak bo‘lmaydi. Shunday qildik ham. Boshqa 
iloji yo‘q. Kaltak yegandan keyin, хayriyat, sal yu
-
vosh tortib qoldi. Bu manzarani ko‘rgan bolalar-
ning rangi oqarib ketdi. Saboq bo‘lgan bo‘lsa, nur 
ustiga nur. Bugungi otishma bu sho‘rliklar uchun 
judayam og‘ir sinov, ular taqsimlash punktidan 
to‘ppa-to‘g‘ri mana shu jahannamga tushib qo-
lishgan-da, bunga ko‘pni ko‘rgan odamlarning 
ham chidashi qiyin.
Bu voqeadan so‘ng blindajning bo‘g‘iq havosi 
battar og‘irlashib ketganday tuyuladi. Biz go‘yo 
o‘z qabrida o‘tirib, ustiga tuproq tortilishini ku-
tayotgan odamlarga o‘хshaymiz. 
Yana chiyillagan ovoz, yana alanga. Blindaj 
naq tepasiga tushgan snaryaddan zirillab ketadi. 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish